oshirilgan boʻlsa, oʻsha hisobot (soliq) davrida haqiqiy chiqimlar miqdorida xarajatlar jumlasiga
kiritiladi.
(2-q.)
Agar ijaraga oluvchi va ijaraga beruvchi oʻrtasidagi shartnomada (qarz oluvchi va qarz
beruvchi oʻrtasidagi shartnomada) ijaraga oluvchining (qarz oluvchining) xarajatlari oʻrnini
ijaraga beruvchi (qarz beruvchi) tomonidan qoplash nazarda tutilgan boʻlmasa, ushbu modda
qoidalari ijaraga oluvchining (qarz oluvchining) mazkur xarajatlariga nisbatan ham qoʻllaniladi.
310-modda. Foizlar va ayrim chiqimlar boʻyicha xarajatlar
(1-q.)
Soliq toʻlovchining qarz majburiyatlari (kreditlar, tovar va tijorat kreditlari, qarzlar,
bank omonatlari, bank hisobvaraqlari yoki rasmiylashtirish usulidan qatʼi nazar, boshqa jalb
qilingan mablagʻlar) boʻyicha foizlar tarzidagi xarajatlari ushbu Kodeksning VI boʻlimida nazarda
tutilgan oʻziga xos xususiyatlar inobatga olingan holda, haqiqiy stavkadan kelib chiqib, chegirib
tashlanadi.
(OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga
qarang)
(2-q.)
Yuridik shaxsning nazorat qilinadigan qarzi bilan bogʻliq xarajatlari ushbu moddaning
birinchi qismi qoidalari hisobga olingan holda, ushbu moddada belgilangan eng koʻp qiymatlardan
oshmaydigan miqdorda chegirib tashlanadi. Mazkur qoida quyidagilarga nisbatan qoʻllaniladi:
1) qarz mablagʻlaridan
foydalanganlik uchun foizlarga;
2) neustoykalarning (jarimalar, penyalarning) summalari, javobgarlikning boshqa choralari
qoʻllanilganligi
natijasida, shu jumladan shartnoma majburiyatlarini buzganlik uchun zararlarning
oʻrnini qoplash natijasida toʻlanishi lozim boʻlgan summalarga.
(3-q.)
Ushbu modda maqsadlarida yuridik shaxsning quyidagi qarzlari nazorat qilinadigan
qarzlar deb eʼtirof etiladi:
1) Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidenti boʻlmagan, mazkur soliq toʻlovchi
aksiyalarining (ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) paylar, ulushlarning) 20 foizidan ortigʻiga
bevosita yoki bilvosita egalik qiladigan chet ellik yuridik yoki jismoniy shaxs oldidagi qarzi;
2) ushbu Kodeksning 37-moddasiga muvofiq ushbu qismning 1-bandida koʻrsatilgan chet
ellik shaxsning oʻzaro bogʻliq shaxsi deb eʼtirof etiladigan boshqa shaxs oldidagi qarzi;
3) ushbu qismning 1 va (yoki) 2-bandlarida koʻrsatilgan shaxslar oldida kafillik qiluvchi,
kafil sifatida ish yurituvchi shaxs yoki ushbu soliq toʻlovchining ushbu moddaning toʻrtinchi
qismida koʻrsatilgan qarzini toʻlashni taʼminlash yuzasidan majburiyatni boshqacha tarzda oʻz
zimmasiga oladigan boshqa shaxs oldidagi qarz.
(4-q.)
Nazorat qilinadigan qarz soliq davridagi quyidagi qarzlarning jami summalarini oʻz
ichiga oladi:
qarz mablagʻlari boʻyicha;
javobgarlikning boshqa choralari qoʻllanilganligi natijasida, shu jumladan shartnoma
majburiyatlarini buzganlik uchun zararlarning oʻrni qoplanishi natijasida toʻlanishi lozim boʻlgan
neustoykalar (jarimalar, penyalar) summalari boʻyicha.
(5-q.)
Ushbu moddaning toʻrtinchi qismi maqsadlari uchun soliq davrida mavjud boʻlgan
qarz deganda, qaysi xoʻjalik operatsiyasi natijasida joriy hisobot (soliq) davrida qarz yuzaga
keladigan yoki koʻpayadigan boʻlsa, oʻsha har bir xoʻjalik operatsiyasining qiymat koʻrsatkichlari
summasi, shuningdek joriy hisobot (soliq) davrining boshida toʻlanmagan
qarzning summasi
tushuniladi.
(6-q.)
Agar ushbu moddaning uchinchi qismida koʻrsatilgan chet ellik shaxs yoki boshqa
shaxslar oldidagi nazorat qilinadigan qarz miqdori soliq toʻlovchining xususiy kapitalidan uch
baravardan ortiq boʻlsa, faqat lizing faoliyati bilan shugʻullanuvchi banklar va soliq toʻlovchilar
uchun esa oʻn uch baravardan ortiq boʻlsa, xarajatlarning chegirib tashlanishi lozim boʻlgan eng
koʻp miqdorini aniqlashda ushbu moddaning yettinchi - toʻqqizinchi
qismlarida belgilangan
qoidalar qoʻllaniladi.
(7-q.)
Soliq toʻlovchi nazorat qilinadigan qarzning har bir turi boʻyicha eng koʻp summalarni
har bir hisobot (soliq) davrining oxirgi sanasida hisoblab chiqarishi shart. Hisob-kitob nazorat
qilinadigan qarz boʻyicha ayrim chiqimlarning (xarajatlarning) soliq davri boshlanganidan
eʼtiboran oʻsib boruvchi yakun bilan aniqlangan summasini tegishli hisobot (soliq)
davrining
oxirgi sanasida hisob-kitob qilinadigan kapitallashtirish koeffitsiyentiga boʻlish yoʻli bilan amalga
oshiriladi.
(8-q.)
Ushbu moddaning yettinchi qismida koʻrsatilgan kapitallashtirish koeffitsiyenti
tegishli nazorat qilinadigan, toʻlanmagan qarz miqdorini ushbu chet
el tashkilotining soliq
toʻlovchi ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) bevosita yoki bilvosita ishtirok etishi ulushiga
muvofiq boʻlgan xususiy kapital miqdoriga boʻlish hamda olingan natijani uchga, banklar va faqat
lizing faoliyati bilan shugʻullanuvchi soliq toʻlovchilar uchun esa oʻn uchga boʻlish yoʻli bilan
aniqlanadi.
(9-q.)
Xususiy kapital miqdorini aniqlashda soliq toʻlovchining aktivlari summasi va
majburiyatlari miqdori (soliqlar va yigʻimlar boʻyicha qarz summalari, shu jumladan ular boʻyicha
kechiktirish va boʻlib-boʻlib toʻlash summalari hisobga olinmaydi) tegishli hisobot (soliq)
davrining oxirgi kunidagi buxgalteriya hisobi maʼlumotlari asosida aniqlanadi.
(10-q.)
Nazorat qilinadigan qarzning har bir turi boʻyicha
ushbu moddaning oltinchi -
toʻqqizinchi qismlariga muvofiq hisob-kitob qilingan, biroq haqiqatda hisoblangan xarajatlardan
koʻp boʻlmagan summalar xarajatlar jumlasiga kiritiladi.