|
O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi respublika ta’lim markazi umumta’lim maktablarida “Tarbiyaviy soat” mashg’ulotlarini tashkil etish bo’yicha o’quv-mavzu reja, o’quv dasturi hamda metodik qo’llanma
|
bet | 22/52 | Sana | 17.09.2024 | Hajmi | 147,62 Kb. | | #271380 |
Bog'liq O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi respublika ta’li4 – sinf
(34 soat)
1-mavzu: O‘zbekiston – Vatanim manim!
Mustaqillik kunini nima uchun eng ulug`, eng aziz ayyom sifatida bayram qilinishi,hayotimizdagi bugungi imkoniyatlar qanday paydo bo`lganligi, sobiq mustabid tuzum davrida xalqimiz qanday qiyinchiliklarni boshidan kechirganligi, O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning buyuk ma’naviy jasorati va o’tmishni unutmaslik haqida aytgan fikrlari, afg`on qizi nima uchun o`z orzusiga yetolmaganligi, Yurtimizda yoshlarning bilim olishi uchun qanday qulay imkoniyatlar yaratilganligi, dunyoda qanday gunoh kechirilmasligi haqidagi tushuncha va tasavvurlar.
3-mavzu: Odob-axloq qoidalari
O’quvchilar qalbi va ongiga odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya etish tuyg’ularini singdirish, ularni zo‘ravonlik, hayosizlik va shafqatsizlikni tashviq qilishga qaratilgan har qanday xatti-harakatlardan himoya qilish, o’quvchilarda ichkilikbozlik, giyohvandlik va «ommaviy madaniyat» kabi bizga yot illatlarga qarshi immunitetni shakllantirish.
4-mavzu: Favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish
Favqulodda vaziyatlarda to’g’ri harakat qilish qoidalari.
5-mavzu: Sizni sharaflaymiz, aziz ustozlar (1 oktyabr – O‘qituvchilar va murabbiylar kuni munosabati bilan).
O`quvchilar qalbiga o`qituvchi va murabbiylarga hurmat tuyg`usini singdirish, ularga ustozlarning ulug`ligini va ularga doimo ehtirom ko`rsatish lozimligini uqtirish.
7-mavzu: Notanish odamlar bilan muloqot qanday bo‘lishi kerak?
Notanish odamlar bilan muloqotga kirishmaslik lozimligi, eng avvalo ustozi yoki ota-onasiga xabar berishlari lozimligini uqtirish.
8-mavzu: Til – dil ko‘zgusi (O‘z.Res. “Davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilingan kun munosabati bilan).
O`quvchilarga Ona tili — bu millatning ruhi, til – dil kaliti ekanligi haqidagi hikmatlarni uqtirib, Davlat tiliga bo`lgan hurmatni yanada rivojlantirish bilan bir qatorda o’quvchilar qalbi va ongiga boshqa millat va elatlar tillariga ham hurmat bilan munosabatda bo’lish tuyg’ularini singdirish.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi respublika ta’lim markazi umumta’lim maktablarida “Tarbiyaviy soat” mashg’ulotlarini tashkil etish bo’yicha o’quv-mavzu reja, o’quv dasturi hamda metodik qo’llanma
|