tahlilida foydalaniladigan axborot
(1-q.)
Transfert narxni belgilashda soliq nazoratini oʻtkazishda (shu jumladan tahlil
etiladigan bitimning va taqqoslanadigan bitimlarning tijorat va (yoki)
moliyaviy shartlarini
taqqoslash chogʻida) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi quyidagi axborotdan
foydalanadi:
1) Oʻzbekiston Respublikasi birjalarining va chet el birjalarining narxlar hamda kotirovkalar
toʻgʻrisidagi maʼlumotlaridan;
2) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan eʼlon qilinadigan yoki
soʻrovga koʻra taqdim etiladigan Oʻzbekiston Respublikasi
tashqi savdosining bojxona
statistikasidan;
3) Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq vakolatli davlat boshqaruvi
organlarining rasmiy axborot manbalaridagi, chet davlatlarning yoki
xalqaro tashkilotlarning
rasmiy axborot manbalaridagi yoxud boshqa eʼlon qilingan va (yoki) hamma foydalanishi mumkin
boʻlgan axborot manbalaridagi hamda axborot tizimlaridagi narxlar (narxlarning oʻzgarish
chegaralari) va birja kotirovkalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan;
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-
son Qonuni tahriridagi band)
4) axborot-narx agentliklari maʼlumotlaridan;
5) soliq toʻlovchi tomonidan tuzilgan bitimlar toʻgʻrisidagi axborotdan.
(2-q.)
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan axborot mavjud boʻlmagan (yetarli
boʻlmagan) taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi quyidagi axborotdan
foydalanadi:
1) eʼlon qilingan va (yoki) hamma foydalanishi mumkin boʻlgan axborotlar manbalaridagi
hamda axborot tizimlaridagi narxlar (narxlarning tebranish chegaralari) va kotirovkalar
toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan;
2) yuridik shaxslarning moliyaviy va statistika hisobotidan olingan maʼlumotlardan, shu
jumladan Oʻzbekiston Respublikasining yoki chet davlatlarning
hamma foydalanishi mumkin
boʻlgan axborot manbalarida eʼlon qilingan va (yoki) Oʻzbekiston
Respublikasi yuridik
shaxslarining va (yoki) chet el yuridik shaxslarining hamma foydalanishi mumkin boʻlgan axborot
tizimlaridagi, shuningdek rasmiy saytlaridagi maʼlumotlardan.
Chet el yuridik shaxslarining moliyaviy hisobotidagi maʼlumotlardan foydalanishga
Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxslarining (Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi faoliyati
doimiy muassasaning tashkil etilishiga olib keladigan chet el yuridik shaxslarining) rentabelligi
oraligʻini aniqlash uchun faqat taqqoslanadigan bitimlar tuzgan Oʻzbekiston Respublikasi yuridik
shaxslarining moliyaviy hisoboti maʼlumotlari asosida rentabellikning bunday oraligʻini hisoblash
imkoni boʻlmagan taqdirda yoʻl qoʻyiladi;
3) baholash obyektining baholash faoliyati toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston
Respublikasi
qonunchiligiga yoki chet davlatlar qonunchiligiga muvofiq aniqlangan bozor qiymati toʻgʻrisidagi
maʼlumotlardan;
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band)
4) ushbu Kodeksning 23-bobiga muvofiq foydalaniladigan boshqa axborotdan.
(3-q.)
Bitimlarning shartlarini taqqoslashni tahlil qilishda soliq sirini tashkil etuvchi
axborotdan, shuningdek foydalanish huquqi qonunchilikka
muvofiq cheklangan boshqa
axborotdan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi. Bunday cheklov Oʻzbekiston Respublikasi Davlat
soliq qoʻmitasi transfert narxni belgilashda soliq nazoratini oʻtkazayotgan soliq toʻlovchi
toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism)
(4-q.)
Bitimlarning shartlarini taqqoslashni tahlil qilishda faqat hamma foydalanishi mumkin
boʻlgan axborot manbalaridan, shuningdek soliq toʻlovchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan
foydalaniladi.
(5-q.)
Bitim shartlarining taqqoslanishini tahlil qilishda, ushbu Kodeksning 193-moddasiga
muvofiq hujjatlarni tayyorlash va taqdim etishda soliq toʻlovchi oʻz faoliyati toʻgʻrisidagi
axborotdan tashqari hamma foydalanishi mumkin boʻlgan har
qanday axborot manbalaridan,
shuningdek oʻzi bilan oʻzaro bogʻliq boʻlgan, xuddi shunday faoliyatni amalga oshirayotgan
shaxslarning faoliyati toʻgʻrisidagi axborotdan foydalanishga haqli.
(6-q.)
Agar soliq toʻlovchiga nisbatan transfert narx belgilashda soliq nazorati
oʻtkazilayotganda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi ushbu soliq toʻlovchi
tomonidan mustaqil shaxslar bilan tuzilgan taqqoslanadigan bitimlar toʻgʻrisidagi axborotga ega
boʻlsa, bunday bitimlarni tahlil etiladigan bitim bilan taqqoslashda Oʻzbekiston Respublikasi
Davlat soliq qoʻmitasi bozor narxlarining oraligʻini aniqlash uchun ushbu axborotdan
foydalanishga haqli.