• Dars turi
  • Oldingi mavzuni savol-javob uslubidan foydalanib tarqatma savol shaklida quyidagi savollar orqali so’rab olaman(8 daqiqa).
  • МАКС(son1; son2; …)
  • МИН(son1; son2; … )
  • Mavzu: ms excelda matematik amallar va funksiyalarni qo’llash mavzusini takrorlash Dars maqsadi




    Download 50.5 Kb.
    bet1/2
    Sana09.10.2023
    Hajmi50.5 Kb.
    #87370
      1   2
    Bog'liq
    OCHIQ DARS ISHLANMA INFORMATIKA 8 a ga
    279738, 4 махсус педагогика асослари, Mikrorobotlar va ularning xususiyatlari, mustaqil ish, Axborot-xati-UzPFITI-15-16-may-20231, Boshlang’ich ta’limda geografiya ta’limi mazmuni

    Mavzu: MS Excelda matematik amallar va funksiyalarni qo’llash mavzusini takrorlash


    Dars maqsadi:



    1. ta’limiy maqsad: o’quvchilarda MS Excelda matematik amallar va funksiyalarni qo’llash mavzusini takrorlash mavzusi bo’yicha Excel funksiyalar to’plamidagi 400 dan ortiq funksiyalardan matematik, mantiqiy, statistik, matnli funksiyalarni mashqlar yechishda qo’llay bilish bilim, ko’nikma va malakalarini hosil qilish.

    2. tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni ajdodlar xotirasiga xurmat ruhida tarbiyalash. O’quvchilarni sog’lom raqobat muxitida puxta muomala madaniyatini shakllantirish.

    3. rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarda Ms Excelda matematik amallar va funksiyalarni qo’llash mavzusini takrorlash mavzusi bo’yicha mashqlarda matematik, mantiqiy, statistik, matnli funksiyalarni mashqlarda erkin qo’llay bilish bilimlarini rivojlantirish.



    Dars turi: amaliy mashg’ulot


    Dars uslubi: Savol-javob va Aqliy hujum


    Dars jihozi: 8-sinf informatika darslik, kompyuter, proyektor va ekran, mavzuga mos slayd va tarqatma savollar.

    Darsning borishi



    1. Darsni tashkil qilish(5 daqiqa)

    O’quvchilar bilan salomlashaman. Xona ozodaligi va gullar parvarishiga e’tibor beraman. Navbatchiga tegishli ko’rsatmalar beraman. O’quvchilarga ekologik tarbiya beraman. Sinf o’quvchilari davomatini olaman va sinf jurnaliga qayd qilaman. O’quvchilardan oyga oid muhim sanalarni so’rayman va qo’shimchalar kiritaman. O’quvchilarni har bir faol harakati uchun rag’bat kartochkasi berib boraman. O’quvchilarni darsga tayyorgarligini so’rayman.





    1. Oldingi mavzuni savol-javob uslubidan foydalanib tarqatma savol shaklida quyidagi savollar orqali so’rab olaman(8 daqiqa).

    O’tilgan mavzu: MS Excelda matematik amallar va funksiyalarni qo’llash


    Savollar quyidagilar:



    1. Birinchi elektron jadvalning nomi qanday va qachon ishlab chiqarilgan?

    Javob: 1-Elektron jadval dasturi Visi Calc nomi bilan Den Briklin va Bob Frenkston tomonidan 1979-yilda ishlab chiqarilgan.

    1. Elektron jadvalning asosiy vaifasinimadan iborat?

    Javob: Elektron jadvallarning asosiy vazifasi ma’lumotlarni jadval ko’rinishida tasvirlash va qayta ishlash bo’lib, birlamchi vazifasi hisob-kitoblarni avtomatlashtirishdir.

    1. Qanday elektron jadvallar nomlarini bilasiz?

    Javob: Super Calc, Multiplan, Fremework, Simphony, Works, 1S-Buxgalteriya, Master, MS Excel va boshqalar.

    1. Excel elektron jadvalidagi kitob va varaqlar haqida so’zlab bering.

    Javob: Bitta kitobda 1 dan 255 tagacha varaq joylashtirish mumkin. Varaqdagi ustunlar soni 256 ta bo’lib, ular lotin alifbosining bosh harflari bilan tartiblanadi, satrlar 65536 ta bo’lib, 1 dan to 65536 gacha bo’lgan natural sonlar yordamida tartiblangan.

    1. Excel elektron jadvalida tayyorlangan hujjat fayl kengaytmasi qanday?

    Javob: Excel elektron jadvalida tayyorlangan hujjat fayl kengaytmasi - .xls

    1. Sonning absolyut qismini hisoblaydigan funksiya nomi?

    Javob: ABS(X)

    1. КОРЕНЬ(son) funksiyasining vazifasi?

    Javob: Sonning kvadrat ildizini hisoblaydi

    1. ОСТАТ(son;b’luvchi) funksiyasininf vazifasi?

    Javob: Sonni bo’luvchiga bo’lgandagi qoldiqni hisoblaydi.

    1. СТЕПЕНЬ(son;daraja ko’rsatkichi) funksiyasining vazifasi?

    Javob: Sonni darajaga ko’taradi

    1. ЕСЛИ(mantiqiy ifoda; ifoda 1; ifoda 2) funksiyasining vazifasi?

    Javob: Agar funksiyadagi mantiqiy ifoda qiymati rost bo’lsa, natija ifoda 1 ga , yolg’on bo’lsa ifoda 2 ga teng bo’ladi.

    1. Sonning eng katta qiymatini aniqlaydigan funksiya qaysi?

    Javob: МАКС(son1; son2; …)

    1. ПСТР(matn; boshlang’ich o’rin; belgilar soni) funksiyasi vazifasi?

    Javob: Matndan boshlang’ich o’rindan boshlab berilgan sondagi belgilarni ajratib oladi.

    1. ДЛСТР(matn) funksiyasi vazifasi nimadan iborat?

    Javob: Matndagi belgilar sonini aniqlaydi.

    1. Berilgan sonlarning eng kichigini aniqlaydigan funksiya qaysi?

    Javob: МИН(son1; son2; … )

    1. СРЗНАЧ(son1; son2;…) funksiyasi vazifasi nmadan iborat?

    Javob: Sonlarning o’rta arifmetik qiymatini aniqlaydi




    1. Download 50.5 Kb.
      1   2




    Download 50.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: ms excelda matematik amallar va funksiyalarni qo’llash mavzusini takrorlash Dars maqsadi

    Download 50.5 Kb.