• PYTHON TO’PLAMLAR
  • Python to’plamlar




    Download 0.79 Mb.
    bet1/8
    Sana09.10.2023
    Hajmi0.79 Mb.
    #87363
      1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    mustaqil ish
    279738, 4 махсус педагогика асослари, Mikrorobotlar va ularning xususiyatlari, OCHIQ DARS ISHLANMA INFORMATIKA 8 a ga , Axborot-xati-UzPFITI-15-16-may-20231, Boshlang’ich ta’limda geografiya ta’limi mazmuni

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


    CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
    MATEMATIKA VA INFORMATIKA FAKULTETI
    “INFORMATIKA O’QITISH METODIKASI” yo’nalishi 4-bosqich talabasi MIRZAKARIMOV BAXTIYOR FAYZIRAXMANOVICHning “Dasturlash Tillari” fanidan PYTHON TO’PLAMLAR mavzusidagi

    KURS ISHI

    Ilmiy raxbar: Y.Kuralov

    Chirchiq-2023



    Reja:


      1. Kirish.

      2. Dastur va dasturlash tillari.

      3. Python dasturlash tili va uning imkoniyatlari.

      4. Python set to’plamlar

      5. Pythonda o’zgaruvchilar.

      6. Xulosa.

      7. Adabiyotlar ro’yxati.

    KIRISH


    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2019 yil yanvar oyida ilgari surilgan beshta muhim tashabbusidan uchinchi tashabbusida aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanish chora – tadbirlariga oid dasturi doirasida 2019 – 2020 yillarda tuman va shaharlarda raqamli texnologiyalar o‘quv markazi tashkil etish va ularda bepul ta’lim berish, 19 mingga yaqin ijtimoiy soha ob’ektini yuqori tezlikdagi internet tarmog‘iga ulash ko‘zda tutilmoqda. Hozirgi jadal rivojlanish va turli jarayonlarni avtomatlashtirish hamda robotlashtirish davrida dasturlashni bilish va uni o‘z ish jarayonida ishlata olish texnik va pedagogik yo‘nalishda ta’lim olayotgan o‘quvchi-talabalar uchun juda muhim deb hisoblanadi. Bu zamonaviy mutahassislar uchun eng zaruriy talablardan biridir. Sababi hozirgi kunda informatika turli-tuman sohalarda muvaffaqiyatli ravishda qo‘llanilishi mumkinligini hech kim ham rad eta olmaydi. Huddi shuning uchun ham, o‘quv qo‘llanmaning asosiy maqsadi – o’quvchi talabalarga Python dasturlash tili misolida hisoblash texnikasi vositalarini ishlatish bo‘yicha bilimlarni va amaliy ko‘nikmalarni imkon darajasida singdirishdir. Amaliy maqsadlarda dasturlash tilining imkoniyatlarini ko‘rsatish matematika va ilmiy sohalarga oid bir qancha misol va masalalarni Python dasturiy tilidan foydalanib yechish misolida aniq va ravshan qilib ko‘rsatib o‘tiladi. Shunday qilib, o‘quv - qo‘llanma o‘quvchi talabalar uchun dasturlash tili vositasida turli xildagi amaliy masalalarni hal qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga imkon yaratadi.
    Python dasturlash tilining rasmiy sayti – www.python.org bo‘lib, uning muallifi Niderlandiyadagi Matematika va informatika ilmiy adqiqot institutida ishlagan Gvido van Rossum deb hisoblanadi. Pythonning o‘ziga xosligi esa uning oddiyligi, o‘rganishga osonligi, sodda sintaksisga egaligi va dasturlash jarayonini boshlash uchun qulay, erkin va ochiq kodlik dasturiy ta’minotga egaligidir. Undan tashqari, o‘z dasturingizni yozish davomida quyi darajadagi detallarni, misol uchun xotirani boshqarishni hisobga olishingizga hech qanday hojat qolmaydi.

    Ma’lumki, kompyuter texnikasidan samarali foydaianish ikki qism texnik va dasturiy ta’minotning uzviyligini talab etadi. Bu uzviylik kompyuter texnik ta’minotining jadal sur’atlar bilan takomillashib borishiga mos dasturiy ta’minotni ham keskin sur`atlar bilan rivojlnnishiga sabab bo`ladi, va aksincha. Buning sababima’lum, mos dasturiy ta’minotsiz har qanday kompyuter «qimmatbaho o`yinchoq» bo`lib qolaveradi.


    Avvalgi darslarda masalalarni kompyuterda hal qilishda kerak bo`ladigan obyekt, model va algoritm tushunchalari haqida ma’lumot oldingiz. Ma’lumki, kompyuterda biror masalani hal qilish uchun avval uning modeli va algoritmi tuziladi, so`ng mazkur algoritm ma’lumbir qonunqoidalar asosida kompyuter tushunadigan tilda ko`rsatma buyruqlar shaklida yoziladi. Hosil bo`lgan kompyuter tushunadigan tildagi matn dastur matni, algoritm esa dastur deb ataladi. Kompyuter uchun dastur tuzish jarayoni dasturlash va dastur tuzadigan kishi dasturchi deyiladi. Kompyuter tushunadigan til esa dasturlash tili deb ataladi.
    Dasturlash tillarini shartli ravishda quyidagi uch guruhga ajratish mumkin:

    Quyi darajadagi dasturlash tillari kompyuter qurilmalari bilan bevosita bog`liq bo`lib, buyruqlar maxsus raqam (kod)lar yordamida yoziladi. Bu kabi buyruqlardan tashkil topgan dasturlar katta hajmli bo`lib, ularni tahrir qilish ancha mushkul ish hisoblanadi. Dastlabki elektron hisoblash mashinalarida («ENIAC», «МЭСМ» va boshqalar) masalalarni yechish uchun ana shunday buyruqlar yordamida dasturlar tuzilgan.


    Quyidagi jadvalda dasturlash tili rivojlanishi tarixidan ma’lumot berilgan.


    Dasturlash tili

    Ishlab chiqilgan yil



    Dasturlash
    tili

    Ishlab chiqilgan yil

    Plankalquil

    1946

    Logo




    1967

    Qisqa kod

    1949

    Algol 68




    1968

    Assembler “Edsak”,
    AO

    1950

    APL




    1969

    Avtokod “Madlen”

    1953

    Paskal




    1970

    Tezkor kodlash

    1955

    Fort




    1971

    A-2, Flou-metik

    1956

    Prolog,
    Ada

    Ci,

    1972

    IPL-1, Matn-metik

    1957

    Smoltok




    1980

    Fortran

    1958

    VBA




    1990

    Algol 58

    1959

    VC++




    1993

    APT, LISP,
    Algol-60

    Kobol,

    1960


    Java

    1994

    PL/1, Basic




    1964

    Delphi

    1995

    Algol W




    1965

    С ≠

    2000

    Dastur tuzishni osonlashtirish maqsadida inson tiliga yaqin bo`lgan buyruqlar tizimini qo`llash masalasi qo`yildi va hal etildi. Bu kabi dasturlash tillari o`rta darajadagi dasturlash tillari (ba’zan assemblerlar) deb yuritila boshlandi, Bunday tillarga AVTOKOD-BEMSH, AVTOKOD-MADLEN va boshqalar kiradi. Ular BESM- 6, Minsk-22, Minsk-32, IBM-360 elektron hisoblash mashinalarida qo`llanildi. Masalan, ST 5, BSUM ifoda 5 raqamini BSUM deb nomlangan yacheykaga joylashtirilsin (ST-storejoylashtirish) degan buyruqni beradi.

    Python dasturlash tili va uning imkoniyatlari.

      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 0.79 Mb.