461-modda. Soliq toʻlovchilar (1-q.)
Aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchilar (bundan buyon ushbu boʻlimda soliq
toʻlovchilar deb yuritiladi) deb quyidagilar eʼtirof etiladi:
1) soliq davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan jami daromadi bir
milliard soʻmdan oshmagan Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxslari (bundan buyon ushbu
boʻlimda yuridik shaxslar deb yuritiladi);
2) soliq davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadi yuz million
soʻmdan oshgan, lekin bir milliard soʻmgacha boʻlgan yakka tartibdagi tadbirkorlar.
(2-q.)
Aylanmadan olinadigan soliq quyidagilarga nisbatan tatbiq etilmaydi:
1) Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib kirishni (importni)
amalga oshiruvchi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga;
2) aksiz soligʻi toʻlanadigan tovarlarni (xizmatlarni) ishlab chiqaruvchi va foydali
qazilmalarni kavlab olishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslarga;
3) yuridik shaxslar - qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga, basharti ularda yigirma
besh gektar va undan ortiq sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi ekin maydoni mavjud boʻlsa;
(OʻzR
29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuni tahriridagi band)
4) benzin, dizel yoqilgʻisi va gazni realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi yuridik
shaxslarga;
5) lotoreyalarni tashkil etish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslarga;
6) oddiy shirkat ishlarini yuritish oʻz zimmasiga yuklatilgan ishonchli shaxsga - oddiy
shirkat shartnomasi doirasida amalga oshirilayotgan faoliyat boʻyicha;
7) boʻsh turgan binolar, yashash uchun moʻljallanmagan inshootlar va qurilishi
tugallanmagan obyektlar, shuningdek foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarining
mulkdori boʻlgan yuridik shasxlarga, ulardan samarasiz foydalanilayotganligi boʻyicha qonunda
belgilangan tartibda xulosa kiritilganda;
8) markazlashtirilgan moliyalashtirish manbalari hisobidan obyektlarni (joriy va kapital
taʼmirlash bundan mustasno) qurishni bajaruvchi yuridik shaxslarga;
9) alkogol mahsulotlari, shu jumladan pivoni chakana sotish boʻyicha turgʻun savdo
shaxobchalariga;
(OʻzR 30.12.2020-y. OʻRQ-659-son Qonuniga muvofiq kiritilgan band)
10) bozorlarga va savdo komplekslariga;
(OʻzR 30.12.2020-y. OʻRQ-659-son Qonuniga
muvofiq kiritilgan band)
11) soliq maslahatchilarining tashkilotlariga;
(OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuniga
muvofiq kiritilgan band)
12) auditorlik tashkilotlariga;
(OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuniga muvofiq
kiritilgan band)
13) notijorat tashkilotlariga, shu jumladan budjet tashkilotlariga.
(OʻzR 29.12.2021-y.
OʻRQ-741-son Qonuniga muvofiq kiritilgan band)