(5-q.)
Uyushgan bozorda muomalada boʻlgan muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga
doir operatsiyalar boʻyicha soliq bazasi va uyushgan bozorda muomalada boʻlmagan muddatli
bitimlarning moliyaviy vositalariga doir operatsiyalar boʻyicha soliq
bazasi alohida hisoblab
chiqariladi.
(6-q.)
Uyushgan bozorda muomalada boʻlgan muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga
doir operatsiyalar boʻyicha soliq bazasi hisobot (soliq) davrida olinishi kerak boʻlgan barcha asos
aktivlar bilan tuzilgan mazkur bitimlarga doir daromadlarning summalari va hisobot (soliq)
yilidagi barcha asos aktivlar boʻyicha xarajatlarning summalari oʻrtasidagi farq sifatida aniqlanadi.
Salbiy farq, tegishincha, shunday operatsiyalardan koʻrilgan zarar deb eʼtirof etiladi.
(7-q.)
Uyushgan bozorda muomalada boʻlgan muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga
doir operatsiyalar boʻyicha zararlar ushbu moddaning sakkizinchi qismiga muvofiq aniqlanadigan
soliq bazasini kamaytirmaydi.
(8-q.)
Uyushgan bozorda muomalada boʻlmagan muddatli bitimlarning moliyaviy
vositalariga doir operatsiyalar boʻyicha soliq bazasi barcha asos aktivlar bilan mazkur
operatsiyalarga doir daromadlar va hisobot (soliq) davridagi barcha bazis
aktivlar bilan mazkur
operatsiyalarga doir xarajatlar oʻrtasidagi farq sifatida aniqlanadi. Salbiy farq, tegishincha, bunday
operatsiyalardan olingan zararlar deb eʼtirof etiladi.
(9-q.)
Uyushgan bozorda muomalada boʻlmagan muddatli bitimlarning moliyaviy
vositalariga doir operatsiyalar boʻyicha zararlar ushbu moddaning oltinchi qismiga muvofiq
aniqlanadigan soliq bazasini kamaytirmaydi.
(10-q.)
Uyushgan bozorda muomalada boʻlmagan muddatli bitimlarning moliyaviy
vositalariga doir operatsiyalar boʻyicha zararlar uyushgan bozorda muomalada boʻlmagan
muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga doir operatsiyalar boʻyicha keyingi soliq davrlarida
yuzaga keladigan soliq bazasini ushbu boʻlimda belgilangan tartibda
kamaytirish jumlasiga
kiritilishi mumkin.
(11-q.)
Uyushgan bozorda muomalada boʻlgan muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga
nisbatan bitimning haqiqiy narxi, agar bitimning haqiqiy narxi bitimni tuzish sanasida savdo
tashkilotchisi tomonidan roʻyxatga olingan mazkur vositaga doir tuzilgan bitimlarning eng yuqori
va eng past narxi oʻrtasidagi oraliqda (narxlar oraligʻida) boʻlsa, soliq solish maqsadlarida bozor
narxi deb eʼtirof etiladi. Agar ayni bir muddatli bitimlarning moliyaviy vositasi boʻyicha bitimlar
ikki va undan ortiq savdo tashkilotchisi tomonidan amalga oshirilgan boʻlsa, muddatli bitimlarning
ishtirokchisi narxlar oraligʻidan bitimning haqiqiy narxini soliq solish maqsadlarida eʼtirof etish
uchun foydalanadigan, roʻyxatdan oʻtkazilgan savdo tashkilotchisini mustaqil ravishda tanlashga
haqli. Savdo tashkilotchisida tegishli bitimni tuzish sanasidagi narxlar oraligʻi toʻgʻrisidagi
axborot mavjud boʻlmagan taqdirda, koʻrsatilgan maqsadlar uchun savdo tashkilotchisining oxirgi
uch oy ichida boʻlib oʻtgan eng yaqin savdolar sanasidagi narxlar oraligʻi toʻgʻrisidagi
maʼlumotlardan foydalanadi.
(12-q.)
Uyushgan bozorda muomalada boʻlmagan muddatli bitim moliyaviy vositasini
realizatsiya qilishning (sotib olishning) haqiqiy narxi, agar ushbu narx mazkur muddatli bitimlar
moliyaviy vositasining muddatli bitimni tuzish sanasidagi hisob-kitob
qiymatidan oshish
(pasayish) tarafga koʻpi bilan 20 foiz farq qilsa, soliq solish maqsadlari uchun bozor narxi deb
eʼtirof etiladi.
(13-q.)
Muddatli bitimlar moliyaviy vositalari tegishli turlarining hisob-kitob qiymatini
aniqlash tartibi qimmatli qogʻozlar bozori boʻyicha vakolatli organ tomonidan Oʻzbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
(14-q.)
Agar uyushgan bozorda muomalada boʻlmagan muddatli bitim moliyaviy vositasini
realizatsiya qilishning (sotib olishning) haqiqiy narxi mazkur muddatli bitimlar moliyaviy
vositasining hisob-kitob qiymatidan oshish (pasayish) tarafga koʻpi bilan 20 foiz farq qilsa, soliq
toʻlovchining daromadlari (xarajatlari) 20 foiz oshirilgan (kamaytirilgan) hisob-kitob qiymatidan
kelib chiqqan holda aniqlanadi.
(15-q.)
Svop-kontraktdagi majburiyatlar (talablar) boʻyicha olingan daromadlar va koʻrilgan
zararlar muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga doir operatsiyalar boʻyicha tegishli soliq
bazasini aniqlashda hisobga olinadi.