• Yengil metallar
  • Noyob metallar.
  • O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi




    Download 78.93 Kb.
    bet2/4
    Sana23.05.2022
    Hajmi78.93 Kb.
    #21704
    1   2   3   4
    Bog'liq
    O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi
    4444444 - lab UMTS tarmoqlarini qurish asoslari
    Asosiy og‘ir metallar: bularga mis, nikel, qo‘rg‘oshin, rux va qalay kiradi. Bu metallar o‘zining ahamiyati va ishlab chiqarilish hajmi bo‘yicha rangli metallar orasida muhim ahamiyat kasb etadi.

  • Kichik og‘ir metallar: bularga vismut, mыshyak, surma, kadmiy, simob va kobalt kiradi. Bu metallar asosiy og‘ir metallarning tabiiy yo‘ldoshi hisoblanadi. Ular odatda yo‘ldosh komponent sifatida, lekin kamroq miqdorda ishlab chiqariladi.

  • Yengil metallar: bularga alyuminiy, magniy, titan, natriy, kaliy, bariy, kalsiy va stronsiy kiradi. Bu metallar boshqa metallarga qaraganda eng kichik zichlikka ega metallar hisoblanadi.

  • Nodir metallar: bularga oltin, kumush, platina va platinoidlar kiradi. Bu metallar atrof-muhit va korroziyali muhitga qarshi yuqori bardoshlik qobiliyatiga ega metallar hisoblanadi.

  • Noyob metallar. Bu metallar qo‘yidagi guruhlarga bo‘linadi:

    1. qiyin eriydigan noyob metallar: volfram, molibden, tantal, niobiy,

    2. engil noyob metallar: litiy, berilliy, rubidiy va seziy.

    v) tarqoq noyob metallar: galliy, indiy, talliy, germaniy, gafniy, reniy,
    g) noyob-er metallari: skandiy, ittriy, lantan va lantanoidlar.
    d) radioaktiv metallar: radiy, uran, toriy, aktiniy.
    Barcha rangli metallarning shunday o’ziga xos xususiyatilari borki, bu xususiyatlar ularning qo’llanish sohasi hamda xo’jalik ahamiyatini belgilab beradi.
    Quyida ayrim rangli metallarning o’ziga xos xususiyatlari keltiilgan.
    Alyuminiyning kichik zichligi, yuqori qattiqlikka egaligi, egiluvchanligi, korroziyaga bardoshliligi kabi xususiyatlari yangi texnika yaratuvchilari – konstruktorlarni diqqatini jalb qilmoqda. Elektr hamda isiqlik o‘tkazuvchanligi bo‘yicha u faqatgina misdan keyin turadi.
    Nikelning 70 foizga yaqini o‘tga chidamli va zanglamaydigan po‘lat ishlab chiqarishda sarflanadi. Nikel boshqa metallar bilan birga qattiq va o‘ta qattiq po‘latlar tarkibiga kiradi. Texnikada tarkibida nikel bo‘lgan 3000 ga yaqin qotishma ishlatiladi.
    Magniy. Magniyning boshqa metallardan farq qiladigan muhim xususiyati zichligi (1,74 g/sm3) kichikligi hisoblanadi. Olimlar magniy ishtirok etgan engil, mustahkam, issiqqa bardoshli bir qator qotishmalar kashf etishga muvaffaq bo‘lishdi. Magniyni legirlash uchun Ti, Be, Li, Cd, Ce kabi metallar ishlatiladi.

    Download 78.93 Kb.
  • 1   2   3   4




    Download 78.93 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi

    Download 78.93 Kb.