• 146-modda. Soliq tekshiruvini oʻtkazishda hujjatlarni talab qilib olish
  • -modda. Hududni va binolarni koʻzdan kechirish




    Download 2,93 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet107/352
    Sana19.01.2024
    Hajmi2,93 Mb.
    #141154
    1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   352
    Bog'liq
    00000000858c3fb50185edf3c8360039

    145-modda. Hududni va binolarni koʻzdan kechirish 
    (1-q.)
    Soliq organining soliq tekshiruvini oʻtkazuvchi mansabdor shaxslari tekshiruvning 
    toʻliqligi uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlarni aniqlashtirish maqsadida tekshirilayotgan 
    shaxsning hududlari va binolarini, shuningdek hujjatlar va buyumlarni koʻzdan kechirishni amalga 
    oshirishga haqli. 
    (2-q.)
    Agar hujjatlar va buyumlar soliq organining mansabdor shaxsi tomonidan soliq 
    nazoratini amalga oshirish yuzasidan ilgari bajarilgan harakatlar natijasida yoki ushbu buyumlar 
    egasi ularni koʻzdan kechirishni amalga oshirishga rozi boʻlgan taqdirda olingan boʻlsa, ushbu 
    moddaning birinchi qismida nazarda tutilmagan hollarda hujjatlar va buyumlarni koʻzdan 
    kechirishga yoʻl qoʻyiladi. 
    (3-q.)
    Koʻzdan kechirish videotasvirga olingan holda amalga oshiriladi, bunday imkoniyat 
    mavjud boʻlmaganda esa - xolislar ishtirokida amalga oshiriladi. 
    (OʻzR 11.03.2022-y. OʻRQ-758-
    son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang) 
    (4-q.)
    Koʻzdan kechirish oʻtkazilayotganda tekshirilayotgan shaxs yoki uning vakili, 
    shuningdek mutaxassislar ishtirok etishga haqlidir. 
    (5-q.)
    Zarur boʻlgan hollarda, koʻzdan kechirish chogʻida fotosuratga olish va videoyozuvga 
    tushirish amalga oshiriladi, hujjatlardan koʻchirma nusxalar olinadi yoki koʻzdan kechirish bilan 
    bogʻliq boshqa harakatlar bajariladi. 
    (6-q.)
    Koʻzdan kechirish oʻtkazilganligi toʻgʻrisida bayonnoma tuziladi. 
    146-modda. Soliq tekshiruvini oʻtkazishda 
    hujjatlarni talab qilib olish 
    (1-q.)
    Soliq organining soliq tekshiruvini oʻtkazayotgan mansabdor shaxsi tekshirilayotgan 
    shaxsdan tekshiruv uchun zarur boʻlgan hujjatlarni talab qilib olishga haqli. 
    (2-q.)
    Hujjatlar taqdim etish toʻgʻrisidagi talabnoma tekshirilayotgan shaxsga (uning 
    qonuniy yoki vakolatli vakiliga) shaxsan imzo qoʻydirgan holda topshiriladi. Agar hujjatlarni 
    taqdim etish toʻgʻrisidagi talabnomani mazkur usulda topshirish imkoni boʻlmasa, u ushbu Kodeks 
    19-moddasining ikkinchi qismida belgilangan tartibda yuboriladi. 
    (3-q.)
    Talab qilib olinadigan hujjatlar soliq organiga shaxsan yoki vakil orqali taqdim 
    etilishi, pochta orqali buyurtma xat bilan yuborilishi yoxud telekommunikatsiya aloqa tarmoqlari 
    yoki soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali elektron shaklda topshirilishi mumkin. 
    (4-q.)
    Hujjatlarni qogʻozda taqdim etish tekshirilayotgan shaxs tomonidan tasdiqlangan 
    koʻchirma nusxalar shaklida amalga oshiriladi. Agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda 
    tutilmagan boʻlsa, soliq organiga (mansabdor shaxsga) taqdim etiladigan hujjatlarning koʻchirma 
    nusxalarini notarial tarzda tasdiqlashni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi. 
    (OʻzR 21.04.2021-y. 
    OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) 


    (5-q.)
    Hisobga olish hujjatlari elektron shaklda tuzilgan taqdirda soliq toʻlovchi (soliq 
    agenti) soliq tekshiruvi chogʻida soliq organlari mansabdor shaxslarining talabiga koʻra bunday 
    hujjatlarning qogʻozdagi koʻchirma nusxalarini taqdim etishi shart, bundan elektron hisobvaraq-
    fakturalarning axborot tizimida roʻyxatga olingan hisobvaraq-fakturalar mustasno. 
    (6-q.)
    Zarur boʻlgan taqdirda soliq organi hujjatlarning asl nusxalari bilan tanishishga haqli. 
    (7-q.)
    Soliq tekshiruvi davomida talab qilib olingan hujjatlar tegishli talabnoma olingan 
    kundan eʼtiboran besh kun ichida taqdim etiladi. Agar tekshirilayotgan shaxs talab qilinayotgan 
    hujjatlarni belgilangan muddat ichida taqdim etish imkoniga ega boʻlmasa, u tekshiruvchi 
    mansabdor shaxslarni bu haqda yozma ravishda xabardor qiladi. 
    (8-q.)
    Soliq toʻlovchi talab qilinadigan hujjatlarni koʻrsatilgan muddatlarda taqdim etishning 
    imkoni yoʻqligi toʻgʻrisidagi, talab qilib olinayotgan hujjatlarni taqdim etish imkoni boʻlmagan 
    sabablar koʻrsatilgan yozma shakldagi xabarnomani hujjatlar taqdim etish haqidagi talabnoma 
    olingan kundan keyingi kun davomida yuborishi kerak. Xabarnomada soliq toʻlovchi talab 
    qilingan hujjatlarni taqdim eta olishi mumkin boʻlgan muddatlar koʻrsatilishi lozim. 
    (9-q.)
    Soliq organining rahbari (rahbar oʻrinbosari) soliq toʻlovchidan xabarnomani olgan 
    kundan eʼtiboran ikki kun ichida ushbu xabarnoma asosida hujjatlarni taqdim etish muddatlarini 
    uzaytirish yoki muddatlarni uzaytirishni rad etishga haqli boʻlib, bu haqda alohida qaror chiqaradi.
    (10-q.)
    Tekshirilayotgan shaxsning talab qilinayotgan hujjatlarni taqdim etishni rad etganligi 
    soliq organining mansabdor shaxsi tomonidan tuziladigan bayonnomada qayd etiladi. Bayonnoma 
    soliq organining mansabdor shaxsi va tekshirilayotgan shaxs tomonidan imzolanadi. 
    Tekshirilayotgan shaxs bayonnomani imzolashni rad etgan taqdirda bu haqda tegishli qayd 
    kiritiladi. Koʻrsatilgan hujjatlarni taqdim etish soliq toʻlovchi tomonidan rad etilganligi yoki 
    belgilangan muddatlarda taqdim etilmaganligi ushbu hujjatlarni ushbu Kodeksning 148-
    moddasida nazarda tutilgan tartibda olib qoʻyish uchun asos boʻladi. 
    (11-q.)
    Soliq tekshiruvi va soliq nazoratining boshqa tadbirlari jarayonida soliq organlari 
    tekshirilayotgan shaxsning kameral yoki sayyor soliq tekshiruvlari oʻtkazilganda soliq organlariga 
    ilgari taqdim etilgan hujjatlarni, shuningdek soliq monitoringini oʻtkazish jarayonida tasdiqlangan 
    koʻchirma nusxalar shaklida taqdim etilgan hujjatlarni tekshirilayotgan shaxsdan talab qilib 
    olishga haqli emas. Agar hujjatlar ilgari soliq organiga asl nusxalar tarzida taqdim etilib
    keyinchalik tekshirilayotgan shaxsga qaytarilgan boʻlsa, shuningdek soliq organiga taqdim etilib, 
    bartaraf etib boʻlmaydigan kuch holatlari oqibatida yoʻqotilgan taqdirda, hujjatlar tekshirilayotgan 
    shaxsdan qayta talab qilib olinishi mumkin. 

    Download 2,93 Mb.
    1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   352




    Download 2,93 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Hududni va binolarni koʻzdan kechirish

    Download 2,93 Mb.
    Pdf ko'rish