• 332-modda. Daromadlar va xarajatlarga tuzatish kiritish
  • -BOB. SOLIQ BAZASIGA TUZATISH KIRITISH




    Download 2,93 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet245/352
    Sana21.05.2024
    Hajmi2,93 Mb.
    #248757
    1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   352
    Bog'liq
    soliq kodeksi 2023

    46-BOB. SOLIQ BAZASIGA TUZATISH KIRITISH 
    332-modda. Daromadlar va xarajatlarga tuzatish kiritish 
    333-modda. Zararlarni kelgusiga oʻtkazish 
    334-modda. Qayta tashkil etilganda zararlarni oʻtkazish 
    335-modda. Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan 
    guruhi boʻyicha zararlarni oʻtkazish 
    336-modda. Operatsiyalarning ayrim turlari boʻyicha 
    zararlarni oʻtkazishning oʻziga xos xususiyatlari 
    332-modda. Daromadlar va xarajatlarga tuzatish kiritish 
    (1-q.)
    Hisobot soliq davridagi daromad (xarajatlar) miqdorining soliq bazasini aniqlashda 
    ilgari daromad (xarajat) deb eʼtirof etilgan summa doirasida koʻpayishi yoki kamayishi tuzatish 
    kiritish deb eʼtirof etiladi. 
    (2-q.)
    Daromadlar va xarajatlarga quyidagi hollarda tuzatish kiritilishi lozim: 
    1) tovarlar, shuningdek sugʻurtalanuvchiga sugʻurta mukofoti toʻliq yoki qisman 
    qaytarilganda; 
    2) bitim shartlari oʻzgartirilganda; 
    3) narxlar oʻzgartirilganda, sotib oluvchi tomonidan chegirmadan foydalanilganda
    4) koʻrsatilgan xizmatlardan voz kechilganda. 
    (3-q.)
    Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan daromadlar va xarajatlarga 
    tuzatish kiritish quyidagicha amalga oshiriladi: 
    kafolat muddati belgilangan tovarlar (xizmatlar) boʻyicha - kafolat muddati doirasida
    sugʻurta mukofotlari boʻyicha - shartnomani bekor qilish paytida; 
    boshqa hollarda - bir yillik muddat doirasida. 
    (4-q.)
    Ushbu moddaga muvofiq daromadlar va xarajatlarga tuzatish kiritish mazkur 
    moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan hollar yuzaga kelganligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida 
    amalga oshiriladi. Bunda tovarni (xizmatni) sotuvchi ushbu Kodeksning 257-moddasida nazarda 
    tutilgan tartibda tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadga tuzatish kiritadi.
    (5-q.)
    Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollarda daromadlar va 
    xarajatlarga tuzatish kiritish mazkur hollar sodir boʻlgan soliq davrida amalga oshiriladi. 
    (6-q.)
    Daromadlar va xarajatlarga tuzatish kiritish soliq toʻlovchi soliq solishning 
    umumbelgilangan tartibiga oʻtgan taqdirda ham amalga oshiriladi, bundan tuzatish kiritilayotgan 
    daromadlar boʻyicha soliq imtiyozlarini qoʻllash hollari mustasno. 

    Download 2,93 Mb.
    1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   352




    Download 2,93 Mb.
    Pdf ko'rish