• M.Mamadazimov, S.S.Navro’zova, D.I.Kamolova UMUMIY ASTRONOMIYADAN MAVZULASHTIRILGAN TESTLAR TO’PLAMI (Mustaqil ta’lim uchun)
  • Tuzuvchilar: M.Mamadazimov S.S.Navro’zova D.I.Kamolova Taqrizchilar
  • Ushbu mustaqil uchun uslubiy ko’rsatma Navoiy davlat pedagogika instituti Ilmiy kengashining 1-dekabr 2008-yil 4-sonli
  • O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi toshkent davlat pedagogika Universiteti Navoiy davlat pedagogika instituti




    Download 140,96 Kb.
    bet1/16
    Sana30.01.2024
    Hajmi140,96 Kb.
    #148355
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
    Bog'liq
    O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi-fayllar.org


    O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi



    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

    XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI 

    Toshkent davlat pedagogika Universiteti 

    Navoiy davlat pedagogika instituti 

    M.Mamadazimov, S.S.Navro’zova, D.I.Kamolova 

    UMUMIY ASTRONOMIYADAN 


    MAVZULASHTIRILGAN
    TESTLAR TO’PLAMI 
    (Mustaqil ta’lim uchun) 

    Toshkent – 2008

    Navoiy – 2008 


    2




    3


    Tuzuvchilar: 

    M.Mamadazimov 

    S.S.Navro’zova 

    D.I.Kamolova 

    Taqrizchilar: 

    dots. A.A.Axmedov

    katta o’qituvchi N.K.Kamolov 

    Bakalavriatning 5140200 “Fizika-astronomiya” ta’lim yo’nalishi 


    talabalari uchun uslubiy ko’rsatma
    Ushbu mustaqil uchun uslubiy ko’rsatma Navoiy davlat 

    pedagogika instituti Ilmiy kengashining 1-dekabr 2008-yil 4-sonli 

    yig’ilishida ko’rib chiqilgan va ma’qullangan. 

    Navoiy – 2008 



    4

    KIRISH 

    O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 1997-yil 
    29-avgustda Oliy Majlis I chaqiriq IX sessiyasida so’zlagan “Barkamol
    avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori” nutqi hamda mazkur 
    sessiyada “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ning tasdiqlanishi, yangi
    tahlildagi “Ta’lim to’g’risida” gi Qonunning qabul qilinishi bilan 
    mamlakatimiz ta’lim tizimini yangilashga asos solindi. Ayni paytda
    mamlakatimiz ta’lim tizimida “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ning 
    rivojlanish bosqichi davom etmoqda. Ushbu bosqichdagi asosiy vazifa
    to’plagan tajribalarni tahlil etish va umumlashtirish asosida mamlakatni 
    ijtimoiy-iqtisodiy
    rivojlantirish 
    istiqbollariga
    muvofiq

    kadrlar
    tayyorlash tizimini takomillashtirish va rivojlantirish, ta’lim 


    muassasalarining resurs, kadrlar va axborot bazalarini yanada
    mustahkamlash, o’quv tarbiya jarayonini yangi o’quv uslubiy 
    majmualar, ilg’or pedagogik texnologiyalar bilan to’liq ta’minlashdan
    iboratdir. 
    Respublikamizda yaratilgan Oliy ta’lim yo’nalishlari bo’yicha
    o’quv rejalarida “Mustaqil ta’limga” keng ahamiyat berilgan. Talaba 
    mustaqil ta’limi O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim
    vazirligining 2005-yil 21-fevraldagi №34 son buyrug’i bilan 
    tasdiqlangan “Talaba mustaqil ishini tashkil etish, nazorat qilish va
    baholash to’g’risidagi” Nizomi asosida yanada mustahkamlandi. 
    Talaba mustaqil ishining asosiy maqsadi fan o’qituvchisi
    rahbarligida tegishli fanlardan mustaqil ishni ham nazariy ham amaliy 
    bajarish uchun zarur bilim va ko’nikmalarni shakllantirish va
    rivojlantirishdan iborat. Ta’lim-kishininng butun hayot yo’li davomida 
    zarur bo’ladigan ko’nikma va madaniy saviyasini yuksaltirib boradi.
    Bilimga intilish va dunyoqarashni shakllantirishga olib keladi. Har 
    qanday mamlakatninig kuchi esa, uning intellektual salohiyati bilan
    belgilanadi. 
    Hozirgi paytda ko’pchilik rivojlangan mamlakatlarda bo’lgani
    kabi, bizning Respublikamizda ham Oliy o’quv yurtlartiga kiruvchilar 
    bilimi test asosida baholanmoqda. Test sinovining an’anaviy sinov va
    imtihonlardan bir qator asfzalliklari mavjud. Xususan, an’anaviy usulda 
    imtihon topshiruvchiga bir yoki bir necha mavzuga oid tasodifiy
    savollar beriladi, test nazoratida esa, mazkur fanga doir barcha 
    ma’lumotlarni to’liq qamrab olgan savollar majmuasi asosida hamma



    5
    bir xil sharoitda sinovdan o’tkaziladiki, natijada baholashning 


    haqqoniyligi ta’minlanadi.


    Har bir fanning o’ziga xos tomonlarini e’tiborga olib, mukammal 
    tuzilgan test yordamida imtihon topshiruvchining faqat biliminigina
    emas, balki ularning ijodiy fikrlashi, ilmiy dunyoqarashi va bilish 
    qobiliyatlari haqida ham axborotlar olish mumkin bo’ladi, test nazorati,
    ayniqsa, o’z-o’zini nazorat vositasi sifatida ham alohida e’tiborlidir 
    Biz quyida talabalar bilimini baholashda “Umumiy astronomiya”
    fanidan test-variant savollarini keltirdik. Ushbu savollarga javob topgan 
    talaba, albatta, “Mustaqil ta’lim” ni muvaffaqiyatli o’zlashtira oladi.



    6


    Download 140,96 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




    Download 140,96 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi toshkent davlat pedagogika Universiteti Navoiy davlat pedagogika instituti

    Download 140,96 Kb.