• Tekshirdi:Abdullayeva B Toshkent –2021-yil Mavzu: Grammatik topishmoqlarning mazmuni va ularni tashkil qilish
  • III. XULOSA. IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI. KIRISH
  • O'zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Chirchiq davlat pedagogika instituti Boshlang`ich sinflarda sinfdan tashqari ishlar fanidan mustaqil ishi mavzu: Grammatik topishmoqlarning mazmuni va ularni tashkil qilish Guruh: 18\8 Bajardi: Zaydullaeva a




    Download 52.4 Kb.
    bet1/7
    Sana19.05.2023
    Hajmi52.4 Kb.
    #62029
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Zaydullaeva A. Mustaqil ish
    Calendar plan-Ta’limda axborot texnologiyalari (1), INDIVIDUAL LOYIHA 2, Zaydullayeva Aynura. Mustaqil ish, gggfdgfd, gggasfdgfd, kvant

    O'zbekiston Respublikasi
    Xalq ta’limi vazirligi
    Chirchiq davlat pedagogika instituti
    Boshlang`ich sinflarda sinfdan tashqari ishlar fanidan
    MUSTAQIL ISHI
    Mavzu: Grammatik topishmoqlarning mazmuni va ularni tashkil qilish


    Guruh: 18\8
    Bajardi: Zaydullaeva A
    Tekshirdi:Abdullayeva B
    Toshkent –2021-yil


    Mavzu: Grammatik topishmoqlarning mazmuni va ularni tashkil qilish



    1. KIRISH

    II. ASOSIY QISM
    1.Topishmoq xalq og’zaki she’riy ijodi janri sifatida.
    2. Topishmoqning tili va she’riy uslubi.
    3. Turli xil topishmoqlar orqali bolalarni bog’lanishli nutqini o’stirishga
    o’rgatish.
    III. XULOSA.
    IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.


    KIRISH
    Kadrlar tayyorlash milliy dasturining asosiy tarkibiy qismlaridan biri shaxs
    hisoblanadi, u ayni paytda kadrlar tayyorlash tizimi, ta’lim hizmatlarining
    iste’molchisi va ishlab chiqaruvchisining bosh subekti hamda obekti hisoblanadi.
    Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosatining muhim yo’nalishlaridan biri
    mustaqil O’zbekistondagi o’sib kelayotgan yosh avlodlarning til madaniyati va
    muloqot madaniyatini tarbiyalashdan iborat. Bolalar shaxsini shakllantirishning
    eng muhim komponenti hisoblanuvchi ushbu ish ona tili, davlat tili bilan bir
    qatorda boshqa tillar, ayniqsa jahon tillariga ham teng darajada taaluqlidir. Ushbu
    jarayonda maktabgacha ta’lim dastlabki bo’g’in hisoblanadi. Bolalarning avloddan
    avlodga ona tilida o’tib kelayotgan xalq ma’naviy boyligini meros qilib olishlari,
    tarbiyalanuvchilarning kelgusida o’z zamonasining ilmiy yutuqlarini o’zlashtira
    olishlari, ularni insoniyatning ilg’or odob, ahloq va estetik ideallariga qanchalik
    sodiq bo’lib voyaga yetishlari kattalarga bog’liqdir.
    Bolaning umumiy rivojlanishi qanchalik yuqori bo’lsa, uning og’zaki nutqi
    shunchalik yaxshi rivojlangan bo’ladi. A.V.Zaporojes nutqning umumiy
    tushunchasini ifodalab uning funksional yo’nalganligini ta’kidlagan holda ―nutq
    fikrlar almashishga, o’zaro tushunishni amalga oshirishga hizmat qiladi‖, deydi. U
    nutqning sifat o’zgarishlarini, tafakkurning rivojlanishi, xususan, ko’rgazmali
    amaliy tafakkurdan mulohaza yurituvchi, mantiqiy tafakkurga o’tish bilan
    bog’laydi.
    Bola tafakkuri xususiyatidagi o’zgarishlar uni til vositalarini tanlashga,
    so’zlar orqali o’z fikrlarini egallashga, so’zlar orqali o’z fikrlarini ifodalashning
    yanada murakkab shakllariga, monologik nutqqa o’tishga undaydi.
    Bu fikrni davom ettirib va rivojlantirib aytish mumkinki, bolaning og’zaki
    nutqi qanchalik yaxshi rivojlangan bo’lsa, u maktabda o’qiganida o’qish malaka va
    ko’nikmalarini shunchalik tezroq egallaydi.
    Hozirgi pedagoglar, psixologlar, lingvistlar ilk bo’g’in – maktabgacha
    ta’limda bolaning ravon bog’lanishli nutqini o’stirish zarurligini ta’kidlaydilar,
    chunki maktabgacha yoshdagi bolaning maktabda muvaffaqiyatli o’qishi uning
    og’zaki nutqi rivojlanganligi hamda umumiy rivojlanganligi bilan bog’liq.
    Maktabgacha katta yoshdagi bolalar lug’at boyligini ilmiy - metodik
    adabiyotlar tahlili shuni ko’rsatadiki, ular maktabga kirish vaqtida amalda tilning
    grammatik va sintaktik shakllari tizimini egallagan bo’lishlariga qaramay, ularning
    nutqi yetuk bo’lmaydi. Bola lug’at zahirasining kambag’alligi faqatgina uning faol
    nutqida ko’pgina leksik - grammatik kategoriyalar yo’qligidan emas, balki
    so’zlarni noto’g’ri qo’llash, ularning turli ma’nolarini hamda ko’chma ma’nolarini
    noto’g’ri tushunishdan iborat.
    Bizning maktabgacha ta’lim muassasalaridagi kuzatishlarimiz shuni
    ko’rsatadiki, bolalar uchun atrof - muhitdagi mavhum tushunchalar, masalan, yil,
    oy nima ekanligi kabi topishmoqlar qiyinlik qiladi. Eng murakkabi kinoya
    topishmoqlar hisoblanadi. Ular topishmoqning asl mohiyatini tushunmaganligi
    sababli noto’g’ri javob beradilar. Topishmoqning faqat tashqi, yaqqol jihatini idrok
    qiladilar, ko’chma ma’nolarini ko’ra bilmaydilar, badiiy obrazni his qilmaydilar,
    qochirimlarini tushunmaydilar. Bola predmet belgilarini sanab o’tishga asoslangan
    topishmoqlarni topa bilgan holda metaforik, ko’chirimli topishmoqni oddiy
    tasvirlash sifatida idrok qiladi. Masalan, ―Oq yer ochdim, qora bug’doy sochdim‖
    (qog’oz, yozuv).
    Bola topishmoqni batamom yaqqol idrok qilgan holda ―Hech narsa ekilmagan
    joyga qora bug’doy sochilibdi‖ deb tushuntirishdi.
    Bolalarga toshbaqa haqidagi topishmoqning ―Osti tosh, usti tosh, to’rtta
    oyoqli bir bosh‖ deyilgan savolidagi kinoya hali tushunarsiz. Bolalar toshbaqa
    zirhining qattiq ekanligini bilmagan holda ―tosh‖, ―to’rt oyoq‖ va ―bir bosh‖
    so’zlarining ma’nosini yaqqol idrok etgan holda ―itning haykali‖, ―otning
    haykali‖kabi javoblar beradilar.
    Shunga o’xshash javoblarni rus guruhlarda ham qayd qildik: ―Белая
    морковка зимой растѐт‖ (сосулька). Topishmoqni bolalar batamom idrok qilgan
    holda ―Sovuqda yaxlab qolgan sabzi‖ deb tushuntirishdi. Yoki ―синяя шубѐнка
    покрыла весь мир‖. Bunda osmon shuba bilan taqqoslanmoqda (obraz tasavvurni,
    hayolni keltirmoqda); shuba havo rangda va shunchalik katta bo’lib, u bilan butun
    dunyoni yopish mumkin. Bolalarning javoblari: ―Это ледовий коток‖, ―Это снег
    на земле, он вечером кажется не белым а синим‖.
    Shunday qilib, ko’chma ma’nolarda qo’llaniladigan so’zlar va ifodalarni
    tushunmaslik, ularning ma’nolarini to’g’ridan to’g’ri idrok qilish - noto’g’ri,
    ba’zan kulgili yoki ma’nosiz javoblarga olib keladi.
    Shu bilan birga so’zning bir nechta ma’nosini farqlash qobiliyati, so’zning
    ko’chma ma’nolarini, til kinoyalarini va badiiy kinoyalarni tushunish ko’nikmasini
    maktabgacha yoshdagi bolalarda ham rivojlantirish mumkin.
    Maktabgacha katta yoshdagi bolalar bog’lanishli nutqini rivojlantirishga,
    ularga ona tili hamda o’rganilayotgan tilning ifodalash imkoniyatlarini o’rgatishga
    topishmoqlar katta ta’sir ko’rsatadi. Bola topishmoqni yechish uchun tayyorlangan
    taqdirdagina shu topishmoqni to’liq idrok qiladi. Topishmoqni to’liq idrok etish
    uning mazmuni va badiiy shaklini diqqat bilan eshitib, qabul qilishdan iborat.
    Bolaning ona tilini o’rganishiga yordam berayotib, eng avvalo nutqning
    benuqsonligiga intilgan holda tarbiyachilar bolalar nutqi yorqin, rang - barang,
    obrazli bo’lishiga hamda o’z xalqi til boyligini aks ettirishi haqida kam
    g’amxo’rlik qiladilar. Buning hammasi bog’lanishli nutqini o’stirishni o’rgatishni
    yengillashtiradi.
    ―Bolajon‖ tayanch dasturi ―Mmaktabgacha yoshdagi rusiyzabon bolalarni
    o’zbekcha so’zlashishga o’rgatish dasturi‖ hamda ―Программа обучения детей 5
    bolalar ona tili va bog’lanishli nutqini
    o’stirishning eng yaxshi namunalari asosida gapirishga o’rganishlari lozimligi
    haqidagi ko’rsatmasi bola o’rganayotgan o’zbek tili (rus tili) mashg’ulotlardan
    tashqari vaqtda bog’lanishli nutqini eshitadigan tarbiyachi uchun alohida ahamiyat
    kasb etadi. Shu asnoda Jizzax tumanidagi maktabgacha ta’lim muassasalarida
    tarbiyalanuvchilarning nutqi bir zaylda va bir ohangda, rang - baranglikka va
    iliqlikka ega bo’lmagan, taklif qilingan namunalardan uzoq ekanligini ko’rsatdilar.
    Ko’pincha ularning nutqida intonatsiyalar ifodasiz va zerikarli bo’lib, bu albatta
    bolalarning nutqiga ham aks etadi.
    Bolalarning nutq madaniyati rivojlanishidagi kamchiliklar, ko’p jihatdan
    cheklanib qoladilar. Axir, o’tkir so’zlar, matallar, hazil - mutoyibalar, qiziqchilik,
    qo’shiq, ertakdagi yorqin obraz, qiziqarli topishmoq bolalar bog’lanishli nutqini
    boyitadi, tafakkurini, she’rlar tinglash qobiliyatini rivojlantiradi, ona tiliga,
    keyinroq esa o’rganilayotgan tilga muhabbatni, uning go’zalligini his qilish
    qobiliyatini tarbiyalaydi. Tarbiyachilar yirik folklorshunoslar M.Alaviya,
    M.I.Afzalov, Z.Xusainova T.Mirzayev va boshqalar tomonidan to’plangan
    materiallardan foydalanish imkoniyatiga ega. Masala faqat shundaki, ushbu
    to’plamlardan eng yaxshilarini va bolalar tushunishi osonlarini ajratish lozim.
    Yuqorida bayon qilinganlardan kelib chiqqan holda bitiruv malakaviy
    ishining mavzusini ―Topishmoqlar vositsida maktabgacha yoshdagi bolalarning
    bog’lanishli nutqini o’stirish‖ deb nomladik.



    Download 52.4 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 52.4 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O'zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Chirchiq davlat pedagogika instituti Boshlang`ich sinflarda sinfdan tashqari ishlar fanidan mustaqil ishi mavzu: Grammatik topishmoqlarning mazmuni va ularni tashkil qilish Guruh: 18\8 Bajardi: Zaydullaeva a

    Download 52.4 Kb.