|
O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi
|
bet | 1/4 | Sana | 04.04.2023 | Hajmi | 104 Kb. | | #48769 |
Bog'liq OCHIQ DARS ISHLANMA INFORMATIKA @yillik konspekt Mavzu O‘zbekistonda axborot kommunikatsiya sohasini rivojlanti-hozir.org, panji o`zbekiston kusr sihi, 1. Ehtimollikning klassik ta’rifi. Ehtimolning statistik ta’rifi, HISOBOT, 2222, 3 мавзу, 1-modul, Avtomatlashtirsh va boshqaruv-fayllar.org, Mavzu Moslik va munosabatga oid misollar Reja Moslik mushuncha, Reja Kirish I. bob. Binar munosabat tushunchasi 1§ Munosabatlar-fayllar.org, “HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI” FANIDAN MUSTAQIL ISH MAVZULARI (3), Toshdtu Umumiy fizika kafedrasi fizika (2-qism) fanidan 2-oral-fayllar.org, BAYROQQA SADOQAT, 2 леч факултет Балтабева Гулнур
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
Termiz shahar 17-son umumiy o‘rta ta’lim maktabining Informatika fani o‘qituvchisi Iskandarova Shoxodatning
bir soatlik dars ishlanmasi
Sinf: 7”V”
2022-2023 o‘quv yili
Mavzu: MS Excelda matematik amallar va funksiyalarni qo’llash mavzusini takrorlash
Dars maqsadi:
ta’limiy maqsad: o’quvchilarda MS Excelda matematik amallar va funksiyalarni qo’llash mavzusini takrorlash mavzusi bo’yicha Excel funksiyalar to’plamidagi 400 dan ortiq funksiyalardan matematik, mantiqiy, statistik, matnli funksiyalarni mashqlar yechishda qo’llay bilish bilim, ko’nikma va malakalarini hosil qilish.
tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni ajdodlar xotirasiga xurmat ruhida tarbiyalash. O’quvchilarni sog’lom raqobat muxitida puxta muomala madaniyatini shakllantirish.
rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarda Ms Excelda matematik amallar va funksiyalarni qo’llash mavzusini takrorlash mavzusi bo’yicha mashqlarda matematik, mantiqiy, statistik, matnli funksiyalarni mashqlarda erkin qo’llay bilish bilimlarini rivojlantirish.
Dars turi: amaliy mashg’ulot
Dars uslubi: Savol-javob va Aqliy hujum
Dars jihozi: 6-sinf informatika darslik, kompyuter, proyektor va ekran, mavzuga mos slayd va tarqatma savollar.
Darsning borishi
Darsni tashkil qilish(4 daqiqa)
O’quvchilar bilan salomlashaman. Xona ozodaligi va gullar parvarishiga e’tibor beraman. Navbatchiga tegishli ko’rsatmalar beraman. O’quvchilarga ekologik tarbiya beraman. Sinf o’quvchilari davomatini olaman va sinf jurnaliga qayd qilaman. O’quvchilardan oyga oid muhim sanalarni so’rayman va qo’shimchalar kiritaman. O’quvchilarni har bir faol harakati uchun rag’bat kartochkasi berib boraman. O’quvchilarni darsga tayyorgarligini so’rayman.
|
| |