• 247-modda. Soliq bazasini aniqlashning umumiy qoidalari
  • Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining




    Download 2,93 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet179/352
    Sana21.05.2024
    Hajmi2,93 Mb.
    #248757
    1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   352
    Bog'liq
    soliq kodeksi 2023

    34-BOB. SOLIQ BAZASI 
    247-modda. Soliq bazasini aniqlashning umumiy qoidalari 
    248-modda. Soliq bazasini aniqlash tartibi 
    249-modda. Moliyaviy ijara (lizing) shartnomalari 
    boʻyicha operatsiyalar amalga oshirilganda soliq 
    bazasini aniqlashning oʻziga xos xususiyatlari 
    250-modda. Vositachilik (topshiriq), transport ekspeditsiyasi 


    shartnomalari boʻyicha operatsiyalar amalga oshirilganda soliq 
    bazasini aniqlashning oʻziga xos xususiyatlari 
    251-modda. Korxona mol-mulk majmuasi sifatida realizatsiya 
    qilinganda soliq bazasini aniqlashning oʻziga xos xususiyatlari 
    252-modda. Transportda tashishni amalga oshirishda soliq 
    bazasini aniqlashning oʻziga xos xususiyatlari 
    253-modda. Muddatli bitimlar boʻyicha tovarlar (xizmatlar) 
    realizatsiya qilinganda soliq bazasinianiqlashning 
    oʻziga xos xususiyatlari 
    254-modda. Tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga 
    olib kirishda soliq bazasini aniqlash tartibi 
    255-modda. Tovarlar (xizmatlar) chet ellik shaxslar tomonidan 
    realizatsiya qilinganda soliq agentlari tomonidan soliq 
    bazasini aniqlashning oʻziga xos xususiyatlari 
    256-modda. Davlat mol-mulki bilan operatsiyalar amalga 
    oshirilganda soliq agentlari tomonidan soliq bazasini 
    aniqlashning oʻziga xos xususiyatlari 
    257-modda. Soliq bazasiga tuzatish kiritish 
    247-modda. Soliq bazasini aniqlashning umumiy qoidalari 
    (1-q.)
    Tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda soliq bazasi soliq toʻlovchi tomonidan 
    ushbu bobga muvofiq oʻzi ishlab chiqargan yoki olgan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya 
    qilishning oʻziga xos xususiyatlariga qarab aniqlanadi. 
    (2-q.)
    Tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda soliq bazasi soliq 
    toʻlovchi tomonidan ushbu bobga va bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq aniqlanadi. 
    (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) 
    (3-q.)
    Soliq bazasini aniqlash chogʻida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan 
    tushum soliq toʻlovchining ushbu tovarlarga (xizmatlarga) pulda va (yoki) natura shakllaridagi 
    toʻlov, shu jumladan qimmatli qogʻozlar bilan haq toʻlash sifatida olingan barcha daromadlaridan 
    kelib chiqqan holda hisobga olinadi.
    (4-q.)
    Soliq bazasini aniqlash chogʻida soliq toʻlovchining chet el valyutasida ifodalangan 
    tushumi (xarajatlari) ushbu Kodeksning 242-moddasida belgilangan tovarlarni (xizmatlarni) 
    realizatsiya qilish boʻyicha aylanma amalga oshirilgan sanada Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy 
    banki tomonidan belgilangan kurs boʻyicha milliy valyutada qayta hisoblab chiqiladi. 
    (5-q.)
    Agar sotuvchi va xaridor oʻrtasidagi shartnomada tovarlarga (xizmatlarga) chet el 
    valyutasida belgilangan summaga teng boʻlgan summadagi milliy valyutada haq toʻlash nazarda 
    tutilgan boʻlsa hamda bunda realizatsiya qilingan tovarlarga (xizmatlarga) haq toʻlangan sana 
    ularni realizatsiya qilish boʻyicha ushbu Kodeksning 242-moddasiga muvofiq aniqlanadigan 
    aylanma amalga oshirilgan sanaga toʻgʻri kelmasa, mazkur sanalarda chet el valyutasi kurslaridagi 
    farq tufayli yuzaga kelgan tushum summasidagi ijobiy yoki salbiy farq soliq bazasini belgilashda 
    hisobga olinmaydi. Bunday ijobiy yoki salbiy farq ushbu Kodeksning XII boʻlimiga muvofiq 
    boshqa daromadlar yoki boshqa xarajatlar tarkibida sotuvchi tomonidan hisobga olinishi lozim. 
    (6-q.)
    Ushbu Kodeksning 239-moddasiga muvofiq oʻz ehtiyojlari uchun soliq solish obyekti 
    deb eʼtirof etiladigan tovarlar berilgan (xizmatlar koʻrsatilgan) taqdirda, soliq bazasi soliq 
    toʻlovchi tomonidan ushbu bobga muvofiq aniqlanadi. 



    Download 2,93 Mb.
    1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   352




    Download 2,93 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining

    Download 2,93 Mb.
    Pdf ko'rish