foyda soligʻini toʻlashga oʻtadi.
(OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuniga muvofiq kiritilgan
qism)
(17-q.)
Qishloq xoʻjaligi tovarlarini ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslarda yigirma besh
gektar va undan ortiq sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi ekinlari mavjud boʻlgan taqdirda, ular
koʻrsatilgan yer uchastkasiga boʻlgan huquqni yoki ushbu yer uchastkasining maydoni
oʻzgarganligini tasdiqlovchi hujjatlar rasmiylashtirilgan sanadan boshlab qoʻshilgan qiymat
soligʻini va foyda soligʻini toʻlashga oʻtadi.
(OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuniga
muvofiq kiritilgan qism)
(18-q.)
Oddiy shirkat ishlarini yuritish oʻz zimmasiga yuklatilgan ishonchli shaxs boʻlgan
oddiy shirkat ishtirokchisi oddiy shirkat shartnomasi doirasida amalga oshirilayotgan faoliyat
boʻyicha oddiy sheriklik shartnomasi tuzilgan sanadan boshlab qoʻshilgan qiymat soligʻini va
foyda soligʻini toʻlashga oʻtadi.
(OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuniga muvofiq kiritilgan
qism)
(19-q.)
Bozorlar va savdo komplekslari, notijorat tashkilotlari davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan
sanadan eʼtiboran, budjet tashkilotlari esa tashkil topgan sanadan eʼtiboran qoʻshilgan qiymat
soligʻini va foyda soligʻini toʻlashga oʻtadi.
(OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuniga
muvofiq kiritilgan qism)
(20-q.)
Auditorlik tashkilotlari auditorlik xizmatlari koʻrsatish uchun shartnoma tuzilgan
sanadan boshlab qoʻshilgan qiymat soligʻini hamda foyda soligʻini toʻlashga oʻtadi.
(OʻzR
29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuniga muvofiq kiritilgan qism)
OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuniga muvofiq oʻn beshinchi qismi yigirma birinchi
qism deb hisoblansin
(21-q.)
Soliqni toʻlash soliq toʻlovchini quyidagilardan ozod etmaydi:
ushbu Kodeks bilan uning zimmasiga yuklatilgan soliq agentining majburiyatlarini
bajarishdan;
agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, hisobvaraq-faktura taqdim
etish, xaridlarni hisobga olish kitobini va sotishlarni hisobga olish kitobini yuritish majburiyatidan.