• Darsga yakun yasash
  • TEST SAVOLLARI
  • Amaliy ish: Yodda saqlang: Har bir pikselni rangi qizil, yashil va ko’k ranglarining turli nisbatdagi aralashmasidir




    Download 0,6 Mb.
    bet8/9
    Sana26.01.2024
    Hajmi0,6 Mb.
    #146710
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Orziyev Ismoil Islom o’g’li-fayllar.org

    Amaliy ish:


    Yodda saqlang: Har bir pikselni rangi qizil, yashil va ko’k ranglarining turli nisbatdagi aralashmasidir.
    1. Videokarta qanday vazifa bajarishini tushuntirib bering.


    2. Kompyuter ekranida tasvirlar qanday yaratiladi?


    3. Monitor, displey deb nimaga aytiladi? Ulaming qanday farqi bor?


    4. Piksel deganda nimani tushunasiz?


    5. Kompyuter grafikasining turlari va sinflarini aytib bering.


    6. Diagonal! 20 dyuym va o‘lchamlari 4x3, 5x4, 16x9,16x 10 nisbatda bo‘lgan monitorlami bitta chizmada tasvirlang va ulami solishtiring.




    1. Darsga yakun yasash:

    O’quvchilarni olgan bilimlari hamda qilgan ishlarini nazorat qilib baholash, ularni yo’l qo’ygan kamchiliklarini to’g’irlash.



    1. Uyga vazifa berish:



    1. UHD turidagi ekranni chizing. Uning o‘ng yuqori burchagiga boshqa turdagi ekranlami piksellari soniga qarab joylang. Ulaming yuzalari nisbatini toping.
    2. 10 ta yoki undan ortiq test tuzib kelish.


    3. O`tilgan mavzuni o`qib kelish.




    TEST SAVOLLARI:
    1. EHM boshqaruvida grafik ob’ektlarni kiritish, chiqarish, tasvirlash, o’zgartirish
    a) Kompyuter animasiyasi
    b) Kompyuter grafikasi
    c) Ofis Dasturlari

    2. Kompyuter grafikasi necha xil bo’ladi?


    a) 4
    b) 2
    c) 3

    3. Rastrli tasvirning eng kichik elementi nima?


    a) Piksel
    b) Ob’ekt
    c) Logotip

    4. Adobe Photoshop dasturi qanday grafika turiga asoslanib ishlaydi?


    a) Vektorli
    b) Rastrli
    c) Hech qanday

    5. Grafik muharrirlar berilgan qatorni toping?


    a) Word, Corel Draw, Excel
    b) Power Point, Adobe Photoshop, Paint
    c) Adobe Photoshop, Paint, Corel Draw

    6. AutoCad dasturining boshqa grafik dasturlardan farqi nimada?


    a) Tasvir yaratadi
    b) Tayyor ob’ektni qayta ishlaydi
    c) 2 yoki 3 o’lchovli modellashtiradi
    7. “ Sketch” 3 o’lchovli modellashtirish dasturi ko’pincha qaysi muhitlarda ishlatiladi?
    a) Windows
    b) IBM va Macintosh
    c) Linux

    8. Taqdimot dasturlari berilgan qatorni belgilang.


    a) Freelance Graphics, Harvard Graphics, Power Point
    b) Corel Draw, power Point, Paint
    c) Freelance Graphics, Photoshop, AutoCad

    9. Paint qanday dastur?


    a) Taqdimot qiluvchi
    b) Modellashtiruvchi
    c) Rasm chizuvchi

    10. Rastrli tasvirlarda bu ifoda nimani bildiradi: 800x600 ?


    a) 800 mm gorizontal bo’yicha, 600 mm vertikal bo’yicha
    b) Gorizontal bo’yicha 800 va vertikal bo’yicha 600 piksel
    c) 800 ni 600 ga ko’paytirish.

    Xulosa

    O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 sentyabrdagi PQ-3304-sonli “O`zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi faoliyatini takomillashtirish to`g`risida”gi Qarorida ta’kidlanganidek, ta’lim sifatini yanada takomillashtirishni, fan, texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlariga tayangan holda o’quvchilarning bilim, malaka va ko‘nikmalarini rivojlantirib borish, izlanuvchanlikka, fikrlash qobiliyatlarini yuksaltirishda, axborot kommunikatsion texnologiyalar xizmatidan maqsadli ravishda samarali foydalanish imkoniyatlarini oshirishda, o’quvchilar mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish eng dolzarb muammolardan biridir.


    Informatika va axborot texnologiyalari– o‘sib kelayotgan avlodga axborotlar bilan ishlash texnologiyalari va ulardan foydalanish jarayonlarini puxta o‘zlashtirishni ta’minlashdan iborat. O‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashi, mantiqiy tafakkur qila olish qobiliyati, aqliy rivojlanishi, o‘z-o‘zini anglash salohiyatini shakllanishi va o‘sishi ko‘p jihatdan axborot texnologiyalariga bog‘liqdir.
    Inson o‘z hayotida shaxsiy, ijtimoiy-iqtisodiy va kasbiy munosabatlarga kirishishi, jamiyatda o‘z o‘rnini egallashi, duch keladigan muammolarning yechimini hal etishi, eng muhimi o‘z sohasi, kasbi bo‘yicha raqobatbardosh bo‘lishi uchun zarur bo‘lgan tayanch kompetensiyalarga ega bo‘lishi lozim.
    Bundan tashqari, ta’limda har bir o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida o‘quvchilarda, shu fanning o‘ziga xosligi, mazmunidan kelib chiqqan holda, sohaga tegishli fanga oid kompetensiyalar ham shakllantiriladi.
    Ushbu bitiruv malakaviy ishida kompyuter grafikasi o‘qitish metodikasi, vositalarini o’rganish, tahlil qilsh, rivojlantirish va takomillashtirish, o‘qitish samarasini oshirish uchun vazifalarni belgilash, kompyuter grafikasi misolida o‘qitish metodikasi usullari, vositalarini rivojlantirish va takomillashtirish kabi muammolar ilmiy-metodik jihatidan o’rganildi.

    Bitiruv malakaviy ishi quyidagi vazifalari o’z oldiga qo’ydi:


    • O’rta ta’lim muassasalarida kompyuter grafikasini o‘qitish sohasidagi muammolarni metodologik tahlil qilish;


    • kompyuter grafikasi bo‘yicha adabiyotlar to‘plash, tahlil qilish va ularning imkoniyatlari bilan tanishish;


    Hulosa qilib aytganda, o’rta umumiy ta’lim maktablarida informatika fanini o’qitishda o’quvchilarning darslarga qiziqish motivatsiyasini oshirishda va bilim-ko’nikmalarini shakllantirishda innobatsion texnologiyalarning roli beqiyosdir.




    Download 0,6 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 0,6 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Amaliy ish: Yodda saqlang: Har bir pikselni rangi qizil, yashil va ko’k ranglarining turli nisbatdagi aralashmasidir

    Download 0,6 Mb.