O‘ZBEKISTONDA
FANLARARO
INNOVATSIYALAR
VA
14-
SON
ILMIY
TADQIQOTLAR
JURNALI
20.12.2022
Tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchi shaxsida ongning shakllanib borishi, his-
tuygʻularning
rivojlanishi, ijtimoiy hayot uchun zarur boʻlgan ijtimoiy aloqalarni
tashkil etishga xizmat qiladigan xulqiy odatlarning hosil boʻlishi kabi oʻzgarishlar
kuzatiladi.
Tarbiya jarayonining muvaffaqiyatli kechishi uning maqsadi, shakllari, metodlari,
vositalari, mavjud
pedagogik shart-sharoitlar, shaxsning oʻzini-oʻzi tarbiyalash va
qayta tarbiyalashi ehtiyojiga egaligiga bogʻliq.
Oʻzini oʻzi qayta tarbiyalash shaxsning oʻzidagi salbiy odatlar,
xarakteridagi
zararli sifatlarni yoʻqotish, ularni bartaraf etishga qaratilgan ichki faoliyati jarayonidir.
Tarbiya maqsadi ijtimoiy buyurtma asosida belgilanadi. Unda eng oddiy
harakatdan tortib, to keng koʻlamli ijtimoiy harakatni
tashkil etishdan iborat
jarayonning mohiyati yoritiladi.
Tarbiya maqsadi umumiy va individual xarakter kasb etadi.
Tarbiya jarayoni quyidagi
qonuniyatlar asosida kechadi:
- tarbiyaning obyektiv va subyektiv omillarga bogʻliqligi;
- tarbiyaning shaxs rivojlanishi bilan birligi va oʻzaro aloqadorligi;
- faoliyat va munosabat shaxsning ijtimoiy
ahamiyatli fazilatlarni
shakllantirishning negizi va asosiy manbai ekanligi;
- tarbiyalanuvchilarning oʻzaro tarbiyaviy ta’siri, oʻzaro munosabatlari hamda faol
faoliyati oʻrtasidagi bogʻlanishning mavjudligi.