• Alohida shaxslar va butun jamiyatning maqsadlari
  • Т o‘liq hajmli iqtisodiyot
  • Ma’lum miqdorda
  • Barqaror o‘sish
  • Iqtisodiy o‘sish — bu aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan
  • «Biznes» so‘zi inglizcha bo‘lib, u tadbirkorlik faoliyati




    Download 7,41 Mb.
    bet94/171
    Sana15.05.2024
    Hajmi7,41 Mb.
    #234352
    1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   171
    Bog'liq
    O‘zbekiston respublikasioliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi pe

    «Biznes» so‘zi inglizcha bo‘lib, u tadbirkorlik faoliyati yoki bosh-qacha so‘z bilan aytganda, kishilarni foyda olishga qaratilgan tadbirkorlik faoliyatidir.
    «Biznesmen» (tadbirkor) atamasi birinchi marotaba Angliya iqtisodiyotida XVIII asrda paydo bo‘lib, u «mulk egasi» degan ma’noni bildiradi. Jumladan, Adam Smit tadbirkorni mulk egasi sifatida ta’riflab, uni foyda olish uchun qandaydir tijorat g‘oyasini amalga oshirish maqsadida iqtisodiy tavakkalchilikka boradigan kishidir, deb ta’kidlaydi. Тadbirkorning o‘zi, o‘z ishini rejalashtiradi, ishlab chiqarishni tashkil etadi, mahsulotni sotadi va olgan daromadiga o‘zi xo‘jayinlik qiladi.
    Тadbirkorlikning jamiyat uchun ahamiyati Barcha masalalarni yechishda tadbirkorlik asosiy yondashuv sifatida ko‘rilayotgan joyda alohida shaxslarning ham, butun jamiyatning ham taraqqiyoti sezilarli darajada tezlashadi. Тadbirkorlik iqtisodiy rivojlanishni harakatga keltiruvchi omil bo‘lgani tufayli, dunyoqarashga ham, boshqaruv faoliyatiga ham ishbilarmonlik yondashuvini tatbiq etish orqali alohida shaxslar ham, butun jamiyat ham farovon hayot sari o‘z harakatlarini tezlashtirishlari mumkin. Alohida shaxslar va butun jamiyatning maqsadlari. Maqsadlarni qo‘yish va ularga erishish bo‘yicha qilinadigan keyingi ishlar jamiyatning yetukligi va mas’uliyatliligining belgisidir, xuddi shuningdek, alohida shaxslar yetukligining belgisi hamdir.Odamlar iqtisodiy hayotda o‘zlari uchun qanday maqsadlar qo‘yishadi? Va bu maqsadlarga qanchalik muvaffaqiyat bilan erishiladi? Quyida mana shu savollar muhokama etiladi.
    Тo‘liq hajmli iqtisodiyot — bu odamlar o‘z iqtisodiyoti uchun qo‘yadigan eng muhim maqsadlardan biri. Biz mavjud bo‘lgan ishlab chiqarish resurslari — mehnat, sarmoya, tabiiy resurslardan to‘laqonli foydalanishni hamda bu resurslardan samarali foydalanishni xohlaymiz. Qay darajada biz to‘liq bandlik va to‘liq hajmli ishlab chiqarish maqsadlariga erishayapmiz? Aslida, jamiyatdagi mehnatga layoqatli va ishlashni xohlaydigan 100 % erkak va ayollar doimiy asosda ish bilan ta’minlanishini kuta olishmaydi. Ma’lum miqdorda — taxminan mehnatga layoqatli aholining 2 % dan 5 % gacha qismi doimo ishsiz bo‘ladi. Ammo lekin millionlab odamlar hech qanday zaruratsiz ishsizlar toifasiga mansub bo‘lsa, bu ular o‘z mamlakatining farovonligiga foydali hissa qo‘shmayotganligi va ishlab pul topmayotganliklarini bildiradi. Shu sababdan, to‘liq bandlik hamda mehnatning yuqori samaradorligini taqozo etuvchi to‘liq hajmli ishlab chiqarish maqsadi, bizning iqtisodiyotimiz uchun eng muhim maqsadlardan biridir.
    Barqaror o‘sish — bu ikkinchi muhim maqsaddir. Biz iqtisodiyotimiz yildan yilga yanada kattaroq va yaxshiroq bo‘lishini xohlaymiz. Biz o‘zimizning tovarlar va xizmatlar milliy ishlab chiqarilishini son jihatdan yalpi milliy mahsulot (YMM) degan statistik ko‘rsatkichining o‘zgarishini kuzatib baholaymiz. Iqtisodiy o‘sish bu aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YMM (aholi soniga bo‘lingan umumiy YMM)ning doimiy ko‘payishidir. Biz ish faolligi qandaydir pastga tushishlarsiz yoki narxlarning tez o‘sishisiz (inflatsiyasiz), yoki ishsizlik oshmasdan, YMM nisbatan doimiy sur’atlar bilan yiliga 4 % dan 5 % gacha o‘sishiga erishish uchun intilamiz. Ishlab chiqarish, bandlik va
    YMMning o‘sishi — bu ko‘rsatkichlarning barchasi juda yaxshi o‘lchanadi. Lekin biz ayrim boshqa iqtisodiy maqsadlarni ko‘rib chiqishga o‘tganimizda, ular to‘g‘risida umumiyroq yondashuvlardan kelib chiqib, fikrlashimiz lozim.

    Download 7,41 Mb.
    1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   171




    Download 7,41 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «Biznes» so‘zi inglizcha bo‘lib, u tadbirkorlik faoliyati

    Download 7,41 Mb.