|
O`zbekistonda biotexnologiya fanining rivojlanishiga hissa qo'shgan olimlaR
|
Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 302,95 Kb. | | #249287 |
Bog'liq Axmadjonov mut2 O`zbekistonda biotexnologiya fanining rivojlanishiga hissa qo'shgan olimlaR Mashhura egamberdiyevna mavloniy - Mavloniy Mashhura Egamovna (1934.4.12, Toshkent) — mikrobiolog olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1989), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1994), biologiya fanlari doktori (1971). Toshkent politexnika institutining kimyotexnologiya fakultetini tugatgan (1957). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Botanika instituti ilmiy xodimi (1960—61), katta ilmiy xodimi (1962—65), 1965-yildan Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya boʻlimi (1977-yildan instituti)da sanoat mikrobiologiyasi laboratoriya mudiri. Oʻzbekistonda sanoat mikrobiologiyasi asoschisi. M. Oʻrta Osiyoda ilk bor sanoat mikroorganizmlari kolleksiyasini yaratdi. Zararkunanda mikroorganizmlarga qarshi kurash usullarini ishlab chiqdi. Sporasiz zamburugʻlar tasnifining yangi sxemasini tuzdi. Gamma va lazer nurlari taʼsirida sanoat uchun muhim boʻlgan faol mutantlar topdi va amaliyotga tatbiq etdi.
Asqar xolmurodov - Asqar Gʻaniyevich Xolmurodov (1939.10.5, Yakkabogʻ tumani — 1997.16.1, Toshkent) — biotexnolog olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1989), biol, fanlari doktori (1976), professor (1980). Oʻrta Osiyo universitetini tugatgan (1960), Ukraina Fanlar akademiyasi Biokimyo institutida a.spirant (1961—64), kichik va katta ilmiy xodim, boʻlim boshligʻi (1965— 86), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya instituti direktori (1986-yildan), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Prezidiumi bosh ilmiy kotibi (1988—90), vitseprezidenti (1990-yildan). Ilmiy ishlari hayvon organizmi hujayralarida vitaminlar va kofermentlar almashinuviga oid. "Kornik" deb ataladigan biologik preparatni kashf etgan. X. birinchi chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputata. Oliy Majlisning Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi (1995— 1997)
Davronov qahramon - 1962-1967 - Toshkent farmatsevtika instituti talabasi. 1967-1972 - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘simlik moddalari kimyosi institutida katta laborant, stajyor ilmiy xodim, aspirant. 1972 yilda 02.00.10 – Biokimyo, tabiiy va fiziologik faol moddalar kimyosi ixtisosligi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi IHRV “Paxta chigitining malatdehidrogenazasi” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1984 yilda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Biokimyo institutida 03.00.04 – Biokimyo ixtisosligi bo‘yicha “Rhizopus microsporus va Oospora lactis zamburug‘larining lipazasi: biokimyoviy jihatlari” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
Toshpulatov javlon - TA'LIM VA TA'LIM
- 1990 yil - Toshkent Davlat universiteti
- ISH TAJRIBASI
- 2017 yil - Mikroorganizmlarning bioxilma-xilligi laboratoriyasining katta ilmiy xodimi (ilgari - mikroorganizmlar kolleksiyasi)
- MUKOFOTLAR VA MUKOFOTLAR
- Bitiruvchi sertifikat - Biznes boshqaruvi (1997), Svinbern Texnologiya Universiteti, Melburn, Avstraliya treninglari
- Sertifikat – Ingliz tilini tayyorlash maxsus kursi (1990), Toshkent chet tillar pedagogika instituti, Toshkent, Oʻzbekiston
- Sertifikat – Fransuz tili kursi (2012), l’Institut Français, Toshkent, O‘zbekiston
- , Kollej Station, Texas, AQSh
- Biotexnologiya ixtisosligi bo‘yicha birinchi o‘zbek akademigi A.G.Xolmurodov (1939-1996) fuzarium avlodiga mansub zamburug‘lardan NAD-kofermenti va vitaminlar kompleksi (V guruhiga kiruvchi vitaminlar, RR vitamini, Q10 va x.k.) tayyorlash texnologiyasini yaratdi. Akademik M.I.Mavloniy O‘zbekistonda uchraydigan achitqi zamburug‘larni tahlil qilib, ularni nonvoychilik, vinochilik va chorvachilikka qo‘l keladigan turlarini topdi va ular asosida maxsus xamirturushlar va vinochilik uchun achitqi tayyorlash texnologiyalarni yaratdi.
- Professor Q.D.Davranov MDH mamlakatlarida birinchilardan bo‘lib yog‘ parchalovchi lipaza fermentini tayyorlash texnologiyasini yaratdi. Bu fermentni ko‘p shakliligi sabablarini tahlil qilaturib, har bir biotexnologik jarayon uchun o‘ziga xos spetsifiklikka ega bo‘lgan lipaza fermenti zarur degan fikrga keldi va buni amaliyotda tasdiqlab berdi. Q.D.Davranov yaratgan "Yer malhami" biopreparati, azot o‘zlashtiruvchi mikroorganizmlar asosida tayyorlangan bo‘lib, mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida keng qo‘llanilmoqda. Bundan tashqari Q.D.Davranov rahbarligida sellyulozalignin biokarkasini (g‘o‘zapoya, samon, kanop poyasi, qipiq va boshqalar, maxsus tayyorlangan bazidiomitsetlarning fermentlari ishtirokda tabiiy sellyulozalignin birikmalari parchalanishini amaliyotda ko‘rsatib berildi.
O‘zbekistonda biotexnologiya - B.f.d. J.Tashpulatov, somon va g‘o‘zapoyani parchalashda "trixoderma xarzianum" deb atallish zamburug‘ fermentlaridan foydalanish mumkinligini ilmiy asoslab berdi va bu texnologiyani amaliyotga qo‘llash taklif va mulohazalarini chop etdi. J.Tashpulatov yaratgan bu texnologiya qo‘llanilganda somonda shakar miqdori 6-7%ga etgani, unda vitaminlar, aminokislotalar paydo bo‘lganligi va shu tufayli somonni oziqa-birligi bir necha barobar oshganligi isbotlab berilgan.
- O‘zbek olimlaridan T.G.G’ulomova, Z.R.Axmedova, S.M.Xodjiboeva, Z.F.Ismoilov, I.J.Jumaniyozov va boshqalar mamlakatimizda mikrob biotexnologiyasining rivojlantirish ustida chuqur ilmiy va amalliy ishlar olib bormoqdalar. SHuningdek, marhum professorlar M.M.Murodov va T.Y.Yusupovlar olib borgan chuqur ilmiy izlanishlar asosida katta ilmiy amaliy nazariyalar yaratilgan.
- Bu kabi biotexnologik ishlab chiqarish nazariyalarini yaratish, uni amaliyotga tadbiq etish ishlari yuzasidan O‘zFA Mikrobiologiya instituti va Toshkent Davlat Agrar Universiteti qishloq xo‘jalik biotexnologiyasi kafedrasi hamda O‘simliklar biotexnologiyasi laboratoriyasi olimlari faol ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar.
|
| |