Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining




Download 2,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet319/352
Sana19.01.2024
Hajmi2,93 Mb.
#141154
1   ...   315   316   317   318   319   320   321   322   ...   352
Bog'liq
00000000858c3fb50185edf3c8360039

446-modda. Soliq davri 
Kalendar yil soliq davri hisoblanadi. 


447-modda. Soliqni hisoblab chiqarish va soliq 
hisobotini taqdim etish tartibi 
(1-q.)
Soliq summasi soliq bazasidan va belgilangan soliq stavkalaridan kelib chiqqan holda 
hisoblab chiqariladi. 
(2-q.)
Soliq organlari soliq bazasidan va belgilangan soliq stavkalaridan kelib chiqqan holda 
quyidagilar uchun soliq summasini aniqlaydi: 
dehqon xoʻjaliklari uchun; 
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarga ega boʻlgan jismoniy shaxslar uchun; 
tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun moʻljallangan, yashash uchun 
moʻljallanmagan koʻchmas mulk obyektlariga ega boʻlgan jismoniy shaxslar uchun; 
1-oktyabrga qadar qishloq xoʻjaligi korxonalari uchun - qishloq xoʻjaligi yerlarini sugʻorish 
va baliqlarni yetishtirish (oʻstirish) uchun ular tomonidan avvalgi soliq davrida foydalanilgan suv 
hajmining 70 foizi miqdorida. Avvalgi soliq davrida qishloq xoʻjaligi korxonasi tomonidan 
foydalanilgan suvning hajmi toʻgʻrisidagi axborot mavjud boʻlmagan taqdirda, soliq summasi 
suvdan foydalanish va suv isteʼmoli sohasidagi vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan suv 
isteʼmoli normativlari boʻyicha aniqlanadi.
(OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang) 
(3-q.)
Soliq hisoboti suvdan foydalanish yoki suvni isteʼmol qilish joyi boʻyicha soliq 
organlariga quyidagilar tomonidan yilda bir marta taqdim etiladi: 
Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxslari tomonidan, bundan qishloq xoʻjaligi 
korxonalari mustasno - hisobot davridan keyingi yilning 1-martidan kechiktirmay; 
qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan - joriy soliq davrining 15-dekabridan kechiktirmay; 
Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatini doimiy muassasalar orqali amalga oshirayotgan 
Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar, shuningdek yakka 
tartibdagi tadbirkorlar tomonidan - soliq davridan keyingi yilning 20-yanvaridan kechiktirmay. 
(OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang) 
(4-q.)
Soliq organlari soliq toʻlash toʻgʻrisidagi toʻlov xabarnomasini dehqon xoʻjaliklariga, 
shuningdek qishloq xoʻjaligi yerlariga hamda tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun 
moʻljallangan, yashash uchun moʻljallanmagan koʻchmas mulk obyektlariga ega boʻlgan jismoniy 
shaxslarga soliq davridan keyingi yilning 1-martidan kechiktirmay topshiradi. 
(OʻzR 30.12.2022-
y. OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang) 

Download 2,93 Mb.
1   ...   315   316   317   318   319   320   321   322   ...   352




Download 2,93 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining

Download 2,93 Mb.
Pdf ko'rish