• 193-modda. Transfert narxni belgilashda soliq nazorati maqsadida axborotni tayyorlash va taqdim etish
  • -BOB. TRANSFERT NARXNI BELGILASHDA




    Download 2,93 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet142/352
    Sana19.01.2024
    Hajmi2,93 Mb.
    #141154
    1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   352
    Bog'liq
    00000000858c3fb50185edf3c8360039

    24-BOB. TRANSFERT NARXNI BELGILASHDA
    SOLIQ NAZORATI 
    193-modda. Transfert narxni belgilashda soliq nazorati 
    maqsadida axborotni tayyorlash va taqdim etish 
    194-modda. Transfert narxni belgilashda soliq nazorati 
    195-modda. Transfert narxni belgilashda soliq nazoratini 
    oʻtkazish tartibi 
    193-modda. Transfert narxni belgilashda 
    soliq nazorati maqsadida axborotni 
    tayyorlash va taqdim etish 
    (1-q.)
    Soliq toʻlovchi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining talabiga koʻra 
    mazkur talabda koʻrsatilgan aniq bitimga (bir turdagi bitimlar guruhiga) taalluqli hujjatlarni 
    taqdim etadi. Hujjatlar deganda hujjatlar majmui yoki erkin shaklda tuzilgan yagona hujjat (agar 
    bunday hujjatlarni belgilangan shaklda tuzish Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida 
    nazarda tutilmagan boʻlsa) tushuniladi. 
    (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi 
    qism) 
    (2-q.)
    Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlar nazorat qilinadigan 
    bitimni (bir turdagi bitimlar guruhini) amalga oshirgan soliq toʻlovchining (boshqa shaxslarning) 
    faoliyati toʻgʻrisidagi, ushbu bitim bilan bogʻliq boʻlgan quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi 
    kerak: 
    1) nazorat qilinadigan bitim oʻzi bilan amalga oshirilgan shaxslarning roʻyxati (ular soliq 
    rezidenti boʻlgan davlatlar va hududlarni koʻrsatgan holda), bitimning tavsifi, uning shartlari, 
    jumladan narxni belgilash usulining tavsifi (mavjud boʻlsa), toʻlovlarni amalga oshirish shartlari 
    va muddatlari hamda bitim haqidagi boshqa axborot; 
    2) bitim taraflari boʻlgan shaxslarning vazifalari haqidagi (soliq toʻlovchi tomonidan 
    funksional tahlil oʻtkazilgan taqdirda), ular tomonidan foydalaniladigan, ushbu nazorat qilinadigan 
    bitim bilan bogʻliq boʻlgan aktivlar toʻgʻrisidagi va ular tomonidan qabul qilinayotgan, soliq 
    toʻlovchi bitim tuzishda inobatga olgan iqtisodiy (tijorat) tavakkalchiliklar haqidagi maʼlumotlar.


    (3-q.)
    Agar soliq toʻlovchi ushbu Kodeksning 23-bobida nazarda tutilgan usullardan 
    foydalangan boʻlsa, hujjatlarga foydalanilgan usullar haqidagi quyidagi maʼlumotlar kiritiladi: 
    1) foydalanilayotgan usulni tanlash va qoʻllash usuli sabablarining asosi
    2) foydalanilayotgan axborot manbalariga havola; 
    3) taqqoslanadigan bitimlarni tanlash uchun foydalanilgan yondashuvni tavsiflagan holda, 
    nazorat qilinayotgan bitim boʻyicha bozor narxlari oraligʻining (rentabellik oraligʻining) hisob-
    kitobi; 
    4) nazorat qilinadigan bitim amalga oshirilishi natijasida olingan daromadlarning 
    (foydaning) summasi va (yoki) amalga oshirilgan xarajatlarning (koʻrilgan zararlarning) summasi, 
    olingan rentabellik; 
    5) nazorat qilinadigan bitimdan uni amalga oshirgan shaxs tomonidan axborotni, intellektual 
    faoliyat natijalarini, korxonani, uning mahsulotini va xizmatlarini individuallashtirish belgilariga 
    (firma nomi, tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilariga) boʻlgan huquqlarni va boshqa mutlaq 
    huquqlarni (tegishli holatlar mavjud boʻlganda) qabul qilish natijasida olinadigan iqtisodiy naf 
    haqidagi maʼlumotlar; 
    6) nazorat qilinadigan bitimning narxiga (rentabelligiga) taʼsir koʻrsatgan boshqa omillar 
    toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shu jumladan nazorat qilinadigan bitimni tuzgan shaxsning bozor 
    strategiyasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, agar ushbu bozor strategiyasi nazorat qilinadigan bitim 
    narxiga (rentabelligiga) taʼsir koʻrsatgan boʻlsa; 
    7) soliq toʻlovchi tomonidan soliq bazasiga va soliq summasiga ushbu Kodeks 177-
    moddasining birinchi qismiga muvofiq kiritilgan tuzatishlar. 
    (4-q.)
    Soliq toʻlovchi nazorat qilinadigan bitimlarning tijorat va (yoki) moliyaviy shartlari 
    mustaqil shaxslarning taqqoslanadigan bitimlari shartlariga mos kelishini tasdiqlovchi boshqa 
    axborotni mazkur shartlarni taqqoslashni taʼminlash uchun kiritilgan tuzatishlarni hisobga olgan 
    holda taqdim etishga haqli. 
    (5-q.)
    Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan hujjatlar soliq toʻlovchidan nazorat 
    qilinadigan bitimlar tuzilgan kalendar yildan keyingi yilning 1-iyunidan keyin Oʻzbekiston 
    Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan talab qilinishi mumkin. 
    (6-q.)
    Ushbu modda birinchi - toʻrtinchi qismlarining qoidalari quyidagi hollarda 
    qoʻllanilmaydi: 
    1) agar bitimlarning narxlari yuzasidan ushbu Kodeks 178-moddasi birinchi qismining 3-
    bandiga muvofiq monopoliyaga qarshi organlar tomonidan koʻrsatma belgilangan yoki narx 
    tartibga solinadigan boʻlsa va ushbu Kodeks 179-moddasining uchinchi qismiga muvofiq 
    qoʻllanilsa; 
    2) agar bitim nazorat qilinmaydigan boʻlsa; 
    3) qimmatli qogʻozlarga doir va qimmatli qogʻozlarning uyushgan bozorida muomalada 
    boʻlgan muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga doir bitimlar tuzilsa
    4) ushbu Kodeksning 25-bobiga muvofiq soliq solish maqsadida narxni belgilash 
    toʻgʻrisidagi kelishuv tuzilgan bitimlar amalga oshirilsa. 
    (7-q.)
    Soliq toʻlovchi ushbu moddaning oltinchi qismida nazarda tutilgan bitimlar boʻyicha 
    mazkur hujjatlarni ixtiyoriy ravishda taqdim etishga haqli. 
    (8-q.)
    Soliq organlariga taqdim etiladigan hujjatlarning batafsilligi va asoslanganligi 
    bitimning murakkabligiga hamda uning narxi shakllanishiga (bitimlar taraflarining rentabelligiga) 
    mutanosib boʻlishi kerak. 



    Download 2,93 Mb.
    1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   352




    Download 2,93 Mb.
    Pdf ko'rish