• 26-modda. Elektron raqamli imzolar kalitlarining sertifikatlarini ro‘yxatga olish markazida saqlash tartibi
  • 5-bob. Elektron raqamli imzolar kalitlari egalarining huquq va majburiyatlari. Ishonchli uchinchi taraf xizmati
  • -modda. Elektron raqamli imzo kaliti sertifikatining amal qilishini to‘xtatib turish, tiklash va tugatish




    Download 0,96 Mb.
    bet15/109
    Sana07.01.2024
    Hajmi0,96 Mb.
    #131703
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   109
    Bog'liq
    Ibragimov mustaqil ishi

    25-modda. Elektron raqamli imzo kaliti sertifikatining amal qilishini to‘xtatib turish, tiklash va tugatish
    Elektron raqamli imzo kaliti sertifikatining amal qilishini to‘xtatib turish, tiklash va tugatish elektron raqamli imzo kaliti egasining arizasi asosida amalga oshiriladi.
    Elektron raqamli imzo kaliti sertifikatining amal qilishini to‘xtatib turish, tiklash yoki tugatish to‘g‘risidagi ariza uning egasi tomonidan muddati ko‘rsatilgan holda yozma yoki elektron shaklda beriladi.
    Elektron raqamli imzo kaliti sertifikatining amal qilishi to‘xtatib turilganda, tiklanganda va tugatilganda ro‘yxatga olish markazi Reyestrga tegishli yozuvni kiritadi hamda bu haqda elektron raqamli imzo kalitining egasini uch ish kuni ichida yozma yoki elektron shaklda xabardor qiladi.
    Elektron raqamli imzo kaliti sertifikatining amal qilishi ro‘yxatga olish markazi tomonidan quyidagi hollarda ham elektron raqamli imzo kaliti egasining roziligidan qat’i nazar, tugatiladi:
    mazkur sertifikatning amal qilish muddati tugaganda;
    elektron raqamli imzo kalitining egasi ushbu Qonunning 27-moddasida nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarmaganligi faktlari aniqlanganda;
    elektron raqamli imzo kaliti sertifikatining amal qilishini to‘xtatib turish muddati tugaganda va uni tiklash uchun elektron raqamli imzo kaliti egasining arizasi mavjud bo‘lmaganda.
    26-modda. Elektron raqamli imzolar kalitlarining sertifikatlarini ro‘yxatga olish markazida saqlash tartibi
    Elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini ro‘yxatga olish markazida saqlash tartibi hamda muddati ro‘yxatga olish markazi va elektron raqamli imzo kalitining egasi o‘rtasidagi shartnoma bilan belgilanadi.
    Elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini saqlash muddati tugagach, u Reyestrdan chiqariladi va amal qilishi tugatilgan sertifikatlar arxiviga o‘tkaziladi.
    5-bob. Elektron raqamli imzolar kalitlari egalarining huquq va majburiyatlari. Ishonchli uchinchi taraf xizmati
    27-modda. Elektron raqamli imzolar kalitlari egalarining huquq va majburiyatlari
    Elektron raqamli imzo kalitining egasi quyidagi huquqlarga ega:
    elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini berish, ro‘yxatga olish, uning amal qilishini to‘xtatib turish, tiklash va tugatish to‘g‘risidagi ariza bilan ro‘yxatga olish markaziga murojaat etish;
    elektron raqamli imzo kaliti sertifikatining amal qilish muddatini uzaytirish haqida so‘rov yuborish.
    Ushbu modda birinchi qismining uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollarda, elektron raqamli imzo kaliti sertifikatining amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi so‘rovni ro‘yxatga olish markaziga mazkur sertifikatning amal qilish muddati tugaguniga qadar kamida ikki hafta oldin yuborish kerak.
    Elektron raqamli imzo kalitining egasi:
    elektron raqamli imzoning yopiq kaliti xavfsizligini ta’minlash uchun barcha mumkin bo‘lgan choralarni ko‘rishi;
    elektron raqamli imzoning kaliti boshqa shaxslar tomonidan foydalanilayotganligi yoki kirish rejimining buzilganligi aniqlangan taqdirda, elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini bergan ro‘yxatga olish markazini darhol xabardor qilishi;
    tarqatilishi cheklangan axborotni o‘z ichiga olgan elektron hujjatlarga imzo qo‘yish uchun mo‘ljallangan elektron raqamli imzoning kalitidan faqat tegishli maqsadlarda foydalanishi shart.
    Agar elektron raqamli imzo kalitining egasi yuridik shaxs bo‘lsa, ushbu yuridik shaxsning rahbari elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalanilishi uchun mas’ul bo‘ladi.
    Elektron raqamli imzo kalitining egasi bo‘lgan yuridik shaxsning rahbari ushbu moddaning uchinchi qismida ko‘rsatilgan majburiyatlardan tashqari:
    yuridik shaxs qayta tashkil etilgan yoki tugatilgan taqdirda bu haqda ro‘yxatga olish markaziga xabar qilishi;
    o‘zi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi tugatilganda elektron raqamli imzoning kalitini belgilangan tartibda topshirishi shart.
    Yuridik shaxsning yangi tayinlangan rahbari yuridik shaxsga tegishli bo‘lgan elektron raqamli imzoning kalitini belgilangan tartibda (“bulutli texnologiyalardan” foydalanilganda autentifikatsiya qilish omillarini almashtirish majburiyati bilan) qabul qilib oladi.
    Elektron raqamli imzo kalitining egasi qonunchilikka va shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ega bo‘lishi hamda uning zimmasida boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.

    Download 0,96 Mb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   109




    Download 0,96 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Elektron raqamli imzo kaliti sertifikatining amal qilishini to‘xtatib turish, tiklash va tugatish

    Download 0,96 Mb.