|
O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va 23- son ilmiy tadqiqotlar jurnaliBog'liq Anvarova Iroda Anvarovna (3)O‘ZBEKISTONDA
FANLARARO
INNOVATSIYALAR
VA
23-
SON
ILMIY
TADQIQOTLAR
JURNALI
20.10.2023
Suyultirilgan gazning tarkibida azot, metan, etan, propan va butan aralash gazlar aniq
proporsiyada bo‘ladi. SXA (xladagentli aralashmani) siqish uchun kompressor
jihozlarining tarkibiga elektr yoki gaz porshen yuritmali ishchi bo‘shliqlari surkov
qilinmagan maxsus kompressor qo‘shiladi. Suyultirilgan yo‘ldosh gaz OP-6 qurilmasida
saqlash tizimi SXP-1000/0,6 ga 1000 m hajmda va 0,6 MPa ishchi bosimda beriladi, u
yerda zavodda tayyorlangan 4 ta gorizontal rezervuar RSNP-250/0,6 o‘rnatiladi.
SXPning qo‘yish terminalidan transport vositalariga STGni qo‘yishda foydalaniladi.
Kriogen jamlanmasi jihozlarini boshqarish avtomatik tizim orqali nazorat qilinadi va
boshqariladi.
Ko‘kdumaloq konini qayta ishlatishni yangilash bo‘yicha “O‘zbekiston-
Shveytsariya” qo‘shma korxonasi bilan “Ko‘kdumaloq Gaz” OOO yo‘ldosh neft gazlarini
qayta ishlashni ikkinchi bosqich loyihasi ishlari amalga oshirilgan.
Yo‘ldosh neft gazlarini utilizatsiya qilish “Zeromax GmbH” “Ko‘kdumaloq Gaz” QK
OOOni ta’sischi tashkiloti “Muborakneftgaz” MChJ hisoblanadi va ikkinchi bosqich
loyihaning bahosi 60 mln.doll.ga teng.
Respublikada Ko‘kduloq koni eng katta kon hisoblanadi va 1986 yilda ochilgan.
Qazib olinadigan neft - 55 mln.tonnani, gaz kondensati - 67 mln.t va gaz esa 147
mlrd.m .ni tashkil qiladi. “Ko‘kdumaloq Gaz” O‘zbekiston-Shveytsariya QKsi tomonidan
ishga tushirishning birinchi bosqichida 1,3 mlrd.m yo‘ldosh neft gazni utilizatsiya
qilish imkonini bergan. Loyihani ikkinchi bosqichida texnologik jihozlar qurilgandan
so‘ng 3 mlrd.m /yil hajmidagi yo‘ldosh neft gazlarini utilizatsiya qilishning
imkoniyatini bergan hamda kondagi mash’alaga beriladigan yo‘ldosh neft gazlarni
utilizatsiyasini amalga oshirish va regiondagi ekologik muhitni yaxshilash ishlari o‘z
joyiga qo‘yilmoqda.
Xulosa
Keyingi yillarda yo‘ldosh gazlarni yoqish hajmi O‘zbekistonda katta ko‘rsatgichga
qisqardi. Respublikamizda yo‘ldosh gazlarni utilizatsiya qilish bo‘yicha katta yutuqqa
erishilgan. Neftli gazlarni utilizatsiya qilish hozirgi vaqtda neft qazib oladigan
tarmoqda eng iqtisodiy va ekologik muommolardan biri hisoblanadi. Neftli gaz
neftkimyo sanoati uchun eng nodir xomashyo hisoblanadi. Gazni qayta ishlash
zavodlarida qayta ishlash asosida undan quruq benzinlangan gaz (QBG), etan, propan
va butan aralashmasi (PBA), yengil uglevodorodlarning keng fraksiyasi (YEUKF),
barqaror gazli benzin (BGB) olinadi.
|
| |