• 201-modda. Narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitimni tugatish tartibi
  • -modda. Narxni belgilash toʻgʻrisidagi




    Download 2,93 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet148/352
    Sana21.05.2024
    Hajmi2,93 Mb.
    #248757
    1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   352
    Bog'liq
    soliq kodeksi 2023

    200-modda. Narxni belgilash toʻgʻrisidagi 
    bitimning bajarilishini tekshirish 
    (1-q.)
    Narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitimning soliq toʻlovchi tomonidan bajarilishini 
    tekshirish ushbu Kodeksning 24-bobida nazarda tutilgan tartibga muvofiq Oʻzbekiston 
    Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi. 
    (2-q.)
    Agar soliq toʻlovchi oʻzi tuzgan narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitimning barcha 
    shartlariga rioya qilgan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi mazkur bitimda 
    narxlari (narxlarni aniqlash usullari) kelishilgan nazorat qilinadigan bitimlarga nisbatan 
    soliqlarning, penyalarning yoki jarimalarning qoʻshimcha hisoblanishini yoxud zarar summalarini 
    kamaytirishni nazarda tutadigan qarorni qabul qilishga haqli emas. 
    201-modda. Narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitimni tugatish tartibi 
    (1-q.)
    Narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitim uning amal qilish muddati oʻtganidan keyin 
    tugatiladi yoki ushbu moddada nazarda tutilgan hollarda muddatidan ilgari tugatilishi mumkin. 
    (2-q.)
    Soliq toʻlovchi narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitimni uning amal qilishi muddati 
    davomida soliqlarning toʻliq toʻlanmasligini keltirib chiqargan holda buzgan taqdirda, 
    Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi rahbarining (rahbar oʻrinbosarining) qaroriga 
    koʻra ushbu bitim muddatidan oldin tugatiladi. 
    (3-q.)
    Narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitim taraflarning kelishuviga yoki sudning qaroriga 
    koʻra ham muddatidan oldin bekor qilinishi mumkin. 
    (4-q.)
    Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining narxni belgilash toʻgʻrisidagi 
    bitimni tugatish haqidagi qarori soliq toʻlovchiga (uning vakiliga) undan tilxat olingan holda 
    topshiriladi yoki unga qaror olingan sana toʻgʻrisida dalolat beruvchi boshqa usul bilan beriladi 
    yoxud soliq toʻlovchiga tegishli qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran besh kun ichida pochta 
    orqali buyurtma xat bilan yuboriladi. 


    (5-q.)
    Soliq toʻlovchiga pochta orqali buyurtma xat bilan yuborilgan qaror ushbu buyurtma 
    xat yuborilgan kundan eʼtiboran besh kun oʻtgach olingan deb hisoblanadi. 
    (6-q.)
    Soliq toʻlovchi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining narxni belgilash 
    toʻgʻrisidagi bitimni tugatish haqidagi qarori ustidan qonunchilikda belgilangan tartibda sudga 
    shikoyat qilishi mumkin. 
    (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) 

    Download 2,93 Mb.
    1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   352




    Download 2,93 Mb.
    Pdf ko'rish