|
O‘zbekiston respublikasiaxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali
|
Sana | 20.11.2023 | Hajmi | 2,42 Mb. | | #101836 |
Bog'liq Mehriddinov Asliddin RQ
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIAXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA
KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
SAMARQAND FILIALI
"Kompyuter injiniringi " fakulteti
Fan______Raqamli qurilmalarni loyihalash (A)_______
Guruh: 21-04_________
Talaba: __Mehriddinov A.____ Rahbar: Indiaminov R.____
Samarqand 2023
Mavzu: Electronics Workbench, kombinatsion elementlarni o’rganish va ular
asosida mantiqiy elementlarni loyixalashtirish
Ishdan maqsad: Kombinatsion mantiqiy sxemalarni loyihalashtirishda Electronics
Workbench amaliy dasturiy paketi bilan ishlash ko’nikmasini hosil qilash va HAM, YOKI,
HAM-EMAS, YOKI-EMAS, ISTISNO-YOKI mantiqiy elementlari yordamida
loyihalashtirishni o’rganish..
Raqamli qurilmalarni loyihalashtirishda mantiqiy elementlarning o„rni juda muhim.
Ular boshqaruv tizimini ma’lum ketma-ketlikdagi oddiy mantiqiy amallar(operatsiyalar)
ko„rinishida ifodalash mumkin. Mantiqiy amallarni bajarish uchun mo„ljallangan
elementlarga mantiqiy elementlar deyiladi.
Mantiqiy amallarni bajarishga mo„ljallangan mantiqiy elementlar turli xildagi elektr
sxemalarida har xil texnik vositalar: rele-kontaktli elektrik elementlar, kontaktsiz elementlar
asboblar va boshqalar ishtirokida tuziladi.
Mantiqiy elementlar boshqaruv ob’ektining xolatini unga kelayotgan signallar
ko„rinishiga qarab, berilgan mantiqiy shartlar asosida diskret (saqlab) o„zgartira oladigan
moslamalar hisoblanadi. Sistema funksiyasini belgilab beradigan bunday shartlar mantiqiy
boshqaruv algoritmi deyiladi. Mantiqiy elementlardan foydalanilgan har qanday holatda
ob’ektning holati uning ijrochi organlarini ulash eki o„chirish yo„li bilan diskret o„zgaradi.
Ya’ni har qanday mantiqiy element aniq bir mantiqiy amalni bajarish barobarida faqatgina
ikkita holatda bo„lishi mumkin: “nol” - agarda ob’ekt tarmoqqa ulanmagan bo„lsa (signal
yo„q), “bir”- agar o’ekt tarmoqqa ulangan bo„lsa (signal bor).
Raqamli texnikada ikkita holatga ega bo’lgan, nol va bir yoki “rost” va
“yolg’on” so’zlari bilan ifodalanadigan sxemalar qo’llaniladi. Biror sonlarni qayta ishlash
yoki eslab qolish talab qilinsa, ular bir va nollarning ma'lum kombinasiyasi ko’rinishida
ifodalanadi. U holda raqamli qurilmalar ishini ta'riflash uchun maxsus matematik apparat
lozim bo’ladi. Bunday matematik apparat Bul algebrasi yoki Bul - mantiqi deb ataladi. Uni
Irland olimi D. Bul ishlab chiqqan.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O‘zbekiston respublikasiaxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali
|