(1-q.)
Ushbu Kodeks 385-moddasining uchinchi qismida koʻrsatilgan, qatʼiy belgilangan
miqdorda soliq toʻlash xohishini bildirgan soliq toʻlovchi soliqni har oyda, tadbirkorlik
faoliyati
amalga oshirilgan oyning oʻn beshinchi sanasidan kechiktirmay, qonun hujjatlarida belgilangan
miqdorlarda toʻlaydi.
(2-q.)
Soliq toʻlovchi qatʼiy belgilangan miqdorda soliq toʻlashni
u tadbirkorlik subyekti
sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan oydan yoki yakka tartibdagi tadbirkor yoxud oilaviy
tadbirkorlik subyekti bilan mehnat shartnomasi tuzilgan oydan keyingi oydan eʼtiboran amalga
oshiradi.
(3-q.)
Bir nechta faoliyat turi bilan shugʻullanayotgan soliq toʻlovchilar har bir faoliyat turi
boʻyicha qatʼiy belgilangan
miqdorda soliqni alohida, shu faoliyat turi uchun belgilangan
miqdorda toʻlaydi.
(4-q.)
Qatʼiy belgilangan miqdorda soliq toʻlash qoʻllaniladigan faoliyatdan olinadigan
daromadlar bilan birga boshqa daromadlar oluvchi soliq toʻlovchilar bu daromad turlari boʻyicha
alohida hisob yuritishi shart va bu daromadlar boʻyicha jami yillik daromadlar toʻgʻrisidagi
deklaratsiya asosida, ushbu Kodeksning 397-moddasida
nazarda tutilgan tartibda, ushbu
Kodeksning 381-moddasida belgilangan stavkalar boʻyicha soliq toʻlaydi.
(5-q.)
Agar yakka tartibdagi tadbirkor (oilaviy tadbirkorlik subyekti) oʻz faoliyatini
muayyan muddatga toʻxtatsa, u oʻz faoliyatini toʻxtatguniga qadar
tadbirkorlik subyektini
roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga faoliyatni vaqtinchalik toʻxtatish toʻgʻrisida ariza berish bilan bir
vaqtning oʻzida davlat roʻyxatidan oʻtganlik haqidagi guvohnomani topshiradi. Bunda xodimlarni
yollagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkor (oilaviy
tadbirkorlik subyekti) har bir yollangan xodimga belgilangan tartibda berilgan hisobga olish
kartochkalarini ham belgilangan muddatlarda soliq hisobida turgan
joyidagi soliq organiga
topshiradi.
(6-q.)
Yakka tartibdagi tadbirkorning (oilaviy tadbirkorlik subyektining) faoliyati vaqtincha
toʻxtatilganligi yoki qayta tiklanganligi toʻgʻrisidagi arizani olgan tadbirkorlik subyektini davlat
roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organ navbatdagi ish kuni tugaguniga qadar soliq
hisobida turgan joyidagi soliq organlariga yakka tartibdagi tadbirkorning (oilaviy tadbirkorlik
subyektining) faoliyati vaqtincha toʻxtatilganligi yoki qayta tiklanganligi toʻgʻrisida Oʻzbekiston
Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi tomonidan
tasdiqlanadigan shaklda axborot taqdim etadi.
(7-q.)
Qatʼiy belgilangan miqdorda soliq toʻlashni toʻxtatib turish uchun quyidagilar asos
boʻladi:
1) soliq organlari tomonidan olingan tadbirkorlik subyektini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni
amalga oshiruvchi organning yakka tartibdagi tadbirkorning (oilaviy tadbirkorlik subyektining)
faoliyati vaqtinchalik toʻxtatilganligi toʻgʻrisidagi axborot;
2) soliq organlari tomonidan olingan yakka tartibdagi tadbirkorning har bir yollangan
xodimga berilgan hisobga olish kartochkalari.
(8-q.)
Qatʼiy belgilangan miqdorda soliq toʻlash xohishini bildirgan soliq toʻlovchilar
daromadlarni va xarajatlarni hisobga olish registrlarida daromadlarni olish bilan bogʻliq boʻlgan
daromadlar va xarajatlar hisobini yuritishi shart.
(9-q.)
Daromadlarni va xarajatlarni hisobga olish registrlari quyidagilardir:
1) Yakka tartibdagi tadbirkorning (oilaviy tadbirkorlik subyektining)
daromadlarini va
xarajatlarini hisobga olish kitobi;
2) Tovar cheklari kitobi.
(10-q.)
Daromadlarni va xarajatlarni hisobga olish registrlarining shakli Oʻzbekiston
Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi.
(11-q.)
Daromadlarni va xarajatlarni hisobga olish registrlari yakka tartibdagi tadbirkorni
(oilaviy tadbirkorlik subyektini) soliq hisobida turgan joyidagi soliq organlari tomonidan yakka
tartibdagi tadbirkorning (oilaviy tadbirkorlik subyektining) arizasi asosida roʻyxatdan oʻtkaziladi.
(12-q.)
Yakka tartibdagi tadbirkorning (oilaviy tadbirkorlik subyektining) faoliyati
toʻgʻrisidagi hisobotlar soliq hisobida turgan joyidagi soliq organlariga yilning har bir choragi
yakunlari boʻyicha, hisobot choragidan keyingi oyning oʻninchi kunidan kechiktirmay taqdim
etiladi.