• OKOZ: 1.
  • O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT RAMZLARI HAQIDAGI AYRIM QONUN HUJJATLARIGA VA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING MA’MURIY JAVOBGARLIK TO‘G‘RISIDAGI KODEKSIGA O‘ZGARTISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
  • O‘zbekiston respublikasining davlat ramzlari haqidagi ayrim qonun hujjatlariga va o‘zbekiston respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘G‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘Shimchalar kiritish haqida




    Download 235.64 Kb.
    bet1/12
    Sana14.04.2024
    Hajmi235.64 Kb.
    #195148
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    Davlat ramzlari va ularning tarixi
    Coca cola, 113 BT s Rayimberdiyeva Muxlisa 1, Xususiy kapitalning shakllanishi, MTT tarbiyalanuvchilarida psixologik hamda grammatik jihatdan to\'g\'ri nutqni shakllantirish usullari, Havoni ifloslanishiga ta’sir, Rey Bredberi, Amir temur, Mirzo ulug\'bekning pedagogik g\'oyalari va ma\'rifatparvarlik fikr taraqqiyoti, The role of internet in my life presentation, Titul university businnes and science

    muhammad al xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti


    Mustaqil ish
    Mavzu: Davlat ramzlari va ularning tarixi

    Guruh: 050-23


    Bajardi: Mansurov Asadbek


    Tekshirdi: G’ulomov I.K.




    [OKOZ:
    1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.02.00.00 Davlat ramzlari. Poytaxt / 01.02.01.00 Davlat gerbi, madhiyasi, bayrog‘i]
    [TSZ:
    1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat gerbi. Davlat madhiyasi. Davlat bayrog‘i. Davlat tili. Poytaxt. Bayramlar. Xotira kunlari. Yubileylar]
    PDF-faylidagi rasmiy manba
    O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT RAMZLARI HAQIDAGI AYRIM QONUN HUJJATLARIGA VA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING MA’MURIY JAVOBGARLIK TO‘G‘RISIDAGI KODEKSIGA O‘ZGARTISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
    Qonunchilik palatasi tomonidan 2010-yil 18-noyabrda qabul qilingan
    Senat tomonidan 2010-yil 3-dekabrda ma’qullangan
    1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 18-noyabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi 407-XII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 1, 27-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 5, 124-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
    1) 2-moddadagi “Respublika” degan so‘z “O‘zbekiston Respublikasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
    2) 3-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
    3-modda.
    O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasining timsoli bo‘ladi”;
    3) 4-moddaning:
    ikkinchi va uchinchi qismlaridagi “Bayroqning” degan so‘z “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
    to‘rtinchi qismidagi “Yangi oy va yulduzlarning” degan so‘zlar “Oq rangli yangi oy va o‘n ikkita oq rangli besh qirrali yulduzning” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
    beshinchi qismidagi “Yangi oy” degan so‘zlar “Oq rangli yangi oy” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
    oltinchi qismi birinchi jumlasidagi “Yulduzlar” degan so‘z “O‘n ikkita oq rangli besh qirrali yulduz” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
    4) 5-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
    5-modda.
    O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i:
    1) doimiy ravishda:
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorgohlarining;
    O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining;
    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining;
    respublika davlat boshqaruvi organlarining;
    O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining;
    O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining;
    O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining;
    O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining;
    Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va Vazirlar Kengashining;
    mahalliy davlat hokimiyati organlarining;
    sudlarning;
    prokuratura organlarining binolarida;
    2) doimiy ravishda:
    O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining;
    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining;
    O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudining;
    respublika davlat boshqaruvi organlarining;
    O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining;
    O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining;
    O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining;
    O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining;
    O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining;
    Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va Vazirlar Kengashining;
    mahalliy davlat hokimiyati organlarining majlislar zallarida;
    3) doimiy ravishda:
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining;
    O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining;
    O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining;
    O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining;
    O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi raislarining;
    respublika davlat boshqaruvi organlari rahbarlarining;
    O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining;
    O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati raisining;
    O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining;
    O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining;
    O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining;
    Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va Vazirlar Kengashi raislarining;
    viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimlarining;
    O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari, shuningdek xalqaro tashkilotlar huzuridagi vakolatxonalari boshliqlarining xizmat xonalarida;
    4) O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan belgilangan bayram kunlarida — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimlarining qarorlari bilan belgilangan markaziy ko‘chalarda, maydonlarda, boshqa jamoat joylarida va obyektlarda;
    5) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, Senati a’zolari, xalq deputatlari Kengashlarining deputatlari saylovi yoki referendum kunlarida — ovoz berish o‘tkazilayotgan binolar va xonalarda;
    6) O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari, shuningdek xalqaro tashkilotlar huzuridagi vakolatxonalari binolarida yoki hududlarida va transport vositalarida — xalqaro huquq normalariga, diplomatik protokol qoidalariga hamda vakolatxonalar va muassasalar joylashgan davlatning qonun hujjatlariga muvofiq;
    7) xorijiy davlatlar davlat va hukumat boshliqlarining, boshqa rasmiy delegatsiyalarning xalqaro huquq normalariga, diplomatik protokol qoidalariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishining tasdiqlangan dasturiga muvofiq transport vositalarida, vokzallarda, aeroportlarda, yurish yo‘nalishi bo‘yicha va boshqa tashrif obyektlarida;
    8) rasmiy shaxslar sifatida O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, O‘zbekiston Respublikasining boshqa rasmiy delegatsiyalari rahbarlari, O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari, shuningdek xalqaro tashkilotlar huzuridagi vakolatxonalari boshliqlari tushgan chet eldagi dengiz va daryo kemalarida, boshqa transport vositalarida;
    9) O‘zbekiston Respublikasi kemalar qatnovi inspeksiyasining kemalar reyestrida ro‘yxatga olingan dengiz va daryo kemalarida;
    10) O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy birlashmalarida, qo‘shilmalarida va qismlarida, shuningdek boshqa harbiy tuzilmalarida — O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining umumharbiy ustavlariga muvofiq;
    11) doimiy ravishda O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasidan o‘tish punktlarida;
    12) sport maydonlarida — O‘zbekiston Respublikasi chempionatlarini, milliy terma komandalar ishtirokida xalqaro sport musobaqalarini o‘tkazish vaqtida hamda xalqaro sport musobaqalarining O‘zbekiston Respublikasi sport terma komandalarining vakillari bo‘lgan g‘oliblarini mukofotlash marosimlarini o‘tkazish vaqtida ko‘tariladi.
    O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i unga nisbatan lozim darajadagi hurmat ta’minlangan holda umummilliy bayramlar va tantanali tadbirlar vaqtida ko‘tarilishi mumkin”;
    5) quyidagi mazmundagi 51 va 52-moddalar bilan to‘ldirilsin:
    51-modda.
    O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining tasviri tushirilgan belgilar:
    O‘zbekiston Respublikasi Fuqaro havo kemalari davlat reyestri yoki O‘zbekiston Respublikasi Davlat havo kemalari reyestriga kiritilgan havo kemalariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Aviatsiya ma’muriyati hisobida turuvchi eksperimental havo kemalariga;
    qonun hujjatlarida belgilangan hollarda avtomototransport vositalari va ular tirkamalarining davlat ro‘yxatidan o‘tkazish raqam belgilariga;
    O‘zbekiston Respublikasining asosiy chegara belgisiga qo‘yiladi.
    O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining tasviri tushirilgan belgilardan O‘zbekiston Respublikasiga tegishlilikni belgilash maqsadida predmetlarda, o‘quv-tarbiya jarayonida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi davlat mukofotlarining elementi sifatida foydalanilishi mumkin.

    Download 235.64 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 235.64 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasining davlat ramzlari haqidagi ayrim qonun hujjatlariga va o‘zbekiston respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘G‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘Shimchalar kiritish haqida

    Download 235.64 Kb.