|
Grafik obyektlar va ularni kompyuterda tasvirlash usullari mavzusida bir soatlik dars ishlanma
|
bet | 6/9 | Sana | 26.01.2024 | Hajmi | 0,6 Mb. | | #146710 |
Bog'liq Orziyev Ismoil Islom o’g’li-fayllar.org5.Grafik obyektlar va ularni kompyuterda tasvirlash usullari mavzusida bir soatlik dars ishlanma
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: O’quvchilarga grafik obyektlar va ularni kompyuterda tasvirlash usullarini o’rgatish.
Rivojlantiruvchi: O’quvchilarni mustaqil fikrlarini oshirish va rivojlantirish.
Tarbiyaviy: Vatanini sevish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmatda bo‘lish, odob-axloq qoidalariga rioya qilishni singdirish.
Tayanch va fanga oid kompetensiyalar:
TK: axborot kommunikatsion texnologiyasidan foydalanishda xorijiy tildagi atamalarni mazmunini tushungan holda uni jarayonga qo‘llay bilish;
FK: grafik ob’ektlar va ularni kompyuterda tasvirlash usullari, kompyuter grafikasi va uning turlari haqida bilimga ega bo‘ladi;
Dars usuli: suhbat, tushuntirish, “Savol-javob” metodi,
Dars turi: Yangi bilim berish.
O’quv jarayonining amaliga oshirish texnologiyasi:
O’qitish usullari: blits-so’rov, savol-javob.
O’qitish shakllari: guruhlara ishlash, frontal, jamoaviy.
Monitoring va baholash: og’zaki va test nazorati, amaliy vazifalar.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism:
O’quvchilar bilan salomlashish
Xonani va o’quvchilarni darsga tayyorliklarini kuzatish
Yo’qlamani aniqlash
Navbatchi axboroti.
Siyosiy daqiqa.
Darsning maqsad va vazifalarini qo’yish.
Tayanch bilimlarning faollashtirish.
Dars materiallarini tushuntirish (materiallarni tushuntirish dars prezentatsiyasi va videorolik, amaliy harakatlar, tayyor ishlar ko’rgazmasini namoyish qilish bilan birgalikda olib boriladi).
|
| |