Ishlab chiqarish jarayonlaridagi avariyalar




Download 77 Kb.
bet3/4
Sana17.01.2024
Hajmi77 Kb.
#139228
1   2   3   4
Bog'liq
O’zbekistonda bo’lishi mumkin bo’lgan texnogen havflar

Ishlab chiqarish jarayonlaridagi avariyalar
Avariya deganda bajariladigan ishni birdan to‘xtab qolishi, yoki sanoat korxonalarida ishlab chiqarishning izdan chiqishi, transportlarda va boshqa ob’ektlarda moddiy boyliklarning buzilishi, yo‘q bo‘lishi tushuniladi.

Avariyalarning kelib chiqishiga quyidagi omillar sababchi bo‘lishi mumkin:


• tabiiy ofat tufayli;
• inshoatlarni loyihalashda yoki uni qurishda qo‘yiladigan xatoliklar tufayli;
• ishlab chiqarish texnologiyasining buzilishi;
• transport, mexanizm, jihozlardan noto‘g‘ri foydalanganda;
• agressiv moddalarni (portlovchi, tez alangalanuvchi zaharli moddalarni) noto‘g‘ri saqlanishi va uni ishlatilish qoidalarining buzilishi oqibatida;
• texnika xavfsizlik qoidalarining buzilishi va boshqalar.

Mana shunday xatoliklar tufayli ishlab chiqarishlarda katta avariyalar sodir bo‘ladiki, oqibatda ko‘pdan-ko‘p insonlar jabrlanadi va moddiy boyliklar yo‘q bo‘lib ketadi. Ko‘pincha kimyo, neftni qayta ishlovchi sanoat, qog‘oz ishlab chiqarish sanoati, go‘sht-sut, oziq-ovqat, metallurgiya, konchilik boshqa sanoat korxonalarida avariyalar tez-tez uchraydi. Ayniqsa, KTZM ta’sirida bo‘ladigan avariyalar: kimyo, neftni qayta ishlovchi, qog‘oz-tsellyuloza, go‘sht-sut, oziqovqat sanoati, suv tozalash inshoatlarida, hamda temir yo‘llarda KTZMni tashishda ko‘p uchraydi.


KTZM ko‘rsatilgan kontsentratsiyadan ortiq bo‘lganda odamlarga, qishloq xo‘jalik hayvonlariga, o‘simliklarga, tashqi muhitga ta’sir etib, turli darajada shikastlantiradi. KTZM qatoriga texnologik jarayonlarda qo‘llaniladigan ammiak, xlor, sulfat kislotasi, vodorod ftorid, azot va oltingugurt oksidlari va boshqalar kiritish mumkin. Shulardan sanoatda ko‘p ishlatiladigani ammiak.


Ammiak – nashatir hidli rangsiz gaz. Uni sanoatda sovutgich vositasi sifatida, azotli o‘g‘itlar olishda va boshqa maqsadlarda ishlatiladi. Agar ammiak havo bilan 4:3 nisbatda aralashsa portlaydi. Ammiak suvda yaxshi eriydi.


Uning yuqori kontsentratsiyasi insonning markaziy asab sistemasini izdanchiqarib, asablarni pallaj bo‘lishiga olib keladi. Agar ammiak ta’sirida inson zaharlansa, bir necha soatdan so‘ng u o‘limga olib keladi. Teriga tegsa turli darajadagi jarohatlanish ro‘y beradi.
Ammiak ta’sirida zaharlanishda birinchi yordam: ochiq havo, 10 foizli mentolni xloroformdagi iliq eritmasini hidlash, issiq sodali sut ichish, agar ko‘zga tushgan bo‘lsa 0,5-1 foizli qo‘sh tuzlarning eritmasi bilan yuvish, so‘ngra suv
bilan yuvish; teri shikastlanganda – toza suv bilan yuvish, 5 foizli sirka, limon yoki xlorid kislota shimdirilgan lattani qo‘yish va boshqa omillar bajariladi.
Ammiakdan saqlanishda: «K» yoki «M» markali filtrlovchi sanoat gazniqobi, agar ammiak vodorod sulfid bilan aralashgan bo‘lsa «KD» markali gazniqobi ishlatilib, juda yuqori kontsentratsiyada izolatsiyalovchi gazniqoblar va himoya kiyimlari ishlatiladi.
Xlor - o‘tkir hidli, sariq rangli gaz. Xlor qog‘oz-tsellyuloza, to‘qimachilik sanoatida, xlorli ohak ishlab chiqarishda, suvni zararsizlantirishda va boshqa sohalarda ishlatiladi.
Xlor nafas organlarini izdan chiqaradi. Yuqori kontsentratsiyada 1-2 marta nafas olish o‘lim bilan yakunlanadi.
Birinchi yordam. Shikastlangan hududlarda gazniqoblarni kiyish kerak.
Nafas organlari izdan chiqqanlar nashatir spirtini, ichimlik sodasini hidlashi, 2 foizli sodali eritma bilan ko‘zni, burunni va tomoqlarni yuvishi, issiq borjomli yoki sodali sutdan, kofedan ichish kerak. Himoyalanish. «V» va «M» markali filtrlovchi sanoat gazniqoblari, GP-5 fuqarolar gazniqobi, bolalar gazniqobi va ular himoya komplektidan foydalaniladi.
Agar uning kontsentratsiyasi yuqori bo‘lsa (8,6 mg/l.dan yuqori) izolyatsiyalovchi gazniqoblar qo‘llaniladi.
Oltingugurt oksidi - o‘tkir hidli, rangsiz gaz bo‘lib, yonmaydi. Bu modda oltingugurtli rudalarni yondirganda hosil bo‘lib, u sulfat kislota ishlab chiqarishda asosiy xom-ashyo hisoblanadi. Undan tashqari bu gaz to‘qimachilik sanoatida oqartiruvchi sifatida, oziq-ovqat sanoatida konservatsiya qiluvchi modda sifatida ishlatiladi. U suvda, spirtda, sirka va sulfat kislotalarda, xloroformda va efirda yaxshi eriydi.
Oltingugurt angidridi nafas yo‘llarini ishdan chiqarib, ko‘zni xiralashtiradi.Kichik kontsentrtatsiyada inson kuchsiz yo‘talish, tomoqda va ko‘krakda og‘riq, ko‘zdan yosh oqish, katta dozada esa qusish, hushdan ketish alomatlari kuzatiladi.
Birinchi yordam: toza havo, kislorod ingalyatsiyasini ta’minlash, ko‘zni, burunni yuvish, tomoqni 2 foizli sodali eritma bilan chayish, bo‘yinni issiq qilish, issiq sodali, yog‘li, asalli yoki borjomli sut ichish tavsiya etiladi.

Download 77 Kb.
1   2   3   4




Download 77 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ishlab chiqarish jarayonlaridagi avariyalar

Download 77 Kb.