• 64-BOB. YER QAʼRIDAN FOYDALANGANLIK UCHUN SOLIQNI HISOBLAB CHIQARISH VA TOʻLASH
  • 449-modda. Soliq toʻlovchilar
  • 450-modda. Soliq solish obyekti
  • Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining




    Download 2,93 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet321/352
    Sana19.01.2024
    Hajmi2,93 Mb.
    #141154
    1   ...   317   318   319   320   321   322   323   324   ...   352
    Bog'liq
    00000000858c3fb50185edf3c8360039

    XVIII BOʻLIM. 
    YER QAʼRIDAN FOYDALANGANLIK 
    UCHUN SOLIQ 
    (OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuni tahriridagi boʻlim) 
    (Oldingi tahririga qarang) 
    64-bob. Yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqni 


    hisoblab chiqarish va toʻlash (449 - 454-moddalar) 
    64-BOB. YER QAʼRIDAN FOYDALANGANLIK UCHUN 
    SOLIQNI HISOBLAB CHIQARISH VA TOʻLASH 
    449-modda. Soliq toʻlovchilar 
    450-modda. Soliq solish obyekti 
    451-modda. Soliq bazasi 
    451-1-modda. Metallarning ayrim turlarini qazib olish 
    (ajratib olish) chogʻida soliq bazasini aniqlashning 
    oʻziga xos xususiyatlari 
    452-modda. Soliq stavkalari 
    453-modda. Soliq davri. Hisobot davri 
    454-modda. Soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisobotlarini 
    taqdim etish va soliqni toʻlash tartibi 
    449-modda. Soliq toʻlovchilar 
    (1-q.)
    Oʻzbekiston Respublikasi hududida yer qaʼridan foydali qazilmalarni qazib olishni va 
    (yoki) texnogen mineral hosilalardan foydali qazilmalarni ajratib olishni (bundan buyon ushbu 
    boʻlimda foydali qazilmalarni qazib olish (ajratib olish) deb yuritiladi) amalga oshiruvchi yuridik 
    va jismoniy shaxslar yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqni soliq toʻlovchilari (bundan buyon 
    ushbu boʻlimda soliq toʻlovchilar deb yuritiladi) deb eʼtirof etiladi. 
    (2-q.)
    Qonunchilikda nazarda tutilgan shartlarga rioya etgan holda qimmatbaho metallarni 
    oltin izlovchilar usulida qazib olishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar 
    qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olishga doir faoliyatni amalga oshirishga 
    taalluqli qism boʻyicha soliq toʻlovchilar boʻlmaydi. 
    450-modda. Soliq solish obyekti 
    (1-q.)
    Yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq (bundan buyon ushbu boʻlimda soliq deb 
    yuritiladi) solish obyekti quyidagilardir: 
    agar ushbu qismning uchinchi xatboshisida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, 
    foydali qazilmani qazib olish (ajratib olish) hajmi; 
    qazib olingan (ajratib olingan) qora, qimmatbaho, rangli va radioaktiv metallarning
    shuningdek noyob elementlarning va noyob yer elementlarining haqiqatda realizatsiya qilingan 
    hajmi.
    (OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang) 
    (2-q.)
    Qazib olingan (ajratib olingan) foydali qazilmaning hajmi qazib olish (ajratib olish), 
    birlamchi ishlov berish, qayta ishlash va transportda tashishning butun texnologik sikli doirasida 
    yuzaga keladigan texnologik yoʻqotishlar hajmini chegirgan holda, qonunchilikda belgilangan 
    tartibda vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan normalar doirasida, bunday normalar mavjud 
    boʻlmaganda esa - soliq toʻlovchi tomonidan tasdiqlangan normalar doirasida aniqlanadi. 
    (OʻzR 
    30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi qism) 


    (3-q.)
    Foydali qazilmalarni qazib olishning (ajratib olishning) va foydali qazilmalarga 
    birlamchi ishlov berishning (ularni qayta ishlashning) texnologik sikli doirasidagi yoʻqotishlar 
    texnologik yoʻqotishlar deb eʼtirof etiladi, xususan: 
    foydali qazilmalarni qazib olish chogʻidagi yoʻqotishlar (bundan normadan ortiq 
    yoʻqotishlar mustasno), shu jumladan ularning qoldiqlari (ajratib olib boʻlmaydigan zaxiralari); 
    (OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi xatboshi) 
    uglevodorodlarni dastlabki sanoat maqsadida qayta ishlash chogʻidagi yoʻqotishlar;
    qatlamdagi bosimni saqlab turish va (yoki) uglevodorodlarni yopiq texnologik sikl doirasida 
    ajratib olish uchun mahsuldor qatlamga qayta haydab kiritiladigan tabiiy gaz hajmi. 
    (4-q.)
    Soliq solish obyekti foydali qazilmaning har bir turi boʻyicha alohida aniqlanadi. 
    (5-q.)
    Quyidagilar soliq solish obyekti boʻlmaydi: 
    soliq toʻlovchilarga berilgan yer uchastkalari doirasida qazib olingan (ajratib olingan) hamda 
    shaxsiy xoʻjalik va maishiy ehtiyojlari uchun foydalanilgan, keng tarqalgan foydali qazilmalar. 
    Keng tarqalgan foydali qazilmalar roʻyxati qonunchilikda belgilanadi
    qonunchilikda belgilangan tartibda daryo oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarni 
    mustahkamlash ishlari natijasida qazib olingan (ajratib olingan) noruda foydali qazilmalar, bundan 
    realizatsiya qilingan foydali qazilmaning hajmi mustasno. 

    Download 2,93 Mb.
    1   ...   317   318   319   320   321   322   323   324   ...   352




    Download 2,93 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining

    Download 2,93 Mb.
    Pdf ko'rish