• 400-modda. Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining daromadlariga soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari
  • -modda. Rezidentlar tomonidan Oʻzbekiston




    Download 2,93 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet292/352
    Sana21.05.2024
    Hajmi2,93 Mb.
    #248757
    1   ...   288   289   290   291   292   293   294   295   ...   352
    Bog'liq
    soliq kodeksi 2023

    399-modda. Rezidentlar tomonidan Oʻzbekiston 
    Respublikasi hududidan tashqarida toʻlangan 
    soliqni hisobga olish 
    (1-q.)
    Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida toʻlangan, Oʻzbekiston Respublikasining 
    rezidenti boʻlgan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi summalari Oʻzbekiston 
    Respublikasida soliq toʻlashda ushbu Kodeksning 342-moddasida nazarda tutilgan tartibda 
    hisobga olinadi. 


    (2-q.)
    Soliqni hisobga olish soliq davri yakuni boʻyicha jismoniy shaxs tomonidan taqdim 
    etilgan jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiya asosida amalga oshiriladi. 
    400-modda. Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining 
    daromadlariga soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari 
    (1-q.)
    Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti boʻlgan jismoniy shaxslarning 
    daromadlariga soliq solish toʻlov manbaida toʻlovlar Oʻzbekiston Respublikasining ichkarisida 
    yoki tashqarisida qilinganligidan qatʼi nazar amalga oshiriladi.
    (2-q.)
    Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti boʻlgan jismoniy shaxslarning 
    daromadlariga Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini hisobga olgan holda soliq 
    solinadi, bundan soliqni undirish oʻzarolik prinsipi boʻyicha tugatilishi yoki cheklanishi mumkin 
    boʻlgan hollar mustasno. 
    (3-q.)
    Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti boʻlgan jismoniy shaxsga daromadlarni 
    toʻlash toʻlov manbaida soliqni ushlab qolmasdan yoki ushbu Kodeksning 6-moddasiga muvofiq 
    ikkiyoqlama soliq solishga yoʻl qoʻymaslik masalalarini tartibga soluvchi Oʻzbekiston 
    Respublikasining xalqaro shartnomasi qoidalariga va xalqaro shartnomalar boʻyicha soliqlarni 
    toʻlashdan boʻyin tovlashning oldini olishga doir maxsus qoidalarga muvofiq pasaytirilgan 
    stavkani qoʻllagan holda amalga oshiriladi. 
    (4-q.)
    Soliq summasi ushlab qolinmaganligi yoki Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro 
    shartnomasining qoidalari gʻayriqonuniy tarzda qoʻllanilishi mazkur soliq ushlab qolinmasligiga 
    yoki toʻliq ushlab qolinmasligiga sabab boʻlgan taqdirda, Kodeksning ushbu boʻlimiga muvofiq 
    soliq agenti deb eʼtirof etilgan shaxslar tomonidan ushlab qolinmagan soliq summasini va u bilan 
    bogʻliq penya summasini qonunchilikka muvofiq budjetga kiritilishi shart. 
    (OʻzR 21.04.2021-y. 
    OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) 
    (5-q.)
    Ushbu Kodeksning qoidalariga muvofiq soliq agenti tomonidan Oʻzbekiston 
    Respublikasining norezidenti daromadlaridan hisoblab chiqarilgan soliq summasi undan 
    ushlanmasdan oʻz mablagʻlari hisobidan toʻlanganda, soliq agentining soliqni toʻlov manbaidan 
    ushlab qolish va koʻchirib berish majburiyati bajarilgan hisoblanadi.

    Download 2,93 Mb.
    1   ...   288   289   290   291   292   293   294   295   ...   352




    Download 2,93 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Rezidentlar tomonidan Oʻzbekiston

    Download 2,93 Mb.
    Pdf ko'rish