• 435-modda. Soliq bazasi
  • Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining




    Download 2,93 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet312/352
    Sana21.05.2024
    Hajmi2,93 Mb.
    #248757
    1   ...   308   309   310   311   312   313   314   315   ...   352
    Bog'liq
    soliq kodeksi 2023

    434-modda. Soliq solish obyekti 
    (1-q.)
    Quyidagi yer uchastkalari jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻining (bundan 
    buyon ushbu bobda soliq deb yuritiladi) soliq solish obyektidir: 
    1) jismoniy shaxslarga qishloq xoʻjaligi maqsadlari uchun, shuningdek dehqon xoʻjaligini 
    yuritish uchun belgilangan tartibda berilgan yer uchastkalari
    (OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son 
    Qonuni tahriridagi band) (Oldingi tahririga qarang) 
    2) yakka tartibda uy-joy qurilishi uchun belgilangan tartibda berilgan yer uchastkalari
    (OʻzR 06.06.2022-y. OʻRQ-775-son Qonuni tahriridagi band) 
    3) jamoa bogʻdorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun berilgan, shuningdek 
    yakka tartibdagi va jamoa garajlari egallagan yer uchastkalari; 
    (OʻzR 30.12.2020-y. OʻRQ-659-
    son Qonuni tahriridagi band) (Oldingi tahririga qarang) 
    4) xizmat yuzasidan berilgan chek yerlar;
    5) meros boʻyicha, hadya qilinishi yoki sotib olinishi natijasida uy-joy va imoratlar bilan 
    birgalikda mulk huquqi, egalik qilish va foydalanish huquqi ham oʻtgan yer uchastkalari; 
    6) qonunchilikda belgilangan tartibda mulk qilib sotib olingan yer uchastkalari; 
    (OʻzR 
    21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band) 
    7) tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun foydalanishga yoki ijaraga berilgan yer 
    uchastkalari. 
    (2-q.)
    Koʻp kvartirali uylar egallagan yer uchastkalari soliq solish obyekti boʻlmaydi, 
    bundan ushbu modda birinchi qismining 7-bandida koʻrsatilganlar va koʻp kvartirali uylarda 
    joylashgan yashash uchun moʻljallanmagan koʻchmas mulk obyektlari mustasno. 
    435-modda. Soliq bazasi 
    (1-q.)
    Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga 
    oshiruvchi organning maʼlumotlari boʻyicha yer uchastkalarining maydoni soliq bazasidir. 


    (2-q.)
    Jismoniy shaxslarga berilgan, shuningdek dehqon xoʻjaligini yuritish uchun berilgan 
    qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar boʻyicha soliq bazasi ushbu Kodeks 428-moddasining 
    ikkinchi qismiga muvofiq soliq solinmaydigan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari 
    chegirib tashlangan holda, yer uchastkalarining qonunchilikka muvofiq aniqlangan normativ 
    qiymatidir. Bunda yer uchastkalarining normativ qiymati tegishincha tumanning (shaharning) 
    sugʻoriladigan yoki sugʻorilmaydigan yerlari uchun oʻrtacha hisobda aniqlanadi. 
    (OʻzR 
    30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang) 
    OʻzR 30.12.2020-y. OʻRQ-659-son Qonuniga muvofiq ikkinchi va uchinchi qismlari 
    uchinchi va toʻrtinchi qismlar deb hisoblansin 
    (3-q.)
    Jamoa bogʻdorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun fuqarolarga 
    berilgan, shuningdek yakka tartibdagi va jamoa garajlari egallagan yer uchastkalari boʻyicha soliq 
    bazasi ushbu yer uchastkalarini bergan tashkilotlar boshqaruv organlarining maʼlumotlari boʻyicha 
    aniqlanadi. 
    (OʻzR 30.12.2020-y. OʻRQ-659-son Qonuni tahriridagi qism) 
    (4-q.)
    Xizmat yuzasidan berilgan chek yer maydonlari boʻyicha soliq bazasi oʻz xodimlariga 
    yer uchastkalarini bergan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning maʼlumotlari boʻyicha 
    aniqlanadi. 

    Download 2,93 Mb.
    1   ...   308   309   310   311   312   313   314   315   ...   352




    Download 2,93 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining

    Download 2,93 Mb.
    Pdf ko'rish