(2-q.)
Deklaratsiya qilinishi shart boʻlmagan daromadlarni olgan soliq toʻlovchilar doimiy
yashash joyidagi soliq organiga jami yillik daromadi toʻgʻrisidagi deklaratsiyani ixtiyoriy ravishda
taqdim etishi mumkin.
(3-q.)
Har qanday ketma-ketlikdagi oʻn ikki oylik davr ichida jami bir yuz sakson uch kun
va undan ortiq muddat Oʻzbekiston Respublikasining tashqarisida turgan Oʻzbekiston
Respublikasining fuqarolari Oʻzbekiston Respublikasiga qaytgan sanadan eʼtiboran bir oydan
kechiktirmay doimiy yashash joyidagi soliq organiga Oʻzbekiston
Respublikasidagi va uning
tashqarisidagi manbalardan olgan daromadlari boʻyicha jami yillik daromadi toʻgʻrisidagi
deklaratsiyani ixtiyoriy ravishda taqdim etishi mumkin. Bunda Oʻzbekiston Respublikasidan
tashqarida olingan daromadlar boʻyicha jismoniy shaxs Oʻzbekiston Respublikasining soliq
rezidenti deb eʼtirof etish mezonlariga muvofiq kelmagan davr uchun soliq toʻlanmaydi.
(4-q.)
Grant olgan soliq toʻlovchi jami yillik daromadi toʻgʻrisidagi deklaratsiyani
topshirayotganda grant boʻyicha
olingan daromad summasini, soliq miqdorini koʻrsatadi,
shuningdek vakolatli organning tegishli xulosasini ilova qiladi.
(5-q.)
Mol-mulkini ijaraga berishdan toʻlov manbaida soliq solinmaydigan daromadlar
olayotgan soliq toʻlovchilar, shuningdek ushbu Kodeks 385-moddasining uchinchi qismida
koʻrsatilgan va jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiya asosida soliq toʻlaydigan jismoniy
shaxslar jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiyani belgilangan
muddatlarda taqdim etish
bilan bir qatorda dastlabki tarzdagi deklaratsiyani ham quyidagi muddatlarda taqdim etadi:
1) mol-mulkni ijaraga berishdan daromad oladigan soliq toʻlovchilar - ijaradan daromadlar
paydo boʻlgan kundan eʼtiboran birinchi oy tugaganidan keyin besh kun muddatda;
2) ushbu Kodeks 385-moddasining uchinchi qismida koʻrsatilgan, jami yillik daromad
toʻgʻrisidagi deklaratsiya asosida soliqni toʻlaydigan jismoniy shaxslar - joriy yilning 1-fevralidan
kechiktirmay. Yangi roʻyxatdan oʻtgan tadbirkorlik subyektlari - tadbirkorlik
subyekti davlat
roʻyxatidan oʻtkazilgan oyning oxiriga qadar dastlabki deklaratsiyani taqdim etadi.
(6-q.)
Koʻchmas mulkning ijara shartnomasi soliq organlarida hisobga qoʻyilayotganda
dastlabki deklaratsiya taqdim etilmaydi.
(7-q.)
Mol-mulkni ijaraga berishdan daromad olish tugagan taqdirda soliq toʻlovchi doimiy
yashash joyidagi soliq organini bu haqda yozma shaklda xabardor etadi.
(8-q.)
Joriy yilning 1-apreliga qadar Oʻzbekiston Respublikasining rezidentiga aylangan chet
ellik jismoniy shaxs oldingi soliq davri uchun jami yillik daromadi toʻgʻrisida deklaratsiya
topshiradi.
(9-q.)
Oʻzbekiston Respublikasining rezidenti boʻlgan chet ellik jismoniy shaxs ushbu bobda
belgilangan tartibga muvofiq soliq solinishi lozim boʻlgan daromad keltirayotgan faoliyatini
kalendar yili ichida tugatgan va Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga chiqib ketayotgan
boʻlsa, uning Oʻzbekiston Respublikasi hududida turgan davrda joriy
soliq davrida haqiqatda
olgan daromadlari toʻgʻrisidagi deklaratsiya bu jismoniy shaxs Oʻzbekiston Respublikasi
hududidan tashqariga chiqib ketishidan bir oy avval taqdim etilishi lozim. Agar Oʻzbekiston
Respublikasining norezidenti boʻlgan chet ellik jismoniy shaxs joriy yilning 1-fevraliga qadar chet
elga doimiy yashashga chiqib ketsa, joriy yil uchun daromadlar boʻyicha
deklaratsiya taqdim
etilmaydi.
(10-q.)
Jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiya boʻyicha hisoblangan va taqdim etish
tartibi ushbu moddaning toʻqqizinchi qismida belgilangan soliqni toʻlash deklaratsiya taqdim
etilgan sanadan eʼtiboran oʻn besh kun ichida amalga oshiriladi.
(11-q.)
Agar soliq toʻlovchi jami yillik daromadi toʻgʻrisidagi deklaratsiyani taqdim etmagan
boʻlsa, shuningdek oldin taqdim etilgan deklaratsiyada notoʻgʻri maʼlumotlar aniqlangan va (yoki)
soliq toʻlovchi tomonidan jami yillik daromadi toʻgʻrisidagi deklaratsiyaning oʻzgarganligi
haqidagi arizani ushbu Kodeks 396-moddasining oltinchi qismida belgilangan muddatlarda taqdim
etmagan taqdirda, soliq organi soliq summasini oʻzidagi mavjud axborot asosida hisoblashga va
toʻlanishi lozim boʻlgan, hisoblangan soliq summasi toʻgʻrisida soliq toʻlovchiga oʻn kunlik
muddatda toʻlov xabarnomasini topshirishga haqli. Soliq toʻlovchi tomonidan jami yillik daromadi
toʻgʻrisidagi deklaratsiya yoki toʻgʻrilangan deklaratsiya
taqdim etilgan taqdirda, soliqning
yakuniy summasi ushbu deklaratsiyani hisobga olgan holda aniqlanadi.