(3-q.)
Yil mobaynida yer uchastkasi maydoni oʻzgarganda va imtiyozlarga boʻlgan huquq
yuzaga kelganda (tugatilganda) soliq organlari mazkur oʻzgarishlardan keyin bir oy ichida soliqni
qayta hisob-kitob qilishi hamda soliq toʻlovchiga soliq summasi va uni toʻlash muddatlari
koʻrsatilgan yangi yoki qoʻshimcha toʻlov xabarnomasini taqdim etishi kerak.
(4-q.)
Koʻp kvartirali uylarda joylashgan turar joy boʻlmagan koʻchmas mulk obyektlari
bilan band boʻlgan yer uchastkalari boʻyicha soliq turar joy boʻlmagan koʻchmas mulk obyektining
qavatlar soniga boʻlingan maydonidan kelib chiqqan holda hisoblanadi.
(OʻzR 30.12.2020-y.
OʻRQ-659-son Qonuniga muvofiq kiritilgan qism)
440-modda. Soliq toʻlash tartibi
(1-q.)
Yil davomida ajratilgan yer uchastkalari uchun soliq yer uchastkasi ajratilgan oydan
keyingi oydan eʼtiboran jismoniy shaxslar tomonidan toʻlanadi.
(2-q.)
Yer uchastkasi maydoni kamaytirilgan taqdirda, soliqni toʻlash yer uchastkasi
kamaytirilgan oydan eʼtiboran tugatiladi (kamaytiriladi).
(3-q.)
Soliq boʻyicha imtiyozlar belgilangan taqdirda, bu soliq imtiyozga boʻlgan huquq
yuzaga kelgan oydan eʼtiboran toʻlanmaydi. Soliq boʻyicha imtiyozlarga boʻlgan huquq tugatilgan
taqdirda, bu soliq mazkur huquq tugatilgan oydan keyingi oydan eʼtiboran toʻlana boshlaydi.
(4-q.)
Soliq davri uchun soliqni toʻlash jismoniy shaxslar tomonidan 15-aprel va 15-
oktyabrga qadar teng ulushlarda amalga oshiriladi.