• 18-mavzu: Mustaqilligimiz me’mori
  • 20-mavzu: Inson qalbining quvonch-u qayg’usi kuychisi
  • 21-маvzu: Vatan sog’inchi ila yashagan siymo
  • 22-mavzu:Buyuk allomalar vorislarimiz
  • -mavzu: Tinchlik va osoyishtaligimiz garovi




    Download 147,62 Kb.
    bet28/52
    Sana17.09.2024
    Hajmi147,62 Kb.
    #271380
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   52
    Bog'liq
    O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi respublika ta’li

    17-mavzu: Tinchlik va osoyishtaligimiz garovi.(14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan)
    O‘quvchilar qalbi va ongiga Vatan muvaffaqiyatida o‘zlarining ham shaxsiy burchlari va mas’uliyatlari borligini chuqur singdirish, ularda ona yurtga mehr-oqibatli bo`lish, Milliy armiyamiz haqida ma’lumotlarga ega bo`lish, Vatan muammolarini o‘zinikidek qabul qilish, Vatan yukini o‘z elkasiga olish, mumkin qadar ona yurtiga foyda keltiradigan shaxs bo‘lib ulg‘ayish xislatlarini tarbiyalash.
    18-mavzu: Mustaqilligimiz me’mori (O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov tavallud topgan kun munosabati bilan).
    O’quvchilarga Mustaqil O‘zbekiston davlatining asoschisi, buyuk davlat va siyosat arbobi, o‘zbek xalqining ulug‘ va ardoqli farzandi,O`zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimovning hayoti va faoliyati, mustaqil davlatchiligimizni barpo etish yo’lida ko’rsatgan buyuk ma’naviy jasorati haqida tushunchalar hosil qilish orqari o’quvchilar qalbi va ongiga Milliy istiqlol mafkurasining asosiy g’oyalarini singdirish va ularda mafkuraviy immunitetni shakllantirish.
    20-mavzu: Inson qalbining quvonch-u qayg’usi kuychisi(G’azal mulkining sultoni Alisher Navoiy tavallud topgan kun munosabati bilan).
    O`quvchilarda avliyolar avliyosi, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoirlar sultoni Alisher Navoiyning hayoti va ijodiga bo’lgan hurmat hamda qiziqishni yanada rivojlantirish orqali ularning qalbi va ongiga mehr-oqibat, insonparvarlik, xalqparvarlik, vatanparvarlik tuyg'u’larini singdirish.
    21-маvzu: Vatan sog’inchi ila yashagan siymo (SHoh va shoir Z.M.Bobur tavallud topgan kun munosabati bilan)
    O`quvchilarda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodiga hurmat hamda qiziqishni yanada rivojlantirish orqali ularning qalbi va ongiga ona Vatanga mehr-muhabbat, millatlararo hamjihatlik, dinlararo bag’rikenglik g’oyalarini singdirish.
    22-mavzu:Buyuk allomalar vorislarimiz
    O`quvchilarning vatanimiz hududidan yetishib chiqqan buyuk allomalar ma’naviy merosini o’rganishga bo’lgan qiziqishlarini kuchaytirish orqali ularda mehr-oqibatlilik, insoniylik, vatanparvarlik, rostgo’ylik, halollik, ilmlilik, or-nomuslilik, samimiylik, ajdodlar merosiga hurmat va sadoqatlilik fazilatlarini tarbiyalash.

    Download 147,62 Kb.
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   52




    Download 147,62 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -mavzu: Tinchlik va osoyishtaligimiz garovi

    Download 147,62 Kb.