(2-q.)
Soliq solish maqsadlarida hisob siyosatini oʻzgartirish va (yoki) unga qoʻshimchalar
kiritish soliq toʻlovchi tomonidan quyidagi usullardan biri yordamida amalga oshiriladi:
1) buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq ishlab chiqilgan yangi hisob
siyosatini yoki uning yangi boʻlimini
tasdiqlash;
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni
tahriridagi band)
2) buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq ishlab chiqilgan amaldagi hisob
siyosatiga yoki amaldagi hisob siyosatining boʻlimiga oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimchalar
kiritish.
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band)
(3-q.)
Hisob siyosatini shakllantirishda soliq toʻlovchi tomonidan soliq solish maqsadlarida
tanlangan hisob yuritish usullari tegishli hisob siyosati tasdiqlangan yildan keyingi yilning 1-
yanvaridan eʼtiboran qoʻllaniladi.
(4-q.)
Yangi tashkil etilgan yuridik shaxs yoki chet el yuridik shaxsining doimiy muassasasi
soliq solish maqsadlarida hisob yuritish usullari toʻgʻrisidagi qarorni oʻzi
tashkil etilgandan
keyingi birinchi hisobot davri davomida qabul qiladi.
(5-q.)
Soliq solish maqsadlaridagi hisob siyosati kalendar yil davomida oʻzgartirilmaydi.
Soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikka yoxud soliq solish shartlariga oʻzgartirish kiritilganda va faqat
ushbu oʻzgartirishlar taalluqli boʻlgan qismida soliq toʻlovchining hisob siyosatida oʻzgartirishlar
qilishga yoʻl qoʻyiladi.
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism)