Kalit so'zlar:
GTL, sintez - gaz, yuldosh gaz, metan, propan.
KIRISH.
Mash’alaga beriladigan yo‘ldosh gaz orqali qazib olinadigan
mahsulotning asosiy qismi yoqiladi. Yo‘ldosh neft gazlarining tashkil etuvchilarini
utilizatsiya qilish neft konlarini yuqori texnologiyada o‘zlashtirishga va uglevodorod
xom ashyosini qayta ishlatishga qaytarishga yo‘naltirilgan.
Yo‘ldosh neft gazi (NYG) - gazsimon uglevodorodlarning har xil aralashmasidan
iborat bo‘lib, neftda erigan holda bo‘ladi; ular qazib olish va haydash jarayonlarida
(yo‘ldosh gazlar propan va butanning izomerlaridan tashkil topgan) ajralib chiqadi.
Neft gazlariga neftni krekingidan chiqadigan gaz ham mansub bo‘lib, chegarada va
chegaradan tashqaridagi (metan, etilen) uglevodorodlaridan tashkil topgan. Neft
gazlaridan yoqilg‘i va har xil kimyoviy moddalarni olishda foydalaniladi. Neft gazlariga
kimyoviy ishlov berish natijasida propilen, butilen, butadiyen hamda plastmassa va
kauchuk ishlab chiqarishda foydalaniladi.
Neft ko‘p bosqichli ajratish yo‘li orqali NYG olinadi. Ajratish bosqichlaridagi
bosim katta qiymatga farq qiladi va birinchi bosqichda 16-30 barni va oxirgi bosqichda
1,5 - 4,0 barni tashkilqiladi.
O‘ZBEKISTONDA
FANLARARO
INNOVATSIYALAR
VA
23-
SON
ILMIY
TADQIQOTLAR
JURNALI
20.10.2023
1.-jadval
NYGining tarkibi taqriban quyidagicha yaqin
MUHOKAMA.
NYGni utilizatsiya qilishning asosiy yo‘llariga gazni qayta ishlash zavodlarida
ishlash, elektr energiyasini generatsiya qilish, xususiy ehtiyojlarga yoqish, neft
beraoluvchanlikni oshirish uchun (qatlam bosimini saqlab turish) qatlamga qaytadan
haydash, quduqlarni gazlift usulida ishlatish uchun-qazib oluvchi quduqqa haydash
kiradi.
Yo‘ldosh neft gazlarini utilizatsiya qilishning asosiy muammolaridan biri og‘ir
uglevodolrodlarning miqdorining ko‘pligidir. Og‘ir uglevodorodlarni chiqarib yuborish
hisobiga NYGlarini sifatini oshirish uchun bir nechta texnologiyalardan foydalaniladi.
Ulardan biri - NYGni tayyorlashda membranli qurilmalardan foydalanishdir.
Membranli qurilma qo‘llanilganda gazning metanlar soni ko‘p miqdorga oshadi, past
issiqlik yaratuvchanlik xususiyati, issiqlik samaradorligi va shudring nuqtasini
harorati pasayadi. Membranli uglevodorod qurilmasi yordamida oltingugurtning va
uglerod ikki oksidining konsentratsiyasi gazning oqimida pasaytiriladi.
Yo‘ldosh neft gazlarini utilizatsiya qilishning bir nechta foydali usullari mavjud,
lekin amaliyotda faqat bir qanchasidan foydalaniladi.
NYG ni utilizatsiya qilishning asosiy usullariga uni komponentlarga ajratish va
ularni eng katta qismini bensizlantirilgan (tabiiy gaz bo‘lib, asosan metan hisoblanadi
va bir qancha miqdorda etandan tashkil topgan) gaz tashkil qiladi. Ikkinchi guruhdagi
komponentlarni yengil uglevodorodlarning keng fraksiyasi (YEUKF) tashkil qiladi.
№
Gaz komponentlari
Hajmiy ulushi,%
1
Metan (
CH
4
)
81
2
Etan (C
2
H
6
)
5
3
Propan (C
3
H
8
)
6
4
i -butan (i - (
C
4
H
10
)
2,5
5
n - butan (n -
C
4
H
10
)
1,5
6
Azot (N
2
)
1,0
7
Nordon gaz (C0
2
)
0,15
8
Boshqa turdagi gazlar
2,85
|