• 17-mavzu: Buxgalteriya hisob vazifalari Reja: Buxgalteriya hisobining maqsad vazifasi Buxgalteriya tizimining mohiyati
  • O‘zbekiston respublikasioliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini




    Download 7,41 Mb.
    bet152/171
    Sana15.05.2024
    Hajmi7,41 Mb.
    #234352
    1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   171
    Bog'liq
    O‘zbekiston respublikasioliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi pe

    Qaytarilish muddati:
    Kafega kuniga 50 kishi tashrif buyurishi va har birining daromadi 150 UAH bo'lishi sharti bilan, qoplash muddati 18 oyga to'g'ri keladi.
    50 kishi * 150 UAH * 30 kun \u003d 225 000,00 UAH 225,000.00 гр - 197 000,00 UAH \u003d 28 000,00 UAH
    50000.00 UAH / 28000.00 гр \u003d 17,86 -18 oy.
    17-mavzu: Buxgalteriya hisob vazifalari Reja:

    1. Buxgalteriya hisobining maqsad vazifasi

    2. Buxgalteriya tizimining mohiyati

    3Xo‘jalik mablag‘lari va ularning manbalari tasnifi
    Iqtisodiyotni erkinlashtirish va chuqurlashtirish sharoitida turli mulkchilikka asoslangan tashkiliyiqtisodiy jihatdan bir-biridan farq qiluvchi ko‘plab xo‘jalik yurituvchi subektlarning paydo bo‘lishiga zamin yaratildi. SHu munosabat bilan xo‘jalik yurituvchi subektlarda buxgalteriya hisobning to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishi va uning ustidan nazoratning samarali mexanizmini ishlab chiqish hozirgi kunning dolzarb vazifalaridan biridir. Xususan, buxgalteriya hisobining ahamiyati sifatida xo‘jalik yurituvchi subektlarda hisob tizimining naqadar to‘g‘ri yuritilishi, xo‘jalikning iqtisodiymoliyaviy faoliyatini o‘rganish va uning holatiga xolisona baho berish, shuningdek iqtisodiy ko‘rsatkichlarning samaradorligini aniqlash hamda nazoratini o‘rganish bugungi kunda talaba yoshlarga muhim dastur vazifasini o‘taydi. Iqtisodiyotni chuqurlashtirish jarayonida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning iqtisodiy faoliyatini makro va mikro darajada tahlil qilib, kelgusida ishlab chiqarish (ish va xizmat) ning hajmini bashoratlash, shuningdek, samaradorlikka erishish uchun muhim bo‘lgan qarorlar qabul qilish “Buxgalteriya hisobi” fanining metodikasini yanada takomillashtirib borishni taqozo etadi. Tahlil natijasida olingan muhim qarorlar bevosita xo‘jalikning boshqaruv tizimini yaxshilash bo‘lsa, ikkinchidan ushbu ma’lumotlar tashqi foydalanuvchilarning xo‘jalik faoliyatiga bo‘lgan qiziqishiga hamda qo‘shimcha investitsiyaning kirib kelishiga zamin yaratadi. SHu jihatdan “Buxgalteriya hisobi” fanini o‘zlashtirish jarayonida talabalar bozor iqtisodiyotining o‘ziga xos xususiyatlari hamda qonuniyatlarini hisobga olgan holda bu fanning mohiyati va ahamiyatini har tomonlama mukammal o‘rganish zaruriyatini belgilab berdi. “Buxgalteriya hisobi” fanining maqsadi - talabalarga buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit bo‘yicha ilmiy-nazariy bilimlarni chuqurlashtirish, shuningdek ushbu bilimlarni amaliyotga tatbiq etish asosida foydalanuvchilar uchun zaruriy ma’lumotlarni shakllantirish, boshqaruv tizimi uchun zarur bo‘lgan qarorlarni qabul qilish, korxonaning iqtisodiy-moliyaviy holatini tahlil O‘zbekiston Respublikasi hududida amal qilayotgan qonuniy va me’yoriy hujjatlar barcha xo‘jalik yurituvchi subektlar uchun hisob siyosati me’yorlarini huquqiy ta’minlovchi asosiy hujjat bo‘lib hisoblanadi. 2 SHu boisdan, ushbu hujjatlar va bozor munosabatlari talablaridan kelib chiqib, buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit ixtisosligi bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlash hamda ularni o‘qitishni talab qiladi. SHu jihatdan, «Buxgalteriya hisobi» fanining ushbu nashri iqtisodiy sohada ta’lim olayotgan talabalar, buxgalterlarning kasb malakasi va bilim darajasini oshirish muammolarini yechishga qaratilganligidir.
    Bozor iqtisodiyoti sharoitida xo‘jalik hisobi har bir tadbirkor tomonidan o‘zining xohishiga qarab tashkil qilinib, umumbelgilangan talablarga rioya qilish bilan birga boshqarishning ma’muriy - buyruqbozlik tizimiga xos bo‘lgan qat’iy tartibga solingan hisobning o‘rniga davlat tomonidan qo‘yiladigan tartibotini minimumgacha kamaytirib boradi. Xo‘jalik hisobining umumiy uslubiy asoslariga rioya qilish sharoitida, uning nafaqat shakllari va tashkil qilinishi har xil bo‘lmay, hattoki, hisob ko‘rsatkichlarini olish uslubiyati ham har xil bo‘lishi mumkin. Natijada xar xil mulk egalari ixtiyorida bo‘lgan korxonalardagi bir xil turdagi ko‘rsatkichlar har xil yo‘l bilan ishlab chiqilishi mumkin, lekin e’lon qilinadigan hisobotdagi ma’lumotlarning solishtiruvchanligini ta’minlash uchun moliyaviy hisobga ilova qilingan tushuntirish xatida korxona tomonidan qabul qilingan hisob siyosati haqida izohlar keltirilishi kerak. Bozor iqtisodiyoti sharoiti mulkchilik tuzilishining o‘zgarishi, turli tavakalchilik va noma’lumliklarning yuzaga kelishi, investitsiya, qimmatli qog‘ozlar, o‘z aksiyalarini chiqarish va sotish, valyuta va ko‘chmas mulk muomalalarining vujudga kelishi bilan ifodalanadi. Bunday sharoitda korxona bozor konyukturasini o‘rganadi, o‘z faoliyatini mustaqil rivojlantiradi, iste’molchilarni qidirib topish bilan shug‘ullanadi, tovar,ish va xizmatlarni, korxonalarning sotish narxini o‘zi belgilaydi, tijorat banki kreditlari va boshqa investorlarning mablag‘larini jalb qiladi. Bunday faktlarni to‘g‘ri hisobga olish va boshqarish, shuningdek, barqaror rivojlanishini ta’minlash uchun axborotlarni yig‘ish va ishlab chiqishning samarali tizimi zarur. Buxgalteriya hisobida xo‘jalik operatsiyalari o‘lchov obekti bo‘lib hisoblanadi. Ular firmaning moliyaviy ahvoliga ta’sir qiladigan xo‘jalik hayotining hodisalaridir. Operatsiyalar ikki tomonlama bo‘lib, mustaqil sheriklar o‘rtasida qiymatliklarni almashtirishdan yoki bir tomonlama, stanok va asbob-uskunalarning eskirishi, foizlar bo‘yicha summalarning doimiy jamg‘arilishi va boshqalardan iborat bo‘lishi mumkin. Xo‘jalik hisobi tomonidan qamrab olinadigan obektlar raqam ko‘rsatkichlari vositasida aks ettiriladi. Ularni olish uchun xo‘jalik hisobida moddiy, mehnat va qiymat o‘lchovlari qo‘llaniladi. Moddiy o‘lchov ma’lumotlarni sanash, tortish, o‘lchash yo‘li bilan olish uchun xizmat qiladi. Bu uzunlik (metr, santimetr, millimetr), og‘irlik (gramm, kilogramm, tonna), hajm (kvadrat metr, litr, kubometr) va boshqa o‘lchamlardir. Ulardan qaysi birini tanlash hisobga olinadigan obektlarning xususiyatiga bog‘liq. Moddiy o‘lchovlardan asosan tovar moddiy qiymatliklarning miqdorini hisobga olishda foydalaniladi. Ular zaxiralar darajasining eng muvofiqligi va moddiy resurslarning but saqlanishi ustidan nazorat qilishda alohida ahamiyat kasb etadi. Materiallarning har xil navlarini va nomlari bo‘yicha hisobga olishda ulardan foydalanish nafaqat miqdoriy ko‘rsatkichlarini bera qolmay, shu qiymatliklarning sifat tavsifini ham beradi. Lekin ulardan faqat bir turdagi buyumlarni hisobga olish uchun foydalanish mumkin. Turli xil bo‘lgan predmetlarning natura ko‘rsatkichlarini jamlash mumkin emas. Demak, moddiy o‘lchovlari yordamida korxonaning moddiy qiymatliklarini tavsiflovchi umumlashtirilgan ko‘rsatkich olinishi mumkin emas. Mehnat o‘lchovi sarflangan mehnat miqdorini hisoblab chiqish uchun qo‘llaniladi va kishi-kuni, kishi-soati birliklarida ifodalanadi. Mehnat o‘lchovi yordamida mehnat unumdorligi ko‘rsatkichlari, korxona xodimlarining ish haqi hisoblab chiqiladi, ishchilarning ishlab chiqarish normalari belgilanadi va nazorat qilinadi. Bu o‘lchov ko‘pincha moddiy o‘lchovi bilan birgalikda qo‘llaniladi. Masalan, ishlab chiqarishning normalarini bajarilishini nazorat qilishda mahsulotning u yoki bu miqdorini ishlab chiqarish uchun qancha vaqt sarflanayotganligi hisoblab chiqiladi; mehnat unumdorligini hisoblab chiqishda - ularning vaqt birligidagi (kun, soat) ishlab chiqarish miqdori qancha ekanligi va hokazolar hisoblab chiqiladi. SHunday qilib, mehnat o‘lchovi yordamida u yoki bu jarayondagi mehnat sarflarining samaradorligi aniqlanadi. Natura o‘lchovlaridan farqli o‘laroq, mehnat o‘lchovlari ayrim hollarda, masalan, mahsulotning har xil turlarini ishlab chiqarishga qilingan mehnat sarflari miqdorini aniqlash uchun foydalaniladigan normalashtirilgan vaqt ko‘rsatkichlarini hisoblab chiqish yo‘li bilan har xil bo‘lgan hajmlarni o‘zaro solishtirish imkonini beradi. Ish vaqtidan universal o‘lchov birligi sifatida mehnat sarflarini bevosita hisobga olish uchun foydalaniladi. Qiymat o‘lchovi hisob obektlarini yagona, bir xil ifodalashda qo‘llaniladi. O‘zbekiston Respublikasi da pul o‘lchovi vazifasini so‘m va uning qismi bo‘lgan tiyin bajaradi. Qiymat o‘lchov yordamida har xil bo‘lgan xo‘jalik mablag‘lar va jarayonlarning umumlashtirilgan ko‘rsatkichlari, masalan, korxonadagi har xil materiallarning umumiy hajmi yoki undagi ishlab chiqarilayotgan mahsulotga qilingan barcha xarajatlarning umumiy summasi hisoblab chiqiladi. Qiymat o‘lchovidan foydalanish qiymat qonunining mavjudligi bilan belgilanadi, chunki unda xo‘jalik faoliyatining eng muhim ko‘rsatkichlari faqat pul shaklida ifodalanishi mumkin. Qiymat o‘lchovi yordamida korxona faoliyatini rejalashtirish hamda korxona va uning tarkibiy qismi faoliyati natijalari ustidan nazorat amalga oshiriladi. U korxona va tashkilotlarning kredit va hisob-kitob aloqalarini ifodalovchi vosita bo‘lib hisoblanadi.

    Download 7,41 Mb.
    1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   171




    Download 7,41 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasioliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini

    Download 7,41 Mb.