REFERAT Mavzu: HUQUQ-IJTIMOIY MUNOSABATLARNI NORMATIV TARTIBGA SOLISHNING TURI SIFATIDA




Download 121,89 Kb.
bet8/29
Sana17.05.2024
Hajmi121,89 Kb.
#240136
TuriReferat
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29
Bog'liq
O’zbekiston respublikasida davlat shaklining o’ziga xos xususiya

REFERAT
Mavzu: HUQUQ-IJTIMOIY MUNOSABATLARNI NORMATIV TARTIBGA SOLISHNING TURI SIFATIDA


Bajardi: ______________________
Tekshirdi: ______________________

HUQUQ-IJTIMOIY MUNOSABATLARNI NORMATIV TARTIBGA SOLISHNING TURI SIFATIDA
Rеja:
1 . Huquqning moxiyati, uning bеlgilari va funktsiyalari.
2. Huquq mе'yorlari, ularning tarkibi, turlari.
3. Normativ huquqiy xujjatlarning zamonda,
makonda va shaxslararo xarakati.
1.Huquq – davlat tomonidan urnatilgan yoki ma`qullangan va uning kuchi bilan himoya qilinadigan umummajburiy xulq-atvor qoidalarining tizimidir.
«Huquq» iborasi ikki ma'noda qullaniladi:
1.Ob'еktiv huquq – umummajburiy xulq-atvor qoidalarining yig`indisi. Bu normalar u yoki bu sub'еktlar xoxish irodasi va istagidan qat'iy nazar mavjud bo`ladi.
2.Sub'еktiv huquq –muayyan jismoniy va yuridik shaxsga tеgishli bo`lgan huquq.
Masalan, Fuqaro Olimovning mulkiga bo`lgan egalik huquqi.
Sub'еktiv huquq yuridik jixatdan shaxs erkinligini ta'minlaydi., unga mustaqillik bеradi va tashabbus kursatishga imkoniyat yaratadi.
Sub'еktiv huquq ob'еktiv huquqka asoslanadi. Ob'еktiv huquq bulmasa, sub'еktiv huquq ham bulmaydi. Sub'еktiv huquq insondan yoki tashkilotdan, ya'ni xukumdor shaxsdan ajralmagan xolda mavjud bo`ladi.
Huquq davlat bilan chambarchas bog`langan. Davlatsiz huquq bo`lishi mumkin emas, chunki aynan davlat huquqni kеltirib chiqaradi va huquqiy normalarni amalga oshirilishini kafolatlaydi, huquqni muxofaza qiladi. Uz navbatida davlat ham huquqsiz mavjud bo`lishi mumkin emas. Aks xolda, u ijtimoiy munosabatlarni tartibga solib turuvchi vositadan maxrum bo`ladi.
Huquqning asosiy bеlgilari:
1. Davlat yuli bilan urnatilishi
2. Barcha uchun majburiyligi
3. Huquq normalarining qonunlar va boshqa muayyan manbalarda ifodalanishi
4. Sub'еktiv huquqlar bilan xarakat qilish
5. Davlat tomonidan ta'minlanganligi.
Huquq adolatdan ajralmasdir. Rim huquqida huquqning xalol yashash, uzgalarni xafa qilmaslik, xar kimga kеrakligini bеrish kabi qoidalari yozib quyilgan edi. Huquq ezgulik va adolatlilik san'atidir. Huquqda adolat mеzoni ifodalanadi.
Davlat va huquq nazariyasi fanini o`rganar ekanmiz, ijtimoiy munosabatlar tushunchasiga duch kelamiz. Ijtimoiy munosabatlar deganda jamiyatda kishilar o`rtasida yuzaga keladigan ongli, maqsadga yo`naltirilgan aloqalar tushuniladi.
Ijtimoiy munosabatlar kishilarning o`zaro mavhum aloqalari emas. U moddiy va ma’naviy madaniyatda o`z ifodasini topgan kishilarning bir-biriga ta’siri, muloqoti, qiziqish va ehtiyojlarining uyg`unlashuvi, fikr va e’tiqodlarning qiyoslashuvi, faoliyat va tajriba almashinuvi natijasidir.
Berilgan kazusga aniqroq va tushunarliroq javob berish uchun, avvalo, muammolarni aniqlab olamiz.
Birinchi muammo: Ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish turlari.
Ikkinchi muammo: Ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish turlari haqidagi fikrlarga amaliy misollar.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, ijtimoiy munosabatlar kishilar o`rtasida muayyan bir vaziyatlarda yuzaga keladi.
Huquqshunos olim Sh.A.Saydullayevning fikricha, ijtimoiy munosabatlar ijtimoiy subyektlar o`rtasidagi hayotiy ne’matlarni taqsimlash, moddiy va ma’naviy ehtiyojlarni qondirish yuzasidan kelib chiqadigan aloqalardir .
Har qanday jamiyatda uning a’zolari munosabatlarini tartibga solish jamiyat mavjudligining zarur shartidir.
Ijtimoiy hayotda tartibga solish ‒ odamlar va ular jamoalari xatti-harakatlarini belgilash, ushbu harakatlarning doimiyligi va rivoji uchun zarur yo`nalishlar berish, uni aniq maqsadni ko`zlagan holda muayyan bir qolipga tushurish demakdir.
Ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish ikki xil ‒ normativ va individual ko`rinishga ega. Normativ tartibga solish umumiy xususiyatga ega bo`lib, unda normalar jamiyatning barcha a’zolariga yoxud uning muayyan qismiga tegishli bo`ladi. Biroq u hech qachon aniq bir odamga taalluqli bo`lmaydi.
Shu o`rinda normativ tartibga solishning yuzaga kelishi ‒ ijtimoiy tartibga solishning eng muhim burilish nuqtalaridan biri bo`lib, uning taraqqiyotida yirik sifat o`zgarishlarini, tub burilishlarni boshlab berganligini alohida ta’kidlash joiz.
Individual tartibga solish esa aniq subyektga taalluqli hisoblanadi, ya’ni tegishli tarzda harakat qilish uchun berilgan individual ko`rsatmalardan iborat bo`ladi.
Bunda normativ tavsifga ega bo`lgan normalar aniq vaziyatlarda ikki yoki undan ortiq shaxslar yoxud ularning uyushmalari o`rtasida yuzaga keladigan muayyan munosabatlarni qaratilgan bo`ladi.
U ma’lum afzalliklarga ega: muayyan bir vaziyatning o`ziga xos xususiyatlarini, shaxslarning o`zlarigagina xos fazilatlari, yuzaga keladigan munosabatlar xususiyatini hisobga olgan holda hayotiy muammolarni hal qilish imkonini beradi.
Lekin shubhasiz, uning jiddiy kamchiliklari ham mavjud: u iqtisodiy jihatdan tejamkor emas, ishlab chiqarishning takrorlanuvchi harakatlari va jarayonlarida, o`zaro almashuvlarda, kishilar hayot va faoliyatlarida qat’iy uyushqoqlikni, yagona umumiy tartibni, zarur birxillikni ta’minlayb olmaydi.
Yana bir huquqshunos olim Z.M.Islomovning fikricha, normativ tartibga solishning paydo bo`lishi ‒ ijtimoiy tartibga solishning vujudga kelishidagi ilk va eng muhim burilish nuqtalardan biri hisoblanib, uning taraqqiyotida yirik sifat o`zgarishlarini, tub burilishlarni boshlab bergan.
Normativ tartibga solishning ham o`z kamchilik va nuqsonlari mavjud. Ayniqsa, normativ tartibga solish avtoritar turdagi siyosiy hokimiyat, avtoritar mafkura quroliga aylangan hollarda, ijtimoiy taraqqiyotga to`g`anoq bo`luvchi reaksion g`oyalar, g`ayriinsoniy mafkura, qadriyatlarga noto`g`ri munosabatlar tashviqotchisiga aylanadi.
Ijtimoiy tartibga solish ildizlari uzoq o`tmishga borib taqaladi. Uning rivoji hamisha kioshilik jamiyati taraqqiyoti bilan birga hamnafas bo`lib kelgan. Buni puxta tushunib olish uchun eng qadimgi davrlarga murojaat etishga to`g`ri keladi.
Ijtimoiy jamoa tasavvurlarini to`la ma’noda normativ tasavvurlar deb atash mumkin. Chunki ularning qariyb hammasi inson xatti-harakatlari normalarini ifodalaydi.
Ikkinchi muammoga to`xtaladigan bo`lsak, yuqorida keltirib o`tganimizdek, bu masalaga turli xil olimlar o`zlarining fikrlari bilan baho berishgan. Ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish turlari bir-biri bilan chambarchas bog`liq bo`lib, o`zaro bir-biriga ta’sir qiladi, bir-birining mavjudligini taqozo etadi.
Insoniyat taraqqiyoti tarixgacha bo`lgan davrdagi ijtimoiy tartibga solishning eng dastlabki elementlarning paydo bo`lishiga aloqador bosqichni aniqlash g`oyat murakkab jarayon hisoblanadi.
Chunki ular odamlar tomonidan kashf qilinmagan yoki o`ylab topilmagan bo`lib, hayot jarayonlarining murakkablashib borishi bilan bog`liq ravishda yuzaga kelgan va uning takomillashishi asosida rivojlanib borgan.
Ya’ni, ijtimoiy munosabatlarni normativ tartibga solishda normalar hamma uchun umumiy xarakterga ega bo`ladi. Misol uchun, bunday tartibga solish ommaviy xarakterga ega bo`ladi.
Bundan tashqari, jamiyatda barcha normalarni ikki katta guruh, ya’ni ijtimoiy va texnik normalarga bo`lish mumkin. Mazkur bo`linish normalarning tartibga solish predmetiga ko`ra tasniflanadi.
Huquqshunos olim Sh.A.Saydullayevning fikricha, Agar norma kishilar xulq-atvori va ular o`rtasidagi munosabatlarni tartibga soladigan bo`lsa uni ijtimoiy norma sifatida tavsiflash mumkin. Agar norma shaxsning tabiat va texnika
vositalaridan foydalanishi bilan bog`liq munosabatlarga doir bo`lsa, ularga texnik normalar sifatida qarash lozim.
Shu jihatdan olganda, texnik normalar “inson va mashina”, “inson va mehnat quroli”, “inson va ishlab chiqarish” tipidagi, ya’ni inson bilan uni o`rab turuvchi jonsiz predmetlarga oid munosabatlarni tartibga soladi deyish mumkin.
Ijtimoiy norma bu kishilar va ularning jamoalari o`rtasidagi muayyan munosabatni tartibga soluvchi xulq-atvor qoidasidir. Ijtimoiy normalar tizimi esa jamiyatda kishilar xulq-atvorini, muayyan guruh va jamoalr o`rtasidagi muniosabatlarni tartibga soluvchi qoidalar majmuidir.
Ijtimoiy normalar ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda alohida o`rin egallaydi. Misol uchun, ijtimoiy normalar turlari (axloq normalari, diniy normalar, an’ana normalari, urf-odat normalari, huquq normalari, korporativ normalar, siyosiy normalar va b.) ning barchasi insonlar o`rtasidagi munosabatlarni o`rnatadi va tartibga soladi.
Ya’ni, ushbu normalarning barchasi inson va uning xatti-harakatini tamomila yo`naltiruvchi, boshqaruvchi, tartibga soluvchi normalar ekan.
Fikrimizcha, ijtomoiy munosabatlarni tartibga soluvchi har ikkala tur ham bu tizimda o`z o`rniga egadir. Normativ tartibga solishga bir necha shaxslarning harakatini umumiy tartibga solishni, masalan, jamiyatda o`rnatilgan axloqiy normalarni misol qilib keltirishimiz mumkin.
Negaki, bunda butun bir jamoa yagona norma asosida uyushtiriladi va shu jamoa ushbu belgilangan normalarga amal qiladi.
Individual tartibga solish jarayonida yakka shaxs o`z harakatini aynan mana shu usul orqali tartibga soladi. Ya’ni, jamiyatdagi mavjud muayya normalar vaziyat taqozo qilganda yakka shaxslarga ham tatbiq etiladi. So`ngra mana shu normalarga o`sha yakka shaxs tomonidan rioya qilinishi talab etiladi va agar bu talab bajarilmagan taqdirda, jamiyat o`zi bu munosabatni tartibga solidi
Xulosa o`rnida aytish mumkinki, ijtimoiy munosabatlarnig normativ tartibga solish tizimi normalarning ancha keng doirasini qamrab oladi.
Shuning uchun ham bu tizimni jamiyatda odamlar xulq-atvorlarini, birlashmalar, jamoalar doirasida ular o`rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi ijtimoiy normalar hamda ularning tabiat bilan o`zaro munosabatlarini qat’iy belgilovchi ijtimoiy-texnik normalar majmui deyish mumkin.
Texnik normalar tabiiy va sun’iy obyektlar bilan munosabatda bo`lishning eng oqilona usullari va vositalarini, shu jumladan, texnologik operatsiyalarning izchilligi va mazmunini belgilab beradi.



Download 121,89 Kb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29




Download 121,89 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



REFERAT Mavzu: HUQUQ-IJTIMOIY MUNOSABATLARNI NORMATIV TARTIBGA SOLISHNING TURI SIFATIDA

Download 121,89 Kb.