• 88-modda. Soliq majburiyati boʻyicha daʼvo qilish muddatlari
  • -modda. Soliq majburiyatining tugatilishi




    Download 2,93 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet58/352
    Sana19.01.2024
    Hajmi2,93 Mb.
    #141154
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   352
    Bog'liq
    00000000858c3fb50185edf3c8360039

    87-modda. Soliq majburiyatining tugatilishi 
    (1-q.)
    Soliq majburiyati, agar ushbu moddaning ikkinchi - toʻrtinchi qismlarida boshqacha 
    qoida belgilanmagan boʻlsa, quyidagi hollarda tugatiladi: 
    soliq toʻlovchi tomonidan soliq toʻlanganda yoki soliq agenti tomonidan oʻtkazib berilganda; 
    soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq soliq majburiyatini tugatish bilan bogʻliq boshqa 
    holatlar yuzaga kelganda. 
    (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi xatboshi) 
    (2-q.)
    Jismoniy shaxsning soliq majburiyati quyidagi hollarda tugatiladi: 
    mazkur shaxs vafot etganda; 
    uni vafot etgan deb eʼlon qilish toʻgʻrisidagi sud qarori qonuniy kuchga kirganda. 
    (3-q.)
    Vafot etgan yoki vafot etgan deb eʼlon qilingan jismoniy shaxsning soliq qarzi ushbu 
    Kodeksning 94-moddasida belgilangan tartibda meros mol-mulkning qiymati doirasida 
    merosxoʻrlardan undiriladi. 
    (4-q.)
    Yuridik shaxsning soliq majburiyati quyidagi hollarda tugatiladi: 
    ushbu Kodeksning 91-moddasiga muvofiq, budjet tizimi bilan barcha hisob-kitoblar amalga 
    oshirilgandan keyin u tugatilganda
    ushbu Kodeksning 92-moddasiga muvofiq, budjet tizimi bilan barcha hisob-kitoblar amalga 
    oshirilgandan keyin u qayta tashkil etilganda. 
    88-modda. Soliq majburiyati boʻyicha daʼvo qilish muddatlari 
    (1-q.)
    Soliq organi yoki boshqa vakolatli organ soliq tekshiruvini oʻtkazishga, tekshiruv 
    natijalari boʻyicha soliq toʻlovchiga soliq qarzini uzish toʻgʻrisida talabnoma yuborishga yoki soliq 
    toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq toʻlanishi lozim boʻlgan soliqlar miqdorini qayta koʻrib 
    chiqishga haqli boʻlgan muddat soliq majburiyati boʻyicha daʼvo qilish muddati hisoblanadi. 
    (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) 
    (2-q.)
    Agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, soliq majburiyati 
    boʻyicha daʼvo qilish muddati, natijalariga koʻra soliq majburiyati aniqlanadigan soliq davri 
    tugaganidan keyin besh yilni tashkil etadi. Agar soliq majburiyatining yuzaga kelishi muayyan 
    voqea yoki harakat bilan bogʻliq boʻlsa, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida belgilanmagan 
    boʻlsa, soliq majburiyati boʻyicha daʼvo qilish muddati shu voqea yoki harakat sodir boʻlgan 
    paytdan eʼtiboran besh yilni tashkil etadi. 
    (3-q.)
    Ushbu Kodeks 84-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollarda daʼvo 
    qilish muddati soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikka koʻra soliq toʻlovchi tomonidan soliq stavkasi
    toʻlanadigan soliq miqdori, soliq imtiyozi yoki soliq chegirmasi qoʻllanilishi va (yoki) soliqni 


    toʻlash muddati oʻzgarishi bilan bogʻliq shartlarning amal qilish muddatiga uzaytiriladi. 
    (OʻzR 
    21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) 
    (4-q.)
    Soliq majburiyati boʻyicha daʼvo qilish muddatining oʻtishi fuqarolik qonunchiligiga 
    muvofiq toʻxtatib turiladi, uziladi va qayta tiklanadi. 
    (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni 
    tahriridagi qism) 

    Download 2,93 Mb.
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   352




    Download 2,93 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Soliq majburiyatining tugatilishi

    Download 2,93 Mb.
    Pdf ko'rish