O`zbekiston Respublikasida




Download 427,12 Kb.
bet1/8
Sana14.05.2024
Hajmi427,12 Kb.
#231685
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Andijon mashinasozlik instituti standartlashtirish asoslari

2- Bob. STANDARTLASHTIRISHNING QONUNIY ASOSLARI


2.1 O`zbekiston Respublikasida standartlashtirishning qonuniy asoslari. O`zbekiston Respublikasi standartlashtirishga oid qonunlarining izoxlari.
«O`zbekiston Respublikasining standartlashtirish bo`yicha ishlarni tashkillashtirish to`g`risida» (mart 1992 y.) Respublika Vazirlar Maxkamasining qarori bilan belgilangan standartlashtirishning tashkiliy asoslari O`zbekiston Respublikasining «Standartlashtirish to`g`risida» Qonuni bilan qonunlashtirildi. Qonun
28 dekabr 1993-yilda qabul qilingan, 18 fevral 1994-yilda ommaviy axborot vositalarida chop etilgan va shu kundan boshlab kuchga kirgan.
Standartlashtirishning asosiy maqsadlari aniqlangan. Bu maqsadlar:

  • inson va atrof muhit uchun xavfsizlikni;

  • mamlakatimizda ishlab chiqariladigan mahsulot, jarayonlar, xizmatlarning sifatini va raqobatbardoshligini oshirishni;

  • o`zaro almashinuvchanlikni, mos keluvchanlikni, boyliklarni tejashni;

  • ishlab chiqarish texnik-iqtisodiy ko`rsatkichlarining yaxshilanishini;

  • ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnik dasturlar va loyihalarni amalga oshirishni;

  • tabiiy va texnogen halokatlarni va boshqa favqulodda vaziyatlarning paydo bo`lishi ehtimolini hisobga olgan holda xalq ho`jaligi obyektlarining xavfsizligini;

  • iste’molchilarning ishlab chiqariladigan mahsulot to`g`risida to`liq va ishonchli axborotga ega bo`lishini;

  • mamlakatning mudofa qobiliyati va safarbarlik tayyorligini;

  • o`lchashlar birliligini ta’minlaydi.

O`zbekiston Respublikasining «Standartlashtirish to`g`risida»gi Qonunida belgilanganki, respublikada standartlashtirish bo`yicha ishlarni o`tkazish umumiy tashkiliy-texnik qoidalarini belgilovchi O`z SDT faoliyat ko`rsatadi. Bu qoidalarning o`zi O`zdavstandart tomonidan o`rnatiladi. Davarxitekturaqurilish (qurilish, qurilish industriyasi, shu jumladan loyihalash va konstruksiyalash sohasida), Davtabiatqo`mitasi (tabiiy boyliklardan foydalanish va atrof-muhitni ifloslanish va

boshqa zararli ta’sirlardan saqlash sohasida), Sog`liqni saqlash vazirligi (tibbiyotga mo`ljallangan mahsulotlar, tibbiyot texnikasi, dori-darmonlar sohasida, shuningdek, respublikada chiqariladigan va import bo`yicha keltiriladigan mahsulotda inson uchun xavfli aralashmalar borligini aniqlash masalalari bo`yicha o`zining vakolat doirasida standartlashtirish ishlarini tashkillashtirish, muvofiqlashtirish va ta’minlash ishlarini olib boradi. Respublikada qo`llaniladigan me’yoriy hujjatlar ro`yxati keltirilgan:




  • O`zbekiston davlat standartlari;




  • tarmoqlar standartlari;




  • texnik shartlar:




  • ma’muriy-hududiy standartlar;




  • korxona standartlari;




  • xorijiy mamlakatlarning milliy standartlari.

Standartlashtirish bo`yicha me’yoriy hujjatlarga, shuningdek, standartlashtirish bo`yicha qoidalar, me’yorlar, texnik-iqtisodiy va ijtimoiy axborotlar tasniflagichlari (klassifiqatorlari) ham kiradi.
Xalqaro (davlatlararo, hududiy), xorijiy me’yoriy hujjatlar O`zdavstandart tomonidan belgilangan tartibda qo`llaniladi. Yagona va uzluksiz ta’lim davlat tizimida ta’lim davlat standartlari ishlab chiqiladi, respublika Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Standartlashtirish bo`yicha me’yoriy hujjatlar mamlakatimiz va xorijiy fan va texnikasining zamonaviy yutuqlariga asoslanishi va xalqaro savdo uchun ortiqcha to`siqlar paydo qilmasligi lozim. Raqobatbardoshlikni ta’minlash uchun o`zuvchi (oldindan tuziladigan) standartlar yaratilishi mumkin.
Mahsulotni me’yoriy hujjatlarsiz ishlab chiqarish va xaridga qo`yish (sotish) man etiladi.
Mahsulotning aholi hayoti, sog`ligi, mulkiga xavfsizligini ta’minlaydigan me’yoriy hujjatlarning talablari mahsulotning mos keluvchanligi va o`zaro almashinuvchanligini, bularni tekshirish usullarining bir xilligini va bir xil tamg`alanishini ta’minlash uchun rioya qilinishi shart.
Standartlar va o`lchashlar birligini ta’minlash ustidan davlat nazorat idoralari, obyektlari va subyektlari, davlat nazoratini bajaruvchi davlat inspektorlarining huquqlari va ma’sulligi, shuningdek, davlat nazorati subyektlarining va bularga rahbar shaxslarning standartlashtirish to`g`risida qonunlarni buzganligi uchun javobgarliklari belgilangan.
Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan ishlar ro`yxati belgilangan:

  • xalqaro, davlatlararo, hududiy me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish yoki ishlab chiqishda qatnashish;

  • standartlashtirishning muayyan obyektlari bo`yicha qonun hujjatlarining loyihalarini ishlab chiqish;

  • asos bo`luvchi tashkiliy-metodik va umumtexnikaviy me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va ularni ishlashini ta’minlash;

  • texnik-iqtisodiy axborot tasniflagichlarini ishlab chiqish, bular to`g`risida rasmiy axborot tayyorlash va chop etish, shuningdek, barcha foydalanuvchilarga tarqatish;

  • umumdavlat ahamiyatidagi ilmiy-tadqiqot va boshqa ishlarni bajarish;

  • standartlarning majburiy talablariga rioya qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;

  • me’yoriy hujjatlar davlat jamg`armasini shakllantirish va olib borish. Standartlarni, mahsulot va xizmatlar katalogini sotishdan olingan mablag`lar,

shuningdek, standartlashtirish to`g`risidagi qonunlarni buzganligi uchun jarimaga tortishdan olingan mablag`larning bir qismi moliyalash manbalari bo`lishi mumkin.
Davlat budjeti mablag`laridan moliyalashtiriladigan davlat dasturlarini ishlab chiqishda mahsulot sifatini me’yoriy ta’minlash bo`limlari nazarda tutilishi lozim.
Muvofiqlik belgisi bilan tamg`alangan mahsulot chiqaruvchi korxonalarni, shuningdek, an’anaviy texnologiya imkoniyatlaridan o`zuvchi, istiqbolga
mo`ljallangan talablar standarti bo`yicha mahsulot ishlab chiqargani uchun iqtisodiy yordam va rag`batlantirish davlat kafolati Qonunda ko`zda tutilgan.
Bozor iqtisodiyotining chuqurlashishi, O`zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga (JST) kirishga tayyorlanishi munosabati bilan 2000-, 2003-, 2006-yillarda
«Standartlashtirish to`g`risida» Qonunga o`zgartirishlar kiritildi.
2000-yil

  1. 2-moddaning uchinchi qismidan «ro`yxatga olinadi» so`zi chiqarib tashlandi, chunki me’yoriy hujjatlarni davlat ro`yxatiga olishni faqat bir tashkilot – standartlashtirish bo`yicha milliy idora – O`zstandart Agentligi bajaradi;

  2. 3-moddaning uchinchi qismida «axborot jamg`armalari» so`zlari «tarmoq axborot jamg`armalari» ga almashtirildi (6-moddaning sakkizinchi qismidagi davlat jamg`armasi so`zlaridan farqlash uchun almashtirildi);

  3. 6-moddada:

  • birinchi qism 3-abzasdagi «standartlar» so`zi «davlat standartlari» so`zlariga almashtirildi, chunki O`z DSt 1.0:1998 «O`zbekiston standarlashtirish davlat tizimi. Asosiy qoidalar» da «O`zbekiston Respublikasining standartlari» nomi «O`zbekiston davlat standartlari» ga almashtirilgan;

  • birinchi qism quyidagi mazmundagi abzas bilan to`ldirilgan: «Ma’muriy- hududiy standartlar». «Ma’muriy-hududiy standartlashtirish» darajasi Savdodagi texnik to`siqlar bo`yicha Bitim (STTo` bo`yicha Bitim) ga muvofiq kiritildi;

  • modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to`ldirildi:

«Yagona va uzluksiz ta’lim davlat tizimida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ta’lim standartlari ishlab chiqiladi»;

  • ikkinchi, uchinchi, to`rtinchi, beshinchi, oltinchi, yettinchi, sakkizinchi, to`qqizinchi va o`ninchi qismlarni uchinchi, to`rtinchi, beshinchi, oltinchi, yettinchi, sakkizinchi, to`qqizinchi, o`ninchi va o`n birinchi deb o`qish kerak;

  • beshinchi qism quyidagi mazmundagi jumla bilan to`ldirilgan; «Bular xalqaro savdo uchun ortiqcha to`siqlar paydo qilmasligi lozim» (STTo` bo`yicha Bitim);

  • sakkizinchi qism quyidagi tahrirda bayon etilgan:

«Iste’molchilarga xaridga chiqariladigan mahsulotga standartlar va ularga kiritiladigan o`zgartirishlar haq to`lamasdan O`zdavstandart idoralarida davlat ro`yxatidan o`tkazilishi lozim. O`zdavstandart idoralarida ro`yxatga olingan me’yoriy hujjatlar davlat axborot jamg`armasini tashkil etadi»;

  1. 9-modda uchinchi qism 4-abzasda “taqiqlash to`g`risida” so`zlaridan keyin “ishlab chiqarish” so`zi bilan to`ldirilgan.

2003-yil

  1. 2-modda ikkinchi qism:

  • 2-abzasda «O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish O`zbekiston davlat markazi (O`zdavstandart)» so`zlari «Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish O`zbekiston agentligi (O`zstandart Agentligi)» so`zlari bilan almashtirildi;

  • 3-abzasda «Davlat arxitekturaqurilishqo`m» so`zi «Davarxitektqurilish» so`zi bilan almashtirildi;

  1. 3- va 8-moddalarda:

  • «O`zdavstandart» va «Davarxitektqurilishqo`m» so`zlari «O`zstandart Agentligi» va «Davarxitektqurilish» so`zlariga almashtirildi;

  1. 8-moddada:

  • butun matnda «standartlar ustidan davlat nazorati» so`zlari «Standartlar va o`lchashlar birligini ta’minlash ustidan davlat tekshiruvi va nazorati» so`zlari bilan almashtirildi.

2006-yil

  1. 9-modda ikkinchi qismning 2-abzasida «erkin foydalanish» so`zlari

«belgilangan tartibda foydalanish» so`zlari bilan almashtirildi;

  1. 9-modda quyidagi mazmunda yozilgan beshinchi qism bilan to`ldirildi:

«Jarima solish sud tomonidan belgilanadi, xo`jalik yurituvchi subyekt o`zi yo`l qo`ygan huquq buzilishini tan olib, ixtiyoriy ravishda jarima to`lashga rozi bo`lsa, O`zbekiston Respublikasining Bosh davlat inspektori, Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar bosh davlat inspektorlari tomonidan belgilanadi»;

  1. 9-moddaning beshinchi va oltinchi qismlarini oltinchi va yettinchi qismlari deb hisoblash kerak.


    1. Download 427,12 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8




Download 427,12 Kb.