• 314-modda. Qoʻshilgan qiymat soligʻiga doir xarajatlar
  • -modda. Umidsiz qarzlar boʻyicha xarajatlar




    Download 2,93 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet229/352
    Sana21.05.2024
    Hajmi2,93 Mb.
    #248757
    1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   352
    Bog'liq
    soliq kodeksi 2023

    313-modda. Umidsiz qarzlar boʻyicha xarajatlar 
    (1-q.)
    Ushbu modda maqsadlarida, sudning qaroriga koʻra, bankrotlik, tugatish, qarzdor 
    vafot etganligi tufayli majburiyatlar tugatilganligi oqibatida yoki daʼvo muddati oʻtganligi 
    oqibatida toʻlanishi mumkin boʻlmagan qarz umidsiz qarz deb eʼtirof etiladi. 
    (2-q.)
    Soliq toʻlovchi oldingi hisobot (soliq) davrlarida soliq solinadigan daromadlar olish 
    bilan bogʻliq boʻlgan umidsiz qarzlarni chegirib tashlashga haqli.
    (3-q.)
    Umidsiz qarzlarni chegirib tashlashga faqat qarz hisobdan chiqarilgan va soliq 
    toʻlovchining buxgalteriya hisobotida aks ettirilgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi. 
    314-modda. Qoʻshilgan qiymat soligʻiga doir xarajatlar 
    (1-q.)
    Agar ushbu moddada boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, sotib olingan 
    tovarlarning (xizmatlarning) qiymatida qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha quyidagi chiqimlar 
    hisobga olinadi: 
    1) ushbu Kodeksning 267-moddasida nazarda tutilgan tartibda hisobga olinmaydigan 
    qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi; 
    2) ushbu Kodeks 268-moddasining oltinchi qismida nazarda tutilgan tartibda qoʻshilgan 
    qiymat soligʻi summasi; 
    3) ushbu Kodeksning 270-moddasida koʻrsatilgan holda qoʻshilgan qiymat soligʻiga tuzatish 
    kiritish summasi. 
    (2-q.)
    Qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchisi hisobga olinmaydigan qoʻshilgan qiymat soligʻi 
    summasini quyidagi hollarda xarajatlar jumlasiga kiritishga haqli: 
    1) ushbu Kodeks 268-moddasining beshinchi qismiga muvofiq mutanosib usulni qoʻllashda; 
    2) agar soliqning tuzatish kiritish summasini bunday tuzatish amalga oshirilayotgan sotib 
    olingan tovarlarning (xizmatlarning) qiymatiga kiritish mumkin boʻlmasa, qoʻshilgan qiymat 
    soligʻiga ushbu Kodeksning 269 va 270-moddalariga muvofiq tuzatish kiritishda; 
    3) ushbu Kodeksning 271-moddasida nazarda tutilgan tartibda qoʻshilgan qiymat soligʻiga 
    tuzatish kiritishda. 

    Download 2,93 Mb.
    1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   352




    Download 2,93 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Umidsiz qarzlar boʻyicha xarajatlar

    Download 2,93 Mb.
    Pdf ko'rish