REFERAT Mavzu: DAVLAT FUNKSIYALARINI TURLI ASOSLARGA KO‘RA TASNIFLASH




Download 121,89 Kb.
bet7/29
Sana17.05.2024
Hajmi121,89 Kb.
#240136
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29
Bog'liq
O’zbekiston respublikasida davlat shaklining o’ziga xos xususiya

REFERAT
Mavzu: DAVLAT FUNKSIYALARINI TURLI ASOSLARGA KO‘RA TASNIFLASH


Bajardi: ______________________
Tekshirdi: ______________________
DAVLAT FUNKSIYALARINI TURLI ASOSLARGA KO‘RA TASNIFLASH
Reja:
1. Davlat funksiyalari tushunchasi va mohiyati
2. Davlat funksiyalarini tasniflash
3. Turli jamiyatlardagi davlat funksiyalarining o‘zaro nisbati
4. O’zbekiston Respublikasining asosiy funksiyalari

Davlat funksiyalari tushunchasi va tasnifi


O‘zbekiston davlati, xozirgi kunda demokratik huquqiy davlat qurish yo‘lidan ketayapdi, uning xalqaro maydonda o‘ziga xos va mos o‘rni bor.
O‘zbekiston davlatining olib borayotgan ichki va tashqi siyosati, amalga oshirayotgan ishlari uning xaqiqatdan ham insonparvar, tinchliksevar, ijtimoiy yo‘nalishga ega bo‘lgan davlat ekanligini ko‘rsatmoqda Bobokalonimiz Amir Temur «Bizning qudratimizga shubha qilsangiz biz qurgan imoratlarga boqing» deganlaridek, bizning davlatimizning mohiyatini, mazmunini bilmoqchi bo‘lsangiz, davlatimiz amalga oshirayotgan ishlarga, uning funksiyalariga e’tiborni qarating, deyishga asosimiz bor. Chunki davlatimizning siyosatini bosh yo‘nalishlari tinchliksevarlik, hamkorlik, ijtimoiy adolat kabilardir.
Davlat funksiyasi tushunchasi
O‘zbekiston davlatining olib borayotgan tashqi siyosatining, mamlakat ichida yurgizayotgan ichki siyosatining asoslari O‘zbekiston Respublikasining Asosiy qonuni — Konstitutsiyamizda mustahkamlab qo‘yilgandir. Konstitutsiyada mustahkamlangan bu qoidalar O‘zbekiston davlatining, uning organlarining olib borayotgan yaratuvchilik ishlari orqali mazmun va mohiyat bilan boyimoqda.
Kishilik jamiyati hayotida dastlabki jamiyat hisoblanmish ibtidoiy jamoa tuzumi yemirilgach, uning o‘rniga davlatli jamiyat vujudga kelgan. Shundan beri davlatlar o‘z oldiga qo‘ygan vazifalarni, maqsadlariga erishish uchun qator davlat funksiyalarini amalga oshirib kelmoqda.
Davlat funksiyalari bu — mazkur davlatning umumijtimoiy mohiyati va ijtimoiy ahamiyati bilan belgilangan maqsadlariga erishish borasidagi vazifalarni amalga oshirish yuzasidan faoliyatining bosh (asosiy) yo‘nalishlaridir1
Shuni ta’kidlash lozimki, ko‘pincha funksiya va vazifa so‘zlarini tenglashtiradilar. Aslida vazifa so‘zining mazmuni funksiya so‘z mazmunidan kengroqdir.
Davlat funksiyasi — bu davlat faoliyatining eng muhim, eng yirik yo‘nalishlari bo‘lib, ularda davlatning mohiyati, maqsadi va ijtimoiy ahamiyati ifodalanadi.
Davlat o‘z oldiga qo‘ygan vazifalarni bajarish uchun qator funksiyalarni amalga oshiradilar. Demak, davlat funksiyasi bu davlat faoliyatining nisbatan barqaror, ko‘p takrorlanadigan faoliyat turlari yo‘nalishlaridir. Davlat funksiyasida davlatning mohiyati, mazmuni va uning ijtimoiy ahamiyati, roli jamlangan holda ifodalanadi
Aytish joizki, davlat funksiyalari har tip davlatda turlicha namoyon bo‘lishi mumkin. Ayni paytda ba’zi funksiyalar esa barcha tip davlatlar uchun xos ham bo‘lishi mumkin. Masalan, soliq va majburiy yig‘imlar yig‘ish, davlatni mudofaa qilish funksiyalari barcha davr davlatlari uchun umumiy funksiya hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda, ba’zi tip davlatlar uchun xos bo‘lgan funksiyalar umuman uchramasligi mumkin. Masalan, quldorchilik davlatining keng tarqalgan funksiyasi bo‘lgan qullarni doimiy bo‘ysunishda ushlab turish va ularni ekspluatatsiya qilish kabi funksiyalar vaqt o‘tishi biln o‘z ahamiyatni yo‘qota borgan.
Davlat funksiyalarining mazmuni shu davlatning mohiyatiga, uning tuzilishiga, davlat hokimiyati kimning qo‘lida ekanligi va bu hokimiyat kimning manfaatlariga xizmat qilishiga qarab davlat funksiyalari turlicha davlatlarda turlicha bo‘lishi mumkin. Masalan, quldorlik jamiyatida davlat funksiyalari hukmron sinf xisoblanmish quldorlar manfaatlariga xizmat qilgan bo‘lsa feodalizm jamiyatida esa yirik yer egalari va feodallar manfaatiga xizmat qilgan. Bu davrlarda davlat funksiyalarini davlat hokimiyatini o‘z qo‘llarida ushlab turgan quldorlar va feodallar amalga oshirganlar. Asta — sekinlik bilan vaqt o‘tishi natijasida davlatlarning siyosiy va ijtimoiy tuzumida juda yirik va chuqur o‘zgarishlar sodir bo‘la boradi. Ushbu o‘zgarishlarga mos ravishda davlat funksiyalari ham o‘zgarib, takomillashib rivojlanib boradi.
Davlat funksiyalarining tasnifi
Davlat funksiyalarini tasniflashning ilmiy o‘quv adabiyotlarda ko‘p turlari mavjud. Bu masalada olimlar o‘rtasida yagona fikr ham shakllanmagan. Biroq shunga qaramay, juda ko‘p adabiyotlarda davlat funksiyalarini davlatning ichki va tashqi funksiyalariga bo‘lish keng tarqalgan.
Davlatning ichki funksiyalari — bu davlatning o‘z hududida amalga oshiradigan faoliyatining eng muhim, eng yirik yo‘nalishlari bo‘lib, ularda davlatning mohiyati, mazmuni, maqsadi o‘zining ifodasini topadi.
Ichki funksiyalar davlatning mamlakat ichidagi maqsad va vaziflariga mos holda shakllanadi. Masalan, sinfiy hukmronlikka asoslangan davlat funksiyasining asosiy mazmuni majburlov, qarshilikni yengish, hukmron sinf mulki va manfaatlarini qo‘riqlashdan iboratdir.
Ijtimoiy totuvlikka asoslangan davlatning ichki funksiyalarining asosiy mazmunini esa aholi turli guruhlarining manfaatlarini hisobga olish, turli ijtimoiy tabaqalar tomonidan qo‘llab — quvvatlanadigan bunday qarorlarni hayotga tatbik,. etishdan iboratdir
Davlatning tashqi funksiyalari — bu davlatning davlat tashqarisida, xalqaro maydonda boshqa davlatlar bilan, xalqaro tashkilotlar bilan olib boradigan siyosatining, faoliyatining eng muhim yo‘nalishlaridir.Har bir davlat o‘z faoliyatini ham ichki, ham tashqi funksiyalar majmui orqali amalga oshiradi Bu funksiyalar qanday sharoitlarda shakllangan va amalga oshirilishidan qat’iy nazar ular orasida o‘zaro dialektik bog‘liqlik va uzviy aloqadorlik mavjuddir. Chunki har qanday davlatning tashqi siyosatida, aniqrog‘i tashqi funksiyalarida uning ichki manfaatlari birinchi o‘ringa qo‘yiladi va u mamlakatning ichki extiyojlarini qondirishni ko‘zda tutadi. O‘z navbatida ayni paytda ichki funksiya ham tashqi funksiyalarda ifodalangan muammolarni yechishga, hal qilishga xizmat qiladi
Shu bilan birga o‘z navbatida ichki funksiya ham, tashqi funksiya ham bir muncha nisbiy mustaqillikka egadir. Ularning nisbiy mustaqilligi shunda ko‘rinadiki, agar ichki funksiyalar mamlakatni ijtimoiy — iqtisodiy, siyosiy va madaniy rivojlantirish, turli siyosiy kuchlar, ijtimoiy guruhlar, millatlar va xalqlarning manfaatlarini uyg‘unlashtirish maqsadlarini ifoda etsa, tashqi siyosatda esa davlatlarning xalqaro munosabatlarda faol ishtirok etishi, ularning boshqa mamlakatlar bilan o‘zaro foydali hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi va olib borishi xalqaro tashkilotlar faoliyatida qatnashishi kabi maqsadlarni amalga oshirishni aks ettiradi.
Davlatlar paydo bo‘lganidan buyon ular o‘z siyosatini ichki va tashqi soxalarda amalga oshirib kelmoqda Bu xususiyat barcha davlatlarga xos bo‘lib, uning tashkil etilishi va amalga oshirilishi turli davrlarda hukmron bo‘lgan siyosiy kuchlarning faoliyatiga borliq bo‘lib keldi va hozirda ham shunday davom etmoqda. Davlatlarning tuzilishi va ular amalga oshiradigan rivojlanish yo‘li qanday shakllarda bo‘lishidan qati nazar ichki va tashqi siyosat ular faoliyatining asosiy jihati bo‘lib krladi Davlatlarning faoliyatida ular olib boradigan ichki funksiyalar muhim o‘rin tutadi. Ichki funksiyalar samardorligi siyosiy hokimiyatning qanday kuchlar tomonidan amalga oshirilishi bilan ham belgilanadi. Agar hokimiyatda ilg‘or siyosiy kuchlar hukmronlik qilsa, bunday sharoitda ichki funksiyaning asosiy yo‘nalishi mamlakat fuqarolarining huquq va erkinliklarini himoya qilish, ularning ijtimoiy siyosiy hayotda faol ishtirok etishlari, davlat va jamoat ishlarida erkin qatnashuvlarini tashkil etish kabi shart — sharoitlarni ta’minlashga qaratilgan bo‘ladi. Agar siyosiy hokimiyat konservativ kuchlar qo‘lida bo‘lsa va ular tomonidan amalga oshirilsa bunday sharoitda ichki funksiya shu kuchlarning manfaatlariga bo‘ysundiriladi va ularning tor doiradagi manfaatlari himoya qilinadi
Amerikalik siyosatshunos Jeyms Rozenauning fikricha, siyosiy munosabatlar tizimi uning tarkibiy qismlari orasidagi xar —xillik bilan bog‘liqdir. Bu xulosada davlatlar olib boradigan ichki funksiya xilma —xil xususiyatlarga ega bo‘lishi va turli davrlarda turlicha amalga oshirilishi mumkinligi qayd etiladi.
Ichki funksiya — muayyan tarixiy sharoitda sinflar, ijtimoiy guruhlar va millatlar o‘rtasidagi munosabatlarni muvofiklashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi Bunday ichki funksiya barcha ijtimoiy guruhlar manfaatlarini teng darajada hisobga olishi va ularning birortasiga ham alohida imtiyez berilishiga yo‘l qo‘ymasligi lozim.
Hozirgi kunda davlatning ichki funksiyalariga quyidagilarni kiritish mumkin
1. Regulyativ, ya’ni tartibga solish, boshqarish;
2. Qo‘riqlash, ya’ni saqlash, muhofaza qilish
а) regulyativ funksiya davlatning ijtimoiy va iqtisodiy soxadagi o‘rnini belgilaydi:
iqtisodiy: jamiyat iqtisodiy hayotiga ta’sir etish, iqtisodiyotning davlat sektorini boshqarish;
ijtimoiy: ijtimoiy boyliklarni taqsimlash, sog‘liqni saqlash, madaniyatni rivojlantirish, uy —joy qurish va boshqalar;
moliyaviy nazorat: soliq; solish, bojxona nazorati, moliyaviy nazorat;
b) qo‘riqlash funksiyasi davlatning huquq bilan mustahkamlangan va tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlarni ta’minlash va himoya qilishga qaratilgan quyidagi faoliyatini taqozo etadi:
 fuqarolar huquq va erkinliklarini muhofaza qilish;
 tabiatni muhofaza qilish;
 mulkning barcha shakllarini birdek himoya qilish;
 huquqni muhofaza qilish.
Endi shu yuqoridagi funksiyalarga qisqacha to‘xtalib, chuqur anglab olishimiz zarur.
Avvalombor iqtisodiy soxadagi funksiyalarga to‘xtaladigan bo‘lsak, bunda davlat jamiyat iqtisodiy hayotiga ma’lum ma’noda ta’sir qiladi. Bu, albatta, shu davlatning ichki tuzumiga, uning qanday tashkil topgani va davlatning mohiyatiga qarab belgilanadi. Masalan, bozor iqtisodiyotiga asoslangan rivojlangan davlatlar bilan sobik Ittifoqning iqtisodiy funksiyalari o‘rtasida juda katta farklar mavjud. Sobiq Ittifoq davlatida jamiyatning iqtisodiy quvvatiga bevosita ta’sir ko‘rsatilib, davlat iqtisodiyoti bevosita boshqarilib, bozor esa ma’muriy buyruqbozlik asosida idora etilgan.



Download 121,89 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29




Download 121,89 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



REFERAT Mavzu: DAVLAT FUNKSIYALARINI TURLI ASOSLARGA KO‘RA TASNIFLASH

Download 121,89 Kb.