(3-q.)
Soliq summasi ushlab qolinmagan taqdirda, soliq agenti ushlab qolinmagan summani
va u bilan bogʻliq penyani ushbu Kodeksga muvofiq budjetga oʻtkazishi shart.
(4-q.)
Soliq agentlari jismoniy shaxsning talabiga binoan unga daromadlarining summalari
va turlari haqida, shuningdek jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining ushlab
qolingan summasi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan shaklda
maʼlumotnoma berishi shart.
387-modda. Soliq agentlarida soliq solinadigan daromadlar
(1-q.)
Soliq agentida soliq solinadigan daromadlarga quyidagilar kiradi:
1) ushbu Kodeksning 371-moddasiga muvofiq jismoniy shaxslarning mehnatga haq toʻlash
tarzidagi daromadlari;
2) ushbu Kodeksning 376-moddasiga muvofiq moddiy naf tarzidagi daromadlar;
3) ushbu Kodeksning 375-moddasiga muvofiq mulkiy daromadlar;
4) ushbu Kodeksning 377-moddasiga muvofiq boshqa daromadlar.
(2-q.)
Oʻzi bilan mehnatga oid munosabatlarda boʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasining
rezidenti boʻlgan jismoniy shaxsga moddiy naf tarzida daromad toʻlovchi soliq agenti jismoniy
shaxsning yozma arizasi asosida soliqni ushlab qolmaslikka haqli. Bunda soliq toʻlovchi moddiy
naf tarzidagi daromad boʻyicha ushbu Kodeksning 393-moddasiga muvofiq soliqni toʻlashi shart.