|
REFERAT
Mavzu: Davlat organlari tushunchasi, tizimi, tasnifi
|
bet | 16/29 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 121,89 Kb. | | #240136 | Turi | Referat |
Bog'liq O’zbekiston respublikasida davlat shaklining o’ziga xos xususiyaREFERAT
Mavzu: Davlat organlari tushunchasi, tizimi, tasnifi
Bajardi: ______________________
Tekshirdi: ______________________
DAVLAT ORGANLARI TUSHUNCHASI, TIZIMI, TASNIFI
Reja:
Davlat organi tushunchasi va turlari.
Davlat mexanizmida prokuratura va nazorat organlarining o‘rni.
Davlat organi tushunchasi va turlari.
Davlat mexanizmining dastlabki va eng muhim tarkibiy unsuri – bu davlat organidir. Davlat organi – bu davlat mexanizmining bir bo‘g‘ini bo‘lib, u muayyan xususiyatlarga ega.
Davlat organi – davlat funksiyalarini ijro etishda qatnashuvchi va buning uchun hokimiyat vakolatiga ega bo‘lgan davlat mexanizmining bo‘g‘ini (unsuri) dir.
Davlat organi – davlatning vazifa va funksiyalarini amalga oshiradigan davlat apparatining tarkibiy bo‘g‘inidir.
Davlat organi quyidagi xarakterli belgilarga ega:
1. Davlat apparatining tarkibiy bo‘g‘ini bo‘lgan davlat organi davlat hokimiyat vakolatlarga yegadir, ya’ni amaldagi qonunchilikda mustahkamlangan davlat hokimiyatini amalga oshirish, davlat nomidan yuridik ahamiyatga molik qarorlar qabul qilish va bu qarorlarning bajarilishini ta’minlash imkoniyatiga ega. Davlat organlari ichki tuzilishga(tarkibga) ega. Ular yagona maqsad atrofida uyushgan bo‘linmalardan iborat bo‘lib, hamma uchun bir xil bo‘lgan tartib-intizomga rioya etadi.
Davlat organining jamiyatdagi boshqa tashkilot va tuzilmalardan asosiy farq qiluvchi jihati bo‘lib, uning davlat-hokimiyat xarakterdagi vakolatlarga egayekanligi hisoblanadi. Ilmiy adabiyotda davlat - hokimiyat vakolatning mazmuni yoritilgan. Masalan, M.I. Baytinning fikricha, davlat – huquqiy vakolat o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
- davlat organining tashkil etilishi va faoliyati tartibi, uning ichki tuzilmasi, huquq va majburiyatlar yig‘indisi, ya’ni kompetensiyasi huquq normalari orqali mustahkamlangan bo‘ladi;
- davlat organi o‘zida umumiy va individual qoidalarni ifodalagan yuridik aktlar chiqarish huquqiga ega;
- yuridik aktlar orqali o‘rnatilgan qoidalar asosan, ishontirish, tarbiyalash, rag‘batlantirish choralari orqali ta’minlanadi, va ular ayni paytda davlatning majburlov kuchini qo‘llash imkoniyatini buzishdan qo‘riqlanadi;
- davlat organi o‘zi chiqargan qarorlaming bajarilishini ta’minlash uchun davlat budjetidan ma’lum hajmdagi mablag‘larni olib ishlatish huquqiga ega bo‘ladi.
Demak, davlat organining eng muhim belgisi - bu uning davlat-hokimiyat vakolatga ega ekanligidir.
Davlat organi muayyan iqtisodiy tashkiliy alohidalik va mustaqillik bilan tavsiflanadi. Davlat organi muayyan mustaqillikka, avtonomlikka ega bo‘lsada, u yaxlit davlat mexanizmining bir qismidir, davlat tarkibida o‘z o‘rniga ega bo‘lib, uning boshqa qismlari bilan mustahkam aloqada bo‘ladi. Demak, har bir organ uchun, uning o‘z oldiga qo‘ygan vazifalarini bajarishi uchun zarur bo‘lgan hajmda davlatning mablag‘i ajratiladi va u bu mablag‘ni qonunda belgilangan tartib va doirada ishlatadi.
Davlat organining eng muhim belgilaridan biri muayyan mohiyatga va hajmga ega bo‘lgan hokimiyat vakolatlari (huquq va majburiyatlar yaxlitligi)ning mavjudligidir. Uning vakolati davlat organi tomonidan ular bo‘yicha qaror qabul qiladigan va bajaradigan aniq masalalar va vazifalar bilan belgilanadi. Har bir davlat organi o‘z kompetensiyasiga muvofiq tarzda yuklatilgan funksiya va vazifalarni ado etadi, shu tariqa bevosita davlatning ham vazifa va funksiyalari amalga oshiriladi, chunki davlat o‘z organlari orqali vazifalarini amalga oshiradi. Har bir alohida organning funksiyalari yig‘indisidan, umuman davlatning funksiyalari shakllanadi.
Vakolat odatda yuridik jihatdan (konstitutsiyada yoki joriy qonunchilikda) belgalab qo‘yilgan bo‘ladi. Davlat organi tomonidan o‘z vakolatini amalga oshirish nafaqat uning huquqi, balki burchi hamdir.
|
| |