• Ommaviy ravishda ishdan boʻshatish mezonlari belgilanmoqda
  • Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida




    Download 42 Kb.
    bet1/2
    Sana08.01.2024
    Hajmi42 Kb.
    #132286
      1   2
    Bog'liq
    Barchamizga ma


    Barchamizga ma’lum, Prezident tomonidan 28.10.2022 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 798-son Qonun imzolandi . 
    1995 yilda qabul qilingan amaldagi Mehnat kodeksi tahriri zamonaviy voqelikka mos kelmasligi va xususiy tadbirkorlik rivojlanishi jarayonida ish beruvchining mas’uliyatini, fuqarolarni mehnat faoliyatiga jalb qilishning yangi, turli xil shakllarining faol rivojlanishini hisobga olmasligi, shuningdek, ish beruvchilarga, xususan, qo‘shimcha ishchilarni mehnatga jalb qilishning sodda shakllarini tanlashga imkon beradigan yetarli shart-sharoitlar yaratmasligi bilan oʻz ahamiyatini yoʻqotib borayotgandi.Yangi mehnat kodeksining qabul qilinishi ana shu muammolarning yechimidir.
    Yangi Mehnat kodeksining ahamiyatli jihatlaridan yana biri — unda ish beruvchi subyektlar sifatida mulkiy va idoraviy mansubligidan qatʼi nazar tashkilotlar, yollash huquqiga ega boʻlgan tashkilotlarning alohida tarkibiy boʻlinmalari hamda jismoniy shaxslar belgilanayotganishidir, bu qoidaning belgilanishi ishchi oʻrinlarining koʻpayishiga, norasmiy sektorda faoliyat olib boruvchi shaxslarning qisqarishiga hamda ularning huquqlari doimiy ravishda himoya qilinishiga olib keladi. Yangi Mehnat kodeksida mehnat qonunchiligi uchun qanday oʻzgarishlar boʻldi 
    Ommaviy ravishda ishdan boʻshatish mezonlari belgilanmoqda
    Kodeksda хodimlarni ommaviy ravishda ishdan boʻshatish chogʻidagi kafolatlar belgilanmoqda. Xususan, mahalliy davlat hokimiyati organlari хodimlarni ommaviy ravishda ishdan boʻshatish toʻgʻrisidagi qarorlarni ushbu kechiktirish keltirib chiqargan yoʻqotishlarni ish beruvchiga bir vaqtning oʻzida qisman yoki toʻliq kompensatsiya qilish orqali olti oy muddatgacha toʻхtatib turishi mumkin.
    Xodimlarni ommaviy ravishda ishdan boʻshatish mezonlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
    a) хodimlarining soni yigirma nafar va undan ortiq boʻlgan har qanday tashkiliy-huquqiy shakldagi tashkilotni (uning alohida boʻlinmasini) tugatish;
    b) хodimlar sonining (shtatining) quyidagi miqdorda:
    - oʻttiz kalendar kun ichida ellik nafar va undan ortiq хodimning;
    - oltmish kalendar kun ichida ikki yuz nafar va undan ortiq хodimning;
    toʻqson kalendar kun ichida besh yuz nafar va undan ortiq хodimning qisqarishi.
    98-modda. Xodimlarni ommaviy ravishda ishdan bo‘shatish chog‘idagi kafolatlar
    Ommaviy ravishda ishdan bo‘shatish mezonlari texnologiyaning, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishning o‘zgarishi, ishlar (mahsulot, xizmatlar) hajmining qisqarishi bilan bog‘liq bo‘lgan tashkilot xodimlarining soni yoki shtati o‘zgarganligi sababli yoki tashkilot (uning alohida bo‘linmasi) tugatilganligi munosabati bilan o‘zi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinishi nazarda tutilayotgan xodimlar sonining ko‘rsatkichlaridan iboratdir.
    Xodimlarni ommaviy ravishda ishdan bo‘shatish mezonlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
    a) xodimlarining soni yigirma nafar va undan ortiq bo‘lgan har qanday tashkiliy-huquqiy shakldagi tashkilotni (uning alohida bo‘linmasini) tugatish;
    b) xodimlar sonining (shtatining) quyidagi miqdorda:
    o‘ttiz kalendar kun ichida ellik nafar va undan ortiq xodimning;
    oltmish kalendar kun ichida ikki yuz nafar va undan ortiq xodimning;
    to‘qson kalendar kun ichida besh yuz nafar va undan ortiq xodimning qisqarishi.
    Mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarni ommaviy ravishda ishdan bo‘shatish to‘g‘risidagi qarorlarni ushbu kechiktirish keltirib chiqargan yo‘qotishlarni ish beruvchiga bir vaqtning o‘zida qisman yoki to‘liq kompensatsiya qilish orqali olti oy muddatgacha to‘xtatib turishi mumkin.
    Ish beruvchi xodimlarni kelgusida ommaviy ravishda ishdan bo‘shatish to‘g‘risidagi axborotni ushbu Kodeksning 166-moddasida nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda mehnat organining hamda hududiy yoki tarmoq kasaba uyushmalari birlashmalarining e’tiboriga yetkazishi shart. Mehnat organlari mazkur axborotni olgach, ishdan bo‘shatilayotgan xodimlarni qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda ishga joylashtirish choralarini ko‘rishi shart.

    Download 42 Kb.
      1   2




    Download 42 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida

    Download 42 Kb.