• XIV BOʻLIM. IJTIMOIY SOLIQ
  • 402-modda. Soliq toʻlovchilar
  • 403-modda. Soliq solish obyekti
  • -modda. Norezidentning daromadlaridan ushlab




    Download 2,93 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet293/352
    Sana21.05.2024
    Hajmi2,93 Mb.
    #248757
    1   ...   289   290   291   292   293   294   295   296   ...   352
    Bog'liq
    soliq kodeksi 2023

    401-modda. Norezidentning daromadlaridan ushlab 
    qolingan soliqni qaytarish tartibi 
    Oʻzbekiston Respublikasining tegishli xalqaro shartnomasi qoʻllanishi huquqiga ega boʻlgan 
    norezident jismoniy shaxs tomonidan Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan 
    daromadlardan soliq ushlab qolingan va budjetga toʻlangan taqdirda, bunday norezident ushbu 
    Kodeksning 12-bobida nazarda tutilgan tartibda toʻlangan soliqni qaytarib olish huquqiga ega. 
    XIV BOʻLIM. 
    IJTIMOIY SOLIQ 
    58-bob. Ijtimoiy soliqni hisoblab 
    chiqarish va toʻlash (402 - 409-moddalar) 


    58-BOB. IJTIMOIY SOLIQNI HISOBLAB 
    CHIQARISH VA TOʻLASH 
    402-modda. Soliq toʻlovchilar 
    403-modda. Soliq solish obyekti 
    404-modda. Soliq bazasi 
    405-modda. Soliq stavkalari 
    406-modda. Soliq davri. Hisobot davri 
    407-modda. Soliqni hisoblab chiqarish, soliq 
    hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlash tartibi 
    408-modda. Ayrim toifadagi jismoniy shaxslar 
    tomonidan soliqni hisoblab chiqarish va 
    toʻlashning oʻziga xos xususiyatlari 
    409-modda. Ixtiyoriy ravishda soliqni hisoblab 
    chiqarish va toʻlashning oʻziga xos xususiyatlari 
    402-modda. Soliq toʻlovchilar 
    Ijtimoiy soliqni soliq toʻlovchilari (bundan buyon ushbu boʻlimda soliq toʻlovchilar deb 
    yuritiladi) deb quyidagilar eʼtirof etiladi: 
    Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxslari; 
    Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi 
    Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar, chet el yuridik shaxslarining 
    vakolatxonalari va filiallari; 
    ushbu Kodeksning 408 va 409-moddalarida nazarda tutilgan tartibga muvofiq ijtimoiy soliq 
    toʻlaydigan jismoniy shaxslarning ayrim toifalari. 
    403-modda. Soliq solish obyekti 
    (1-q.)
    Ish beruvchining xodimlar mehnatiga haq toʻlashga doir xarajatlari ijtimoiy soliqning 
    (bundan buyon ushbu boʻlimda soliq deb yuritiladi) soliq solish obyektidir. 
    (2-q.)
    Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlash uchun chet ellik xodimlar bilan taʼminlash 
    yuzasidan xizmatlar koʻrsatishga doir shartnomalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi 
    norezidenti boʻlgan yuridik shaxsga toʻlanadigan chet ellik xodimlarning daromadlari ham soliq 
    solish obyektidir.
    (3-q.)
    Jismoniy shaxslarning ayrim toifalari uchun ular tomonidan tadbirkorlik faoliyatini va 
    (yoki) yakka tartibdagi mehnat faoliyatini amalga oshirish soliq solish obyektidir. 
    (4-q.)
    Quyidagilar soliq solish obyekti hisoblanmaydi: 
    ish beruvchining xodimga mehnatda mayib boʻlganligi yoki sogʻligiga boshqacha shikast 
    yetganligi bilan bogʻliq zararning oʻrnini qoplash tarzidagi, ushbu Kodeks 369-moddasi ikkinchi 
    qismining 10-bandida koʻrsatilgan miqdorlardan ortiqcha xarajatlari; 
    paxta yigʻim-terimi boʻyicha mavsumiy qishloq xoʻjaligi ishlariga jalb qilingan jismoniy 
    shaxslarning bu ishlarni bajarganligi uchun mehnat haqi toʻlashga doir xarajatlar. 



    Download 2,93 Mb.
    1   ...   289   290   291   292   293   294   295   296   ...   352




    Download 2,93 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Norezidentning daromadlaridan ushlab

    Download 2,93 Mb.
    Pdf ko'rish