• Kasbiy faoliyatni tanlash erkinligi
  • Imkoniyatlar tengligi
  • Iqtisodiy xavfsizlik maqsadi
  • O‘zbekiston respublikasioliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini




    Download 7,41 Mb.
    bet95/171
    Sana15.05.2024
    Hajmi7,41 Mb.
    #234352
    1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   171
    Bog'liq
    O‘zbekiston respublikasioliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi pe

    Тanlov erkinligi — bu deyarli har bir odam o‘z oldiga qo‘yadigan maqsadlar ro‘yxatining birinchi qatorida turadigan maqsaddir. Lekin aniq atamalarda bu nimani bildiradi? Iqtisodchilar, tanlov erkinligi iste’molchilar, xodimlar va biznes uchun muhimligini ta’kidlashadi. Iste’molchining tanlov erkinligi — iste’molchilar faqatgina o‘z ehtiyojlari va xohishlariga asoslanib, juda keng doiradagi muqobil tovarlardan, o‘zlari sotib olishni xohlagan tovarlarni tanlab olishlari
    mumkinligini bildiradi. Iste’molchiga «Siz o‘zingiz xohlagan har qanday o‘lchamli va rangli shlapaning egasi bo‘lishingiz mumkin, lekin bu shlapa o‘rta o‘lchamda va qora rangli bo‘lishi shart!» deb gapiriladigan tizim bizni mutlaqo qoniqtirmaydi.
    Kasbiy faoliyatni tanlash erkinligi — iqtisodiy erkinlikning muhim tomoni. Erkaklar va ayollar havas bilan bajaradigan va ayni vaqtda shundan munosib ish haqi hamda shaxsiy qoniqish olinadigan ishni tanlash imkoniyatiga ega bo‘lishni xohlashadi. Va nihoyat, «erkin tadbirkorlik»ning muhimligi to‘g‘risidagi gaplarni tez-tez eshitib turamiz. Bu — tanlash erkinligining muhim jihati. Bu odamlarga o‘z bizneslarini erkin tashkil etish va, natijada foyda ko‘rish uchun, ishlab chiqarish omillaridan qulay tarzda foydalanish imkoniyatini beradi. Zamonaviy iqtisodiyot tizimi erkinlikning mana shu xususiy turi poydevoriga qurilgan.
    Imkoniyatlar tengligi — yana bir maqsad. Bu tanlash erkinligi bilan uzviy bog‘liq, chunki barcha odamlar taxminan teng darajadagi erkinlikka — iste’molchi, xodim va tadbirkor sifatida o‘z huquqlarini amalga oshirish erkinligiga ega bo‘lishlari lozimligini ta’kidlaydi. Iqtisodiy xavfsizlik maqsadi — bizning iqtisodiy jamiyatimiz a’zolari munosib oziq-ovqat, kiyim, turar joy va boshqa zarur narsalar olishga yetarli miqdorda pulga ega bo‘lishlariga intilishimizni bildiradi. Kambag‘allikning keng tarqalishi nafaqat bizning odamlar uchun iqtisodiy xavfsizlik maqsadiga erishishga urinishimiz bekorga ketganidan dalolat beradi, balki jamiyatda iqtisodiy adolat maqsadiga erishish imkoniyati to‘g‘risida ham jiddiy savolni ko‘taradi. Iqtisodiy hayotda betaraflik va adolat tushunchalarining talqiniga har kim ham qo‘shilavermaydi, lekin deyarli barcha bu maqsad qo‘yilishi va unga erishishga qaratilgan ishlar bajarilishi muhimligini tushunishadi. Yana bir muhim iqtisodiy maqsad borki, u bir mamlakatning davlat chegaralari bilan cheklanib qolmay, boshqa mamlakatlarga ham tarqaladi. Bu — xalqaro muvozanat (balans) maqsadi. Biz tashqi savdo va xalqaro to‘lovlar sohalarida mustahkam va muvozanatga keltirilgan aloqalarni saqlab turishni xohlaymiz. Bu maq-sadga erisha olmaslik, nafaqat mamlakat ichkarisi va xorijda jiddiy iqtisodiy muammolar tug‘dirishi mumkin, balki tinchlikka xavf tug‘diradigan xalqaro keskinlikning oshish ehtimoli ko‘payishiga olib kelishi mumkin.


    1. Download 7,41 Mb.
    1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   171




    Download 7,41 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasioliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini

    Download 7,41 Mb.