• 204-modda. Nazorat qilinadigan chet el kompaniyalarining foydasini soliq solishdan ozod qilish
  • -modda. Nazorat qilinadigan chet el kompaniyalarining




    Download 2,93 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet150/352
    Sana19.01.2024
    Hajmi2,93 Mb.
    #141154
    1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   352
    Bog'liq
    00000000858c3fb50185edf3c8360039

    203-modda. Nazorat qilinadigan chet el kompaniyalarining 
    foydasiga solinadigan soliqni toʻlovchi shaxslar 
    (1-q.)
    Agar ushbu boʻlimda boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, Oʻzbekiston 
    Respublikasining soliq rezidentlari nazorat qilinadigan chet el kompaniyalarining taqsimlanmagan 
    foydasidan ushbu Kodeksda belgilangan tartibda soliq toʻlashi shart. 
    (2-q.)
    Chet el kompaniyalarini nazorat qilinadigan chet el kompaniyalari deb eʼtirof etish 
    tartibi hamda yuridik va jismoniy shaxslarni bunday chet el kompaniyalarini nazorat qiluvchi 
    shaxslar deb eʼtirof etish tartibi ushbu Kodeksning tegishincha 39 va 40-moddalarida belgilanadi.
    (3-q.)
    Agar Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidenti nazorat qilinadigan chet el 
    kompaniyasini nazorat qiluvchi shaxs deb eʼtirof etilsa, u ushbu nazorat qilinadigan chet el 
    kompaniyasining taqsimlanmagan foydasini ushbu Kodeksga muvofiq soliq solinishi lozim 
    boʻlgan oʻz daromadlari tarkibiga kiritishi shart. Yuridik shaxslar mazkur taqsimlanmagan foydani 
    foyda soligʻi bazasiga, jismoniy shaxslar esa - jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi 
    bazasiga kiritadi. 
    (4-q.)
    Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan qoidalar har bir nazorat 
    qilinadigan chet el kompaniyasiga nisbatan uning har bir nazorat qiluvchi shaxsi tomonidan 
    alohida qoʻllaniladi. 
    (5-q.)
    Ushbu Kodeksning 204-moddasida nazarda tutilgan hollarda nazorat qilinadigan chet 
    el kompaniyalarining taqsimlanmagan foydasi ushbu Kodeksga muvofiq soliq solishdan ozod 
    qilinadi. 
    204-modda. Nazorat qilinadigan chet el kompaniyalarining 
    foydasini soliq solishdan ozod qilish 
    (1-q.)
    Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining foydasi, agar ushbu chet el 
    kompaniyasiga nisbatan quyidagi shartlardan hech boʻlmaganda bittasi bajarilsa, ushbu modda 
    qoidalari hisobga olingan holda, ushbu Kodeksga muvofiq soliq solishdan ozod qilinadi: 
    1) u oʻzi tashkil qilingan chet davlatning (hududning) qonunchiligiga muvofiq notijorat 
    tashkiloti boʻlib, olingan foydani (daromadni) aksiyadorlar (ishtirokchilar, taʼsischilar) yoki 
    boshqa shaxslar oʻrtasida taqsimlamaydigan boʻlsa; 
    (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni 
    tahriridagi band) 
    2) u aktiv chet el kompaniyasi yoki aktiv chet el xolding kompaniyasi boʻlsa; 
    3) ushbu chet el kompaniyasi uchun daromadlarni (foydani) bunday kompaniya doimiy 
    joylashgan davlatning (hududning) qonunchiligiga muvofiq moliyaviy yil uchun moliyaviy 
    hisobot tuziladigan davr yakunlari boʻyicha ushbu Kodeksning 207-moddasiga muvofiq 
    aniqlanadigan soliq solishning samarali stavkasi ushbu Kodeksning 337-moddasi 12-bandida 
    koʻrsatilgan foydadan olinadigan soliq stavkasi miqdoridan kam boʻlmagan miqdorni tashkil etsa; 
    (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band) 
    4) u chet davlatning (hududning) qonunchiligiga muvofiq bank yoki sugʻurta faoliyatini 
    amalga oshirish uchun litsenziya yoxud boshqa maxsus ruxsatnoma asosida faoliyat yuritadigan 
    bank yoki sugʻurta tashkiloti boʻlsa. 
    (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band) 
    (2-q.)
    Ushbu modda birinchi qismining 2-bandida koʻrsatilgan nazorat qilinadigan chet el 
    kompaniyasining foydasi, agar bunday chet el kompaniyasi doimiy joylashgan davlat (hudud) 
    ushbu Kodeksning 181-moddasi uchinchi va toʻrtinchi qismlarida nazarda tutilgan ofshor 


    yurisdiksiyalar roʻyxatiga kiritilmagan boʻlsa, ushbu Kodeksga muvofiq soliq solishdan ozod 
    qilinadi. 
    (3-q.)
    Ushbu moddaning birinchi qismi 3 va 4-bandlarida koʻrsatilgan nazorat qilinadigan 
    chet el kompaniyasining foydasi, agar Oʻzbekiston Respublikasi bilan soliq solish masalalari 
    boʻyicha xalqaro shartnomasi mavjud boʻlgan davlat (hudud) bunday chet el kompaniyasi doimiy 
    joylashgan yer boʻlsa, ushbu Kodeksga muvofiq soliq solishdan ozod qilinadi. 
    (4-q.)
    Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasini aktiv chet el kompaniyasi yoki aktiv chet 
    el xolding kompaniyasi deb eʼtirof etish qoidalari ushbu Kodeksning 205-moddasida belgilanadi. 
    (5-q.)
    Foyda soligʻi boʻyicha daromadga (foydaga) soliq solishning samarali stavkasini 
    hisob-kitob qilish qoidalari ushbu Kodeksning 207-moddasida belgilanadi. 
    (6-q.)
    Aktiv chet el xolding kompaniyasining foydasi ushbu Kodeksning 205-moddasida 
    koʻrsatilgan Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxsi - bunday aktiv chet el xolding 
    kompaniyasini nazorat qiluvchi shaxs uchun soliq solishdan ozod qilinadi. Mazkur aktiv chet el 
    xolding kompaniyasining foydasi Oʻzbekiston Respublikasining ushbu yuridik shaxsida - ushbu 
    aktiv chet el xolding kompaniyasini nazorat qiluvchi shaxsda bevosita yoki bilvosita ishtirok 
    etuvchi ushbu chet el xolding kompaniyasini nazorat qiluvchi boshqa shaxslarda ham ozod 
    qilinadi. Ushbu foyda bunday shaxslarning mazkur nazorat qiluvchi shaxsda ishtirok etish ulushiga 
    muvofiq miqdorda soliq solishdan ozod qilinadi. 
    (7-q.)
    Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasini foyda soligʻi solishdan ushbu moddaning 
    birinchi qismida belgilangan asoslarga koʻra ushbu Kodeksga muvofiq ozod qilish huquqi hujjat 
    bilan tasdiqlanishi kerak. Mazkur huquqni tasdiqlash uchun ushbu nazorat qilinadigan chet el 
    kompaniyasini nazorat qiluvchi shaxs boʻlgan soliq toʻlovchi oʻzi hisobga olingan joydagi soliq 
    organiga bunday soliqdan ozod qilish shartlariga rioya qilinishini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim 
    etadi. Bu hujjatlar ushbu Kodeksning 209-moddasi ikkinchi - beshinchi qismlarida nazarda 
    tutilgan muddatda taqdim etiladi va uning nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining foydasini 
    soliq solishdan ozod qilish huquqini beruvchi shartlarga rioya etilishini tasdiqlash uchun zarur 
    boʻlgan qismi davlat tiliga tarjima qilinishi lozim. 

    Download 2,93 Mb.
    1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   352




    Download 2,93 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Nazorat qilinadigan chet el kompaniyalarining

    Download 2,93 Mb.
    Pdf ko'rish