• 2.4 O’zbekiston texnik jixatdan tartibga solish tizimini joriy etish muammolari
  • O`zbekiston Respublikasida




    Download 427,12 Kb.
    bet4/8
    Sana14.05.2024
    Hajmi427,12 Kb.
    #231685
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Andijon mashinasozlik instituti standartlashtirish asoslari

    2.4-rasm. Meyoriy hujjatlar davlat fondi
    Yevropa hamjamiyatida texnik jihatdan tartibga solish tizimini besh xil xuquqiy xujjatlar shakllantiradi. Ularning uch xili majburiy tusga ega:
    -direktivlar - Yevropa xamjamiyati mamlakatlari uchun asosiy maqsad va vazifalarni belgilaydi;
    -reglamentlar - rasmiy ravishda nashr etilganidan so’ng, Yevropa mxamjamiyati mamlakatlari tomonidan bajarilishi majburiy;
    -qarorlar - Yevropa xamjamiyati subektlari, masalan kompaniya, firma, jismoniy shaxs yoki xamjamiyatga a’zo bo’lgan aloxida mamlakat uchun majburiy.
    Majburiy bulmagan xujjatlar sirasiga esa, rezolyusiyalar, tavsiyanomalar va standartlar kiradi.
    Qolaversa, Yevropa xamjamiyati tasis shartnomasining 30 va 36-moddalarida bozorni nazorat qilish texnik reglamentlar orqali amalga oshirilishi belgilangan. Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, majburiy talablarni texnik reglamentlar orqali
    belgilash va ularga rioya qilish ustidan davlat nazoratini olib borish amaliyoti Yevropa tajribasida xam o’z ifodasini topgan.
    Ta’kidlash joizki, mamlakatimiz SHOS, MDX ISO (standartlashtirish bo’yicha Xalqaro tashkilot)ga a’zo bo’lganligi bois ushbu doiralarda xalqaro shartnomalar bilan qabul qilingan texnik reglamentlar O’zbekiston Respublikasi xududida ham amal qiladi.
    O’zbekiston Respublikasining "Texnik jixatdan tartibga solish to’grisnda’’gi Qonuniga asosan, texnik reglamentlarni ishlab chiqishda -maxsulot, ish va xizmatlarning xavfsizlik mezonlarini belgilovchi milliy va xalkaro normativ xujjatlardan foydalaniladi hamda texnik reglamentlarda daliliy baza sifatida texnik jixatdan tartibga solish soxasidagi normative xu jjatlarning matnlari tuliq yoki kisman keltirilishi belgilangan .

    2.4 O’zbekiston texnik jixatdan tartibga solish tizimini joriy etish muammolari


    Ma’lumki xalqaro tajribaga muvofik, standartlarni ishlab chiqish tegishli texnik qo’mitalarda ishtirok etuvchi barcha manfaatdor taraflar tomonidan konsensus asosida yagona qaror qabul qilishga asoslanadi. Ushbu prinsip texnik reglamentlarni ishlab chiqishda xam qo’llanilib, ularni ishlab chiquvchi ekspert kengashi faoliyatida barcha mutasaddi idoralar ishtirok etishlari kerak.
    Ammo, bugungi kunda, ayrim soxalarda standartlashtirish bo’yicha texnik qo’mitalar tashkil etilmagan. Oqibatda, respublikada ishlab chiqarilayotgan ayrim maxsulot xamda ko’rsatilayotgan xizmat turlariga tegishli me’yoriy xujjatlar yetarli darajada ishlab chiqilmagan yoki amaldagilari xalqaro talablar bilan uyg’unlashtirilmagan.
    Vazirlik, idora va boshka xujalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan texnik reglamentlar loyixalarini tayyorlashda, xalqaro xujjatlar (standartlar, reglamentlar, qoidalar) bilan solishtirish ishlari yetarli daraja tashkillashtirilmagan. Bunga vazirlik, idora, boshqa xujalik yurituvchi sub’ektlar "O’zstandart" agentligining me’yoriy xujjatlar davlat fondida mavjud amaldagi xalqaro standartlardan foydalanishga, xalqaro va xorijiy davlatlarning milliy standartlarini to’g’ridan to’g’ri qabul qilish yoki
    ularni amaldagi O’bekiston davlat standartlari bilan uyg’unlashtirishga, tegishli soxalar bo`yicha xalkaro amaliyot o’tgan malakali mutaxassislar bilan ta’mindashga xamda ushbu mutaxassislarni yetishtirish ishlariga yetarli e’tibor qaratishmayotganligi sabab bo’lmoqda.

    Download 427,12 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 427,12 Kb.